R. I. Nurimbetov, S. I. Ahmedov


 XOR1JIY DAVLATLARDA SIFATNI



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/53
tarix18.02.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#84839
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53
5.3. XOR1JIY DAVLATLARDA SIFATNI 
BOSHQARISH TAJRIBASI
5.3.1. AQShda mahsulot sifatini boshqarish tajribasi
Ikkinchi jahon urushidan keyin AQShning sanoati, asosan keng 
iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish bilan tez sur’atlarda rivojlana 
boshladi. Lekin tovarlaming sifati ancha past darajada edi. Amerikalik 
mutaxassislaming ta’kidlashicha, korxonalar joriy xarajatlarining 25- 
30 foizi mahsulot nuqsonlarini aniqlashga va topishga sarflanar edi. 
Nuqsonli mahsulotlami almashtirish uchun ketgan harajatlar umumiy 
xarajatlaming 30 foizidan ham oshib ketishiga olib kelardi. AQShlik 
ko‘pgina mutaxassislar sifatning pastligi mehnat unumdorligining va 
raqobatbardoshlikning oshishiga asosiy to'siq deb hisoblashardi.
AQShda sifat muammosini yechish maqsadida har xil proteksio- 
nizm chora-tadbirlaridan: 
G'arbiy Yevropa ishlab chiqaruv- 
chilaridan himoya qilish maqsadida tariflar, kvotalar, poshlinalardan 
foydalanishardi. Mahsulot sifatini oshirish masalasiga ikkinchi 
darajada qarashardi. 1950-yillarda AQSh ma’muriyati amerikalik 
avtomobil, maishiy elektronika, motosikllar, po‘lat va hokazalami 
ishlab chiqaruvchilami himoya qilish 
maqsadida bir qator 
proteksionistik chora-tadbirlami qabul qilishdi.
1980-yillaming boshlarida AQShda sifatni boshqarishda asosiy 
e ’tibor sifatni rejalashtirishga qaratildi. Lekin mahsulot sifatini oshirish 
rejasi ichki ishlab chiqarish muammolarini mufassal o'rganmasdan 
ishlab chiqildi. Bu o ‘z navbatida firmaning ichki ehtiyojlari e’tiborga 
olinmaganligi sababli qo‘shimcha muammolami keltirib chiqardi. 
1980-yillarda kadrlami ish joylarida ommaviy o'qitish kampaniyasi 
avjiga chiqdi. Ushbu davrda AQShda E. Demingning «Sifat, mehnat 
unumdorligi va raqobatbardoshlik» va «Inqirozdan chiqish» nomli 
ikkita kitobi nashrdan chiqdi. Ushbu monografiyalarda Demingning 
«Sifat falsafasi» bayon etilgan. Demingning 14 banddan iborat 
bo'lgan mashhur sifat falsafasini keltirib o'tamiz:
68


1. Shunday qilingki, tovar yoki xizmatni takomillashtirishga bo‘ lgan 
intilish doimiy bo‘lsin. Sizning yakuniy maqsadingiz-raqobatbardosh 
bo‘lish, biznesda qolish va ish joyini ta’minlash. Mahsulot va xizmatni 
bosqichma-bosqich va doimiy yaxshilash sohasida qattiq belgilangan 
ishlab chiqarish maqsadlariga erishishdan chekinmang.
2. Korxonaning barqarorligiga erishish uchun sifat (tadbirkorlik) 
ning yangi falsafasini qo'llang.
3. Shuni bilingki, sifatga erishish uchun yoppasiga nazoratning 
zaruriyati yo‘q.
4. Demping narxlari asosida uzoq muddatli biznes strategiyasini 
qurishga harakatni to ‘xtating.
5. Sifatni va unumdorlikni oshirish, xarajatlami kamaytirish 
uchun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tizimini doimo 
takomillashtiring.
6. Ish joylarida kadrlami tayyorlash tizimini yarating.
7. Kuzatishni emas, balki samarali rahbarlik tizimini yarating.
8. Insonlar bilan munosabatda qo'rqish va ishonchsizlikni 
yo'qotib, samarali muloqot qilish usullaridan foydalaning.
9. Ilmiy-ishlab chiqarish davri bo'yicha korxona bo'linmalarining 
bir-biridan ajralishini yo'qoting.
10. Targ'ibot qilish va «ommani safarbar qilish» shiorlari 
amaliyotini tugating.
11. Qattiq m e’yorlar asosida ishlab chiqarish quvvatlarini ajratish 
amaliyotidan voz keching.
12. Ishchining o 'z ishidan g'ururlanishiga xalaqit beradigan 
to'siqlami yo'qoting.
13. Malakani oshirishning umumiy dasturini ishlab chiqing va har 
bir xodimga o'z saviyasini oshirish uchun sharoit yaratib bering.
14. Mahsulot va xizmat sifatini doimo yaxshilash bo'yicha 
rahbariyat yuqori bo'g'inining majburiyatini aniq belgilab qo'ying.
E. 
Demingning mehnatga haq to'lash sohasidagi tavsiyalari ham 
qiziqarli:
1. Vaqtinchalik emas, istiqbolli qarorlarni taqdirlang.


2. Tavakkaldan qochadiganni emas, uni o 'z zimmasiga oladiganni 
taqdirlang.
3. Ko‘r-ko‘rona bo'ysunishni emas, ijodiy ishni taqdirlang.
4. Ish hajmi uchun emas, natijasi uchun taqdirlang.
5. Foydasiz murakkablashtirishni emas, soddalashtirishni taqdirlang.
6. Tez ishni emas, sifatni taqdirlang.
7. Bir-biriga qarshi emas, balki bir-biri bilan inoq ishlaydigan 
xodimlami taqdirlang.
Yuqorida sanab o'tilgan tamoyillardan AQSh ishlab chiqaruvchilari 
o'z amaliyotlarida foydalangan holda mehnat unumdorligini va 
mahsulot sifatini oshirishga hamda joriy xarajatlami kamaytirishga 
erishishdi.
5.3.2. Yaponiyada mahsulot sifatini boshqarish tajribasi
Yaponiya tajribasi shuni ko'rsatdiki, sifatni oshirish-hech qachon 
tugamaydigan ishdir. Sifatni boshqarishning zamonaviy bosqichi 
1950-yillardan boshlangan. Shuningdek, yana sifatni boshqarishga 
yaponcha yondashish o'zining farq qiluvchi jihatlariga ega. Lekin 
taqqoslama tahlilning ko'rsatishicha, nazariy holat universal, 
baynalmilal tavsifga ega.
Sifatni boshqarishga yaponcha yondashishning xususiyatlari 
quyidagicha:
- firmaning barcha bo'linmalarini jarayonlar va mehnat natija- 
larini doimo takomillashtirishga yo'naltirish;
- mahsulot sifatini emas, jarayonlar sifatini nazorat qilishga 
mo'ljal olish;
- nuqsonlarga yo'l qo'yilish imkoniyatlarini yo'qotishga mo'ljal 
olish;
- chiqayotgan oqim tamoyili bo'yicha kelib chiqadigan muam- 
molami tahlil etish va sinchkov tadqiq etish, ya’ni navbatdagi 
operatsiyadan oldindagi operatsiyagacha;
- «Sening xaridoring-navbatdagi ishlab chiqarish operatsiya- 
sining ijrochisi» tamoyilini madaniylashtirish;


