MUNDARIJA
MAVZU: KONFLIKT INSON HAYOTINING AJRALMAS TARKIBI SIFATIDA - KONFLIKTOGENLAR
Kirish…………………………………………………………………………….…2
Asosiy qism………………………………………………………………………...3
I bob. KONFLIKT MAZMUNI VA KELIB CHIQISH QONUNIYATLARI
1.1. Konfliktlarning mazmuni va ularga bo‘lgan munosabat…………….….....5
1.2. Konfliktlarning kelib chiqish qonuniyatlari, ildizlari
va sabablari……………………………………………………………....…...…11
II bob. KONFLIKTOGENLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
2.1. Konfliktogen – konfliktga imkon beruvchi, konflikt uchun sharoit yaratuvchi sifatida…………………………………………………………………………….16
2.2 Konfliktogenlar eskalatsiyasi va yuzaga kelmasligi uchun
shart-sharoitlar. …………………………………………………………………20
Umumiy xulosa…………………………………………………………………28
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………30
Kirish
Mavzuning dolzarbligi- Konfliktlar inson hayotining ajralmas qismidir. Chunki tirik mavjudot borki barcha voqea hodisalarga o’z reaksiyasini ko’rsatadi. Biz insonlardagi kechinmalar his tuyg’u va kayfiyat faolligi doimiy ravishda o’zgarib va almashinib keladi. Ta’lim jarayonida pedagoglar hamda o’quvchi va ta’labalar orasida turli konflikt nizolar kelib chiqishini oldini olishda pedagog eng asosiy o’rinda turadi. Shuning uchun ham bugungi kunning zamonaviy va mahoratli pedagogi jamoada nizolar kelib chiqqan vaziyatlarda qanday hatti-harakatlar, chora-tadbirlar orqali uni bartaraf eta olishi bugungi kunning muhim bir talablaridandir. Chunonchi konflikt ziddiyat bu insonning biror bir voqea yoki hodisaga bildirayotgan kuchli hissiy reaksiyasidir. Ushbu reaksiya yani konflikt bizning hayotimizning ajralmas qismi va tabiiy unsurlarimizdan biri desak mubolag’a bo’lmaydi. Shunday ekan asl pedagog yoki psixolog ushbu vaziyatlarga tabiiy qarashi darkordir. Buning uchun esa ushbu qo’llanma mana shu dolzarb mavzuni tushunishimiz va amaliyotda uni ishlatishimiz uchun eng yaxshi qo’llanma va nazariyadir.
Kurs ishining maqsadi- Talabalarda konflikt inson hayotining ajralmas bir bo’lagi va tabiiy xissiy reaksiya ekanligi uning kelib chiqish sabablari va oxir oqibat salbiy yakun topishi haqida tushuncha berish. Shuningdek konfliktalogiya fan sifatida bugungi kunda dolzarb mavzulardan biri ekanligini anglatish va bilim ko’nikmalarini oshirish.
Kurs ishining vazifasi- Kelajakda amaliyotda pedagog jamoa hamda o’quvchi, talabalar bilan kelib chiqadigan ziddiyatli, nizoli konfliktlarda o’zlarining bilimlari orqali ularni bartaraf etish yo’llari haqidagi bilimlarini oshirish shu bilan birga konflikt kelib chiqish ildizlari, omillari bilan tanishtirishdan iboratdir. Bugungi kunda pedagog kadrlarni aynan ziddiyatli vaziyatlarga og’ir bosiqlik bilan qarash, konflikt tushunchasini ularga tabiiy inson hususiyatlari reaksiyalaridan biri ekanligini tushuntirish va ushbu mavzuni ken targ’ib qilish.
Asosiy qism
So’z boshida Konflikt atamasi haqida to’xtalib o’tsak! Konflikt (lot. contlictue — ixtilof, toʻqnashish) — 1) qarshi tomonlar, fikrlar, kuchlar toʻqnashuvi; 2) adabiyot va sanʼatda — badiiy asar mohiyatida yotgan ziddiyat, personajlarning oʻzaro toʻqnashishi, ixtilofi. Ushbu kurs ishining I bobida konfliktning kelib chiqish sabablari va omillarni yaqindan o’rganamiz! Konflikt epik asarlarga nisbatan qoʻllanadi, lirik asarlarda esa u kolliziya, kechinma, fikr oqimi tarzida namoyon boʻladi. Konfliktning 3 xil koʻrinishi mavjud: asar qahramonlarining birbirlari bilan toʻqnashuvi, kurashi; shartsharoit, muhit bilan toʻqnashuv; oʻz-oʻzi bilan ichki kurash. Drama konfliktni harakatni rivojlantiruvchi, keskinlashtiruvchi xususiyatga ega. Konfliktda yozuvchining dunyoqarashi, voqelikni, hayotni, dunyoni va insonni qanday idrok etishi va tushunishi namoyon boʻladi. Dramaturgiyada "tashqi" konfliktga keng oʻrin beriladi, bunda qahramonlar oʻzaro bir-biri bilan ixtilofda, kurashda boʻladi, "ichki" konfliktda esa qahramonning oʻz burchini his etishi bilan ojiz ruhiy tomoni, hissiy iztiroblari, holati oʻrtasidagi ziddiyat tarzida koʻrinadi. Mazmuni, yoʻnalishi nuqtai nazaridan konfliktning maishiy, axloqiy, ijtimoiy, siyosiy, falsafiy va boshqa turlari mavjud. Konfliktlar haqida umumiy tushunchalarni esa II bobda ko’rsatib o’tilgan sabablar, voqeliklar orqali ko’rishimiz mumkin. Jumladan, voqealar rivoji davomida ijtimoiy Konflikt siyosiy konfliktga, siyosiy konflikt falsafiy konfliktga aylanishi mumkin. Katta, oʻtkir gʻoyalar uchun keskin kurashga asoslangan toʻqnashuvda fojiaviy ruh ustun boʻlib, fojiaviy konfliktni tugʻdiradi yoki kulgili, oʻtkir hajviy yoʻnalishdagi vaziyat, holat, voqealar kulgili ruhni hosil qiladi. Konfliktning mohiyati zamon, makon bilan jips bogʻliq. Shunday konfliktlarlar boʻladiki, davr oʻtishi bilan ular barham topadi. Dunyoda yaratilgan asarlar konflikti zaminida taqdir taqozosi turgan boʻlsa, oʻrta asrlardagi asarlarda ilohiy kuch bilan insondagi shaytoniy xirs konfliktning asosini tashqil etadi. Romantizm davrida voqelik, muhit, shart-sharoit bilan ideal oʻrtasida, yaxshilik bilan yomonlik, ruhiy erkinlik bilan turmush tashvishlari oʻrtasidagi ziddiyat hukmronlik qilgan, realizm tantana qilgan davrda inson mohiyati, uning istagi, imkoniyati bilan ijtimoiy-tarixiy shart-sharoit zaminida konflikt yuzaga kelgan. Shunday boqiy mavzular borki (masalan, saxiylik va xasislik, vafodorlik va bevafolik, tiriklik va oʻlim), bularda konflikt har bir davrning maʼnaviy, ruhiy talab va ehtiyojlaridan kelib talqin qilinadi. Shoʻrolar davrida — sotsialistik realizm metodi hukmronlik qilgan davrda konflikt zaminiga ijtimoiy-sinfiy antagonizm qoʻyilgan va bu ziddiyatning inqilobiy yoʻl bilan yechilishi talab qilingan, individual axloq bilan jamoa ongi oʻrtasidagi, xususiy mulkchilik ruhiyati bilan jamoat, xalq manfaati oʻrtasidagi kurash tarzida qoʻyilgan. Shoʻro tuzumini tanqid qilish man etilgan va shu tufayli adabiyotda, ayniqsa dramaturgiyada Konfliktsizlik "nazariya"si kelib chiqqan. Hayotdagi keskin ziddiyatlarni chetlab oʻtish, voqelikni, hayotni boʻyab koʻrsatish, insonni shunchaki bir qoʻgʻirchoq, robot tarzida koʻrsatish bu davr adabiyotining bosh belgisi boʻlgan. Milliy mustaqillik tufayli oʻzbek adabiyoti va sanʼatining ijodiy usuli realistik metod boʻlib qoldi, hayot va insonni haqqoniy tasvirlash, voqelikdagi ziddiyatlar kulami va mohiyatini teran ochish, inson va jamiyatning kamol topishidagi qiyinchiliklarni, murakkab jarayonlarni oqilona tasvirlash yagona mezonga aylandi. Ammo yozuvchi, sanʼatkor voqelikdagi ziddiyatlarni qanday boʻlsa, shundayligicha badiiy asarga koʻchirmaydi, aksincha, ularni tanlab oladi, umumlashtiradi, yanada keskinlashtiradi, ular maʼnosi, mohiyatini ochadi, tushuntiradi.
Dostları ilə paylaş: |