R. I. Nurimbetov, S. I. Ahmedov



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/53
tarix18.02.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#84839
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53
NAZORAT SAVOLLARI
1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati nimadan iborat?
2. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish va bajarish jarayonining tahlili 
nimalarni nazarda tutadi?
3. Qabul qilingan qaroming istiqbolli ekani qanday aniqlanadi?
4. Qanday qaror turlarini bilasiz?


5. Boshqaruv qarorlarini boshqaruvning har bir bosqichida kim tay- 
yorlaydi va kim qabul qiladi?
6. Qaroming sifatini oshirish uchun qanday belgilari 
bo'yicha 
ularning 
turkumlanishini tahlil qilish tavsiya etiladi?
7. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muqobil variantlar asosida 
o'zaro taqqoslangan holda qanday omillarni e'tiborga olish lozim?
8. Qarorlarni iqtisodiy asoslash tamoyiliga nimalar kiradi?
9. Tizimning kirish sifatini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar nimani 
anglatadi?


IV BOB. ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI 
BOSHQARISH VA REJALASHTIRISH
4.1. ISHLAB CHIQARISH JARAYONINI TAYYORLASH
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish firma (korxona) daro- 
madlarining asosiy manbai bo‘lib, uning dastlabki tayyorgarligi 
sifatida namoyon bo‘ladi. O 'z navbatida ishlab chiqarishni tayyorlash 
bir necha xususiy jarayonlardan tashkil topadi, unda menejerlaming 
qatnashishi o‘z navbatida:
- ishlab chiqarish maqsadini aniqlash va ushbu maqsadga 
erishishga xodimlaming mo‘ljal olishi;
- firma xodimlari faoliyati turlarini belgilash, shakllangan maq­
sadga erishish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarishni kompleks 
tayyorlashga taalluqli korxona bo‘limlarini har bir faoliyat turi 
bo'yicha mustahkamlash;
- yangi tovarlami yaratish ishlarini tashkil qilish;
- jami ishlami amalga oshirish uchun ishlovchilar mehnatini 
oqilona tashkil etish.
Ishlab chiqarish jarayonini tayyorlashning eng muhim elementi 
konkret sharoitlarda tashkilot maqsadini aniqlash hisoblanadi.
Yangi tovarlami yaratish bo'yicha ishlami tashkil qilish, ishlami 
bajarishning taqvim rejalarini tuzish, pul mablag'larini aniqlash ulami 
amalga oshirish uchun zamr bo'lgan, shuningdek talab etiladigan 
mehnat va moddiy resurslar shaklida namoyon bo'ladi.
Mehnatni oqilona tashkil etishning asosiy vazifalari quyida­
gilardir:
- yangi tovarlar ishlab chiqarishni o'zlashtirish va loyihalash 
bo'yicha barcha ishlami o'zaro bog'lash;
- ayrim ishlar bosqichlarining o'z vaqtida bajarilishini kelishish, 
ketma-ketligini va ulaming bajarilishini ta’minlash;


- zarur bo‘ladigan resurslar va ishlaming umumiy hajmini 
aniqlash;
- korxona bo‘limlari orasidagi resurslami va ishlaming umumiy 
hajmini belgilash;
- zarur resurslardan samarali foydalanishga erishish.
Ishlab chiqarishni tayyorlashning taqvim grafigi har bir tovar 
bo'yicha ishlab chiqiladi. Grafik har bir ishlab chiqarishning 
boshlanish, tugallanish muddatlarini bajaruvchilaming ishni bajarish 
uchun taalluqli bo'lgan ishlar ro'yxatini o'z ichiga oladi (4.1-rasm).
Bajaruvchilar tarkibi mahsulotning murakkabligiga, ish vaqti 
fondiga va belgilangan yangi tovarlami tayyorlash muddatiga bog'liq 
bo'ladi.
Ishlab chiqarishni tayyorlash va amalga oshirishda mehnatni 
oqilona tashkil etish, odatda to'rsimon modelli grafik tuzish yo'li 
bilan amalga oshiriladi.
To'rsimon modelda hodisalar aylana, doira shaklida, ishlar 
(operatsiya) strelka bilan ifodalanadi. Tuzilgan grafikda bitta 
boshlang'ich va bitta yakuniy jarayon bo'lishi lozim. Jarayon-bu, 
bitta yoki bir necha ishlaming oraliq yoki yakuniy natijasidir. U vaqt 
bo'yicha davomiylikka ega bo'lmaydi, balki qandaydir ishlaming 
boshlanishini va boshqa ishlaming ma’lum vaqtda tugashini 
ko'rsatadi.
Operatsiya (ishlar) uch turga bo'linadi:
• haqiqiy operatsiyalar (grafikda strelkali qalin chiziq bilan: 
ifodalanadi)-bu vaqt va resurslar sarfini talab etuvchi loyihani 
ishlab chiqish, materiallami tashish, montaj ishlarini bajarish 
va boshqalar;
• operatsiya-kutish (grafikda strelkali shtirix punktir chiziq bilan 
ifodalanadi) faqat vaqt sarfini talab etuvchi (betonning qotishi, 
oqlash ishlari boshlangunga qadar, suvoqlaming tabiiy qurishi, 
o'simliklaming o'sishi va hokazo) jarayondir;
• soxta operatsiyalar yoki mantiqiy aloqa (grafikda strelkali 
punktir chiziq bilan ifodalanadi) bir necha operatsiyalarni
51


bajarish jarayonidagi texnologik yoki resurs bog‘liqlikni aks 
etttiradi. Ishlab chiqarish davomiyligi vaqt birligida, zaruri 
bo‘lganda ushbu ishga sarfi xarajati to‘rsimon grafigi ustki 
burchagiga qo‘yiladi.
Jarayonlaming boshlanishini va yakunlanishini bog‘lovchi har 
qanday ishlaming ketma ketligi yo‘l deb ataladi. Uzoqroq davom 
etadigan yo‘l 

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin