Mavzu: konflikt inson hayotining ajralmas tarkibi sifatida konfliktogenlar


Aldash yoki aldashga harakat qilish



Yüklə 60,3 Kb.
səhifə7/10
tarix03.05.2023
ölçüsü60,3 Kb.
#106658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
19-2 PEP Dolliboyev Izoqboy (Kurs ishi) 3-bosqich

Aldash yoki aldashga harakat qilish. Eng ashaddiy konfliktogenlardan hisoblanadi. Ayollar ham, erkaklar ham o‘zlarini aldashga yo‘naltirilgan harakatlarni kechira olmaydilar. Odatda aldash orqali yuzaga kelgan xissiy-emotsional holat juda uzoq vaqt ongda saqlanib qoladi hamda umr bo‘yi konfliktogen rolini o‘ynab keladi. Aldash orqali odam yuragida yuzaga kelgan alam ko‘p hollarda umuman yo‘qolmaydi va o‘chib ham ketmaydi. Bu alam bot-bot odamlar orasiga yangitdan nizo solinishiga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ayollar o‘z erlarining xotinidan pul yashirganini kechira oladilar, ammo “chetga yurganini” mutlaq kechira olmaydilar. Bu borada o‘zbeklar aytadigan “Er bermoq, jon bermoq” maqoli aynan haqiqatdir. Erkaklar esa o‘z xotinlariga o‘z oilasiga nisbatan hurmatsizlik, xotinning o‘z manfaatlari yo‘lidan qilgan ayyorliklari, “suyuq oyoq”lilikni mutlaq kechira olmaydilar. Agar mana shu masalalarda aldash vujudga kelgan bo‘lsa, tomonlar munosabati barbod bo‘lishi tabiiy. Umuman olganda, oilaviy hayotda aldash, aldashga harakat qilish yaxshi va samimiy munosabatlarni ichdan va zimdan qo‘poradi.
Hamsuhbatining biror kamchiligi yoki muvaffaqiyatsizligini doimo ta’kidlab o‘tishga harakat qilish. Birovlarning ishi yurishmaganidan xursand bo‘lish, o‘zi yoqtirmagan odamlarning hayotida biror kor-xol bo‘lsa, undan quvonish, ba’zi odamlarning ustidan muntazam kulish, kamchiliklarni ro‘kach qilish, mana shu holatlarda o‘zini yaxshi xis qilish o‘zini ustun qo‘yishning turlaridan biri hisoblanadi. Muvaffaqiyatsizlik hamma bilan ham sodir bo‘lishi mumkin, kamchilik va xato esa, uni tuzatilmagunicha kamchilik va xato bo‘lib qoladi, agar tuzatilsa, u xato bo‘lmaydi. Muvaffaqiyatsizlikdan hech kim o‘zini muhofaza qilinganman deb ayta olmaydi. Shu bois, o‘z do‘sti, hamkasbi, o‘rtog‘i, qarindoshi, eri va yoki xotinining biror kamchiligini umrbod ushlab olib, doimo uni ta’kidlayverish, uni muntazam esga solish, o‘z ustunligini ko‘rsatish uchun ro‘kach qilish oxir-oqibat juda katta konfliktni keltirib chiqarishi mumkin.

Yüklə 60,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin