25-may kuni o’tkaziladigan “So’ngi qo’ng’iroq“ tadbiri ssenariysi Vosilxo’ja : Assalom azizlar , muhtaram zotlar,
Tashrif uchun rahmat diydor g’animat
Bu damlar g’animat , umr g’animat
So’zimiz boshlashga etingiz ruxsat
Elshod : Assalomu alaykum , mehridaryo ustozlar , mehribon murabbiylar, hurmatli ishchi aka-opalar.
Vosilxo’ja : Assalomu alaykum , bugungi “So’nggi qo’ng’iroq ” tadbiriga tashrif buyurgan aziz ota-onalar , qadrli maktabdosh do’stlar
Elshod : Qo’limdan kelgancha aylab ta’rifin
Bitiruvchilarimizning qilib hurmatin
Taklif etmoqlikka berasiz ruxsat
Qarsak urib turing maktabdoshlarim
Vosilxo’ja : Bugungi so’nggi qo’ng’iroq tantanasining asosiy sababchilari 9-sinf bitiruvchi o’quvchilarini kutib olaylik.
( MUSIQA SADOLARI OSTIDA BITIRUVCHILAR KIRIB KELISHADI )
1-boshlovchi : Assalom, ey ahli donishlar salom
Mehri ummon qalbi quyoshlar salom
Qo’llar ko’ksimizda dermiz xush kalom
Aziz ustozlarim salom assalom
2-boshlovchi : Ey olloh nazari tushgan ustozlar
E’tiqod bulog’i toshgan ustozlar
Dillarda ehtirom tillarda kalom
Deymiz biz sizlarga, salom assalom
1-boshlovchi : Assalomu alaykum ,aziz ustozlar, qadrli mehmonlar, maktabdoshlar.
Bugun biz bitiruvchilar uchun eng hayajonli hamda quvonchli kun .
2- boshlovchi : Tuprog’ingda daholar xoki
Ul sohibi dunyolar xoki
Bobolarki, ulug’ chinordek
Momolarki, Qutlug’ Nigordek
Chinorlarki, beshiklar bo’lgan
Kelajakka eshiklar bo’lgan
Sen onasan muqaddas Vatan
Yagonasan muqaddas Vatan
Xazinamsan, taxtim o’zingsan
Qiyosi yo’q baxtim o’zingsan
Yer yuzining jannati sensan
Yaratganning san’ati sensan
Jannatbog’im hazrattog’imsan
Mehrobimsan, sajdagohimsan
Sen onasan, muqaddas Vatan
Yagonasan, muqaddas Vatan
Manglaydagi Durri Akbarim
Ne ko’zlarni olgan gavharim
Qora niyat, g’araz so’zlardan
Asragaymiz yomon ko’zlardan
Ko’ksim ichra yuragim tumor
Bu tumorda qutlug’ noming bor
Sen onasan muqaddas Vatan
Yagonasan muqaddas Vatan
1-boshlovchi : Biz O’zbekiston deb atalmish jannatmakon yurt farzandi ekanligimizdan faxrlanamiz. Tantanali onlarimizda yangraydigan madhiyamiz bizning g’urur va iftixorimizdir.