- mehnat natijasining sifati uchun javobgarlikni bevosita ijrochiga 
to'liq biriktirish;
- inson omilini faol qo‘llash, ishchi va xodimlaming ijodiy 
salohiyatini rivojlantirish, «Yetuk inson yomon ishlashi uyat» 
ahloq me’yorini singdirish.
«Yapon mo‘jizasi»ning asosiy konsepsiyasi-hoh ishlab chiqa­
rish, hoh boshqarish yoki xizmat ko'rsatish bo‘lsin, mukammal 
texnologiyadir. Firmalarda hisoblash va mikroprotsessorli texnikalar, 
yangi materiallar, loyihalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlari, 
ishlab chiqarishni boshqarish joriy etilgan, shuningdek, yoppasiga 
kompyuterlashtirilgan tahlil va nazorat etishning statistik usullari 
keng qo‘llaniladi. Sifatni boshqarish tizimi teskari aloqaga ega.
Sifatni oshirish bo'yicha ishlashning muhim asosi firma 
xodimlarini, avvalo yuqori malakali menejerlami tayyorlash va 
doimiy o'qitish hisoblanadi.
0 ‘qitishda juda muhim yuqori samara bor: sifatni oshirish bo'yicha 
insonlaming ishga bo'lgan shaxsiy munosabatining yaxshi tomonga 
o'zgarishi. Ta’kidlanishicha, mehnat sifatining 90 foizi tarbiya va 
anglash bilan va faqat 10 foizi bilim bilan amalga oshiriladi.
Yaponiyada sifat to'garaklariga katta e’tibor qaratiladi. To'ga- 
raklami shakllantirish ixtiyoriy. Sifat to'garaklarining shiori: «Sifat 
korxona taqdirini belgilaydi», «Bugun yaxshi bo'lib tuyulgan narsa 
ertaga eskiradi», «Sifat to'g'risida har doim o'yla». Sex va zavodlarda 
sifat to'garaklarining konferensiyalari muntazam bo'lib turadi. 
Yiliga kompaniya darajasida ikki marta konferensiya tashkil etiladi. 
Shuningdek, butun yapon sifat to'garaklari vakillarining syezdi bo'lib 
o'tadi. Sifat to'garaklari ular rasman ro'yxatdan o'tgan bo'lsagina tan 
olinadi. Yaponiya olimlari va injenerlari kengashining «Usta va sifat 
nazorati» jumali nashr etiladi.
Yaponiya firmalarida xodimlar uchun «besh nollar» nomini olgan 
sifatni ta’minlashda qatnashish dasturi ishlab chiqilgan. U qisqa 
qoidalar-tavsiyalar tarzida tartibga solingan.
- nuqsonlaming paydo bo'lishi uchun sharoit yaratmaslik;
- nuqsonli mahsulotni navbatdagi bosqichga uzatmaslik;


- oldingi bosqichdan nuqsonli mahsulotni qabul qilmaslik;
- texnologik rejimlami o ‘zgartirmaslik;
- xatolami takrorlamaslik.
Shunday qilib, Yaponiyada sifatga bo'lgan asosiy munosabatni 
quyidagicha ifodalash mumkin:
• boshqarish va texnologiya sohasida ilmiy ishlanmalami keng 
joriy etish;
• ishlab chiqarishni boshqarish, tahlil etish va nazorat qilishda 
barcha operatsiyalaming yuqori darajada kompyuterlashtiril- 
ganligi;
■ inson imkoniyatlaridan maksimal foydalanish uchun ijodiy 
faollik (sifat to‘garagi)ni rag'batlantirish, o'z firmasiga bo'lgan 
sadoqatni tarbiyalash, xodimlami tizimli va joyida o'qitish 
uchun chora-tadbirlami qo'llash;
• birdamlik ruhini rivojlantirish.
5.3.3. G 'arbiy Yevropa davlatlarida mahsulot sifatini 
boshqarish tajribasi
1980-yillaming boshidan butun Yevropada mahsulot va xizmat 
sifati muammolari, shuningdek, sifatni ta’minlashning o'zini 
takomillashtirishga bo'lgan diqqat-e’tibor kuchaydi. G'arbiy Yevropa 
mamlakatlarida yagona standartlar, texnologik tartiblarga bo'lgan 
yondashuvlar ishlab chiqildi. Amaliyotga ISO standartlarining 9000- 
seriyasi asosida yaratilgan va shunga o'xshash bo'lgan EN 29000 
seriyasi kiritildi.
Firmalar mahsulot sifatini oshirish sohasida faol siyosatni amalga 
oshirishmoqda, jarayonlar esa qattiq nazoratga olingan. Sifat Yevropa 
mamlakatlarining raqobatbardoshligini ta’minlovchi omil bo'lib 
qoldi. Bunday strategiyani amalga oshirish uchun quyidagilami 
kiritish zaruriyati paydo bo'ldi:
- yagona qonuniy talablar;
- yagona standartlar;


- firma mahsulotining bozor talabiga mosligini tekshirishning 
yagona jarayoni.
1985-yilda standartlami muvofiqlashtirishning yangi konsepsiyasi 
qabul qilindi. Mahsulotning ishonchliligi va havfsizligini ta’minlash 
bo'yicha talablar kiritildi. Sinash va sertifikatsiyalash bo'yicha Yevropa 
muvofiqlashtirish kengashi, shuningdek, sifat tizimini baholash va 
sertifikatsiyalash bo'yicha Yevropa qo'mitasi tashkil etildi. Qo'mita 
tarkibiga Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gollandiya, 
Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Norvegiya, Portugaliya, 
Shveytsariya, Shvetsiya, Fransiya, Finlyandiya mamlakatlarining 
sertifikatsiyalash bo'yicha tashkilotlari kirdi. 1988-yilda Yevropa 
sifatni boshqarish fondi (ESBF) tashkil etilib, sifat bo'yicha Yevropa 
tashkiloti (SYT) bilan hamkorlikda sifat bo'yicha Yevropa mukofotini 
tasdiqlashdi. Ushbu mukofot 1992-yildan boshlab Yevropadagi eng 
yaxshi firmaga taqdim etiladi.
Mahsulot sifati muammosini hal etishga yevropacha yondashish- 
ning farqli xususiyatlari quyidagicha:
- barcha ishlami amalga oshirishda xuquqiy asoslami yaratish, 
ya’ni sifatni baholashni tasdiqlash;
- milliy standartlaming sertifikatsiyalash jarayonlari va qoidalari 
talabalarini muvofiqlashtirish;
- mintaqaviy infratuzilmalar va milliy tashkilotlar tarmoqlarini 
rivojlantirish;
- mahsulotning hayotiylik davri bo'yicha integratsiyasini rivoj­
lantirish;
- sifat auditini rivojlantirish.
Yevropa davlatlarida istiqbolli jahon tajribasining umumlashuvi 
natijasida sifat boshqaruvining tamoyillari ishlab chiqildi. Mahsulot 
sifatining barcha bosqichlarida hayotiy davrlami maqsadga muvofiq 
uslubda boshqarish va bunda korxona a’zolarining texnik-iqtisodiy 
boshqaruvini rivojlantirish va boshqa resurslardan samarali foydala­
nish korxona boshqaruv rahbariyatining tajribasiga bog'liq ekanligi 
ko'rsatib berildi.


Sifatning umumboshqaruv konsepsiyasi (Total quality mana­
gement, TQM )-shundan ibratki, barcha sohalarda tadqiqotdan to 
mahsulotni sotguncha va undan keyin sifatni boshqarishda tizim va 
uslublami qo‘llash hisoblanadi. TQM konsepsiyasi xalqaro tavsifga 
ega bo'lib, u mahsulot sifatini va korxonaninig raqobatbardoshligini 
oshirishni samarali boshqarish maqsadida uslublar, vositalar, shakl- 
laming umumiyligidir. TQM tizimi quyidagilami o'z ichiga oladi.
1) yangi mahsulotni tadqiq qilishdagi nazorat;
2) mahsulot sifatini rejalashtirish va xomashyo, materiallaming 
sifatini rejalashtirish;
3) xomashyo va materiallaming korxonaga kirishdagi nazorati;
4) tayyor mahsulot nazorati;
5) mahsulot sifatini baholash;
6) ishlab chiqarish jarayonini baholash;
7) mahsulot sifati va ishlab chiqarish jarayoni nazorati;
8) ayrim jarayonlar tahlili (mahsulot sifati sohasidagi maxsus 
tadqiqotlar);
9) mahsulot sifati haqidagi m a’lumotlardan foydalanish;
10) mahsulot sifati haqida ma’lumot beruvchi uskunalar na­
zorati;
11) sifatni ta’minlovchi uslublarga o'rgatish, kadrlar malakasini 
oshirish;
12) kafolatlangan xizmat;
13) sifat sohasida ishlami muvofiqlashtirish;
14) yetkazib beruvchilar bilan birgalikda sifat borasidagi aloqalar;
15) PDCA (plan-do-check-action) siklini ishlatish;
16) sifat to'garaklari ishi;
17) inson omilidan foydalanish;
18) sifat doirasidagi ishlami (cross-function management) «funk- 
siyalar orasida» usuli bilan olib borish;
19) milliy sifat kampaniyalarida ishtirok etish;
20) sifat siyosatini ishlab chiqish;


21) moliyaviy faoliyatda xizmatchilaming qatnashuvi;
22) sifat madaniyati tuzilishida olib borilgan chora-tadbirlar;
23) boshqaruv kadrlarini sifat faoliyatini boshqarishga tayyorlash;
24) sifat faoliyati doirasida mas’uliyatni oshirish.
Sifatni umumboshqarish-bu nazariy qo‘llanma emas, balki sifatni 
oshirish jarayonini boshqarish texnologiyasidir. U uch qismdan iborat:
• 
bazali tizim;
• 
texnik ta’minot tizimi;
sifatning umumboshqaruvini rivojlantirish va takomillashtirish 
tizimi.
5.1-rasm. Sifat umumboshqaruvining keng tushunchasi sxemasi



Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin