R. I. Nurimbetov, S. I. Ahmedov


Ishonchlilik ко ‘rsatkichlari



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/53
tarix18.02.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#84839
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
Ishonchlilik ко ‘rsatkichlari
mo‘ljallangan vaqt oralig‘ida mah­
sulot, tovaming belgilangan vazifani bajarish va amalga oshirishga 
qodirligini tavsiflaydi. Bunday ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilar 
kiradi:
- havfsizlik - obyektning m a’ lum bir vaqtgacha yoki belgilangan 
rejimning amal qilish davomida birinchi marta ishdan 
chiqishigacha bo‘lgan davrida to'xtovsiz ishga qodirligi 
tushuniladi.
- ta’mirlashga ehtiyoj mavjudligi;


- chidamliligi;
- o'z holatini saqlashi;
- qo‘llashdagi havfsizligi va ekologikligi;
- ergonomiklik ko‘rsatkichlari (ergonomik ko‘rsatkichlar gigiye- 
nik, antropometrik, fiziologik, psixofiziologik, psixologik ko'r- 
satkichlarga bo‘linadi).
- texnologik ko‘rsatkichlar;
- estetik ko'rsatkichlar;
- standart ko'rsatkichlari;
- patent-huquqiy ko‘rsatkichlar;
- servis sifati ko'rsatkichi;
- tovar sifatini tasdiqlovchi sertifikatning mavjudligi;
- sifat menejmenti.
5.2. SIFATNI T A ’iMINLOVCHI BOSHQARUV 
BO‘LINMALARI FAOLIYATI
Ma’lumki, mahsulot sifatiga qo'yiladigan asosiy talablar mahsulot 
yoki xizmatga bo'lgan talablardan va iste’molchilaming talablaridan 
iborat bo'ladi. Shundan kelib chiqib sifatni boshqarish ushbu 
talablami, sifat faoliyati natijalarini va uni nazorat qilish jarayonini 
ta’minlashi zarur.
Albatta aytib o'tish joizki, boshqarish usullari va uslublari ming 
yillar davomida shakllanib va rivojlanib kelmoqda. Respublikamizda 
mustaqillik yillarida mahsulot 
sifatini 
boshqarishning yangi 
tizimi yaratilmoqda. Sifatni nazorat qilish zaruriyati obyektni 
boshqarish-mahsulot sifatini boshqarish-mahsulot sifatini ishlab 
chiqish, foydalanish yoki iste’mol qilishda yetarli daromadni saqlab 
turish, mahsulot sifatiga maqsadli ta’sir etuvchi sharoit va omillarni 
doimiy ravishda nazorat qilishdan iborat boiib, ularga quyidagilar 
kiradi:
- mahsulot sifatini nazorat qilish;
- mahsulot sifatini baholash;


- mahsulot sifatini boshqarish va unga tizimli yondashish bos- 
qichlari;
- davlatning vazifasi sifatida mahsulot sifati va unga ta’sir 
etuvchi omillar davlat standartlari bilan o'zaro bog‘liqligini 
ta’minlash.
Har qanday standartni boshqarish uslubi asosida sifatni texnik 
nazorat qilish va uni tashkil etish turadi.
Korxonada asosiy vazifani boshqarishning muhim bo‘g‘inlaridan 
biri bo‘lgan texnik nazorat bo‘limi (TNB) bajaradi.
Sifat muammosining murakkabligi korxonaning sifat xizmatini 
tashkil etishda kompleks yondashuvni talab qiladi. Chunki bunda 
sifatni nazorat qilishning barcha bo‘limlarini birlashtirish maqsadga 
muvofiq. Faqat shu asosda sifatni rag‘batlantirish va tahlil qilishni 
ta’minlash mumkin.
Sifatning nazorat qilish vazifasini amalga oshirishda o'lchov 
vositalaridan, elektron va kompyuter qurilmalaridan faqat to‘g ‘ri 
foydalanibgina qolmay, balki ularning holatini nazorat qilib borish 
zarurdir. Bundan tashqari kadrlami o ‘qitish va malakasini oshirish 
dasturlarini ishlab chiqish o'z navbatida sifatni oshirish masalalarini 
samarali hal etishi, xodimlami rag'batlantirishni va motivlashtirishni 
ta’minlashi kerak. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ko'pgina korxonalar 
sifat xizmatini to‘la rivojlantirishga qodir emas. Ayniqsa, kichik 
korxonalarda bu masala ancha og‘ir va bunday korxonalarda deyarli 
sifat bo‘yicha bir muhandis-menejer bo'lishi mumkin.
Zamonaviy texnik nazoratning ilmiy asosi sifatida axborot- 
texnologik va matematik-statistik usullardan foydalanish mumkin. 
Mahsulot sifatini boshqarishni ikki usulda ta’minlash mumkin: 
mahsulotni navlarga ajratish va texnologik aniqlikni oshirish.
Texnologik jarayonlami boshqarish nazorat kartalari yordamida 
sifatdagi og‘ishlar sababini aniqlash va ulami bartaraf etishni moni­
toring qilishdan iboratdir.



Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin