Mavzu: Jahon tarbiyaviy kontsepsiyalari namunalarining qiyosiy-pedagogik tahlili. O`zbekiston Respublikasida tarbiya jarayonining hozirgi bosqich muammolari



Yüklə 109,1 Kb.
səhifə1/7
tarix18.11.2022
ölçüsü109,1 Kb.
#69808
  1   2   3   4   5   6   7
TIM ochiq darsga-4

Mavzu: Jahon tarbiyaviy kontsepsiyalari namunalarining qiyosiy-pedagogik tahlili. O`zbekiston Respublikasida tarbiya jarayonining hozirgi bosqich muammolari.

Reja:

1. Tarbiyaviy konsepsiya tushunchasining mazmuni.

2. Jahon tarbiyaviy konsepsiyalari.

3. Tarbiyaviy ishlar tizimi.

Tayanch tushunchalar: Tarbiya konsepsiyalari, qiyosiy tahlil, milliy tarbiya, milliy xususiyatlar, tarbiyasi nazariyasi, tarbiyaning izchilligi, pedagogik tajriba, mahorat.

Pedagogika nazariyasida qiyosiy yo‘nalishni kuchaytirishni, turli zamon va makonlarda yaratilgan tarbiya konsepsiyalarini vertikal va gorizontal nuqtai nazaridan tahlil qilishni, xatolarni chetlab o‘tib, tarix sinovidan o‘tgan, insonparvarona mohiyatga ega bo‘lgan tarbiyaviy konsepsiyalar yutuqlaridan, texnologiyasidan samarali foydalanishni taqozo qilmoqda.

Pedagogika nazariyasida qiyosiy yo‘nalishni kuchaytirishni, turli zamon va makonlarda yaratilgan tarbiya konsepsiyalarini vertikal va gorizontal nuqtai nazaridan tahlil qilishni, xatolarni chetlab o‘tib, tarix sinovidan o‘tgan, insonparvarona mohiyatga ega bo‘lgan tarbiyaviy konsepsiyalar yutuqlaridan, texnologiyasidan samarali foydalanishni taqozo qilmoqda.

Amalga oshirilgan tahlil-sintez oldiga quyidagi vazifalarni belgilanadi:

  • Pedagogik nazariyalarning g‘oyaviy asoslari va mazmunining mamlakatlar taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’sirini qayd qilish, umumlashtirish;
  • Yevropaning taraqqiy etgan mamlakatlarida, Osiyo va Afrikaning milliy mustaqillikni qo‘lga kiritgan ayrim mamlakatlarida tarbiyaviy konsepsiyalar rivojining tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, milliy-madaniy shart-sharoitlarini tahlil qilish;
  • Tarbiya nazariyalari, konsepsiyalarini milliy tarbiya bilan nazariy aloqalarini o‘rganish:
  • Zamonaviy o‘zbek maktabidagi milliy tarbiya tizimining tub xususiyatlarini qiyosiy asoslash.

Boshqa mamlakatlar tarbiyaviy tizimlarini o‘rganishning xususiyatlari haqidagi ibratli fikrlarni professor P.Kapnistning 1900 yilda aytgan fikri bilan yakunlaymiz: "...tarbiyaviy ishlarda ta`lim muassasasining milliy xususiyatlarini dunyo sivilizatsiyasining tarkibiy qismi sifatida o‘rganish kerak. Bu birinchidan, har bir ilmiy muassasaning(uning qayerda joylashganligidan qat’iy nazar) asosini belgilaydi va ikkinchidan, begona o‘lkalarning ta`limiy ishlarini o‘rganish boshqa mamlakatlarda bir vaqtlar o‘tkazilgan va natijalari aniq ko‘rilgan ko‘plab tajriba va ekperimentlarni takrorlashdan bizni qutqazadi"


Yüklə 109,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin