ralanishi, chegaraning yopilish ehtimolligi va h. k. lar); - siyosiy vaziyatning noaniqligi, mamlakat yoki mintaqada ijtimoiy-siyosiy vaziyatining noma’qulligi tavakkali; - yangi texnika va texnologiyalaming parametrlari, texnik- iqtisodiy ko'rsatkichlaming dinamikasi to'g'risidagi axborot- laming noaniqligi yoki noto'g'liligi; - bozor kon’yukturasining, bahoning, valyuta kursining va h. k. laming o'zgarishi; - tabiiy-muhit sharoitining noaniqligi, tabiiy hodisalaming yuz berishi mumkinligi; - ishlab chiqarish-texnologik tavakkal (avariyalar va uskuna- laming buzilishi, ishlab chiqarish braki va h. k. lar); - qatnashuvchilaming qiziqishlari, hulq-atvori va maqsadlarining noaniqligi va h. k. lar.
Tavakkal bilan bog‘liq bo‘lgan loyihani amalga oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi tavakkalni kamaytirishga imkon beruvchi yoki u bilan bog‘liq bo‘lgan nomaqbul oqibatlami kamay- tiradigan maxsus elementlami o ‘z ichiga olishi lozim. 3.4. ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH TEXNOLOGIYASI Texnologiya - tovarga va boshqa komponentlar tizimiga kiradigan va undan chiqadigan boshlang‘ich resurslar, axborotlar va boshqa komponentlami qayta shakllantiradigan mablag'lar va usullaming yig‘indisidir. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish tizimiga ushbu tizimning kirishida qo‘llash quyidagicha bo'ladi: - mcnejmentga bo'lgan ilmiy yondashuvlaming yig'indisi; - qarorni tahlil qilish, bashoratlash, optimallashtirish va iqtisodiy asoslash usullari; - qaror sifatiga bo'lgan talab; - innovatsion loyiha, tashqi muhit va h. k. lar tavsifi to'g'risida