Maqsad: Ijodkorona fikrlashni rivojlantirish va biror jarayonni ijro etish (aktyorlik) mahoratini shakllantirish.
Kerakli resurslar: 1ta marker.
O‘tkazilish tartibi: Ishtirokchilarga berilgan markerdan foydalanib (bunda uning o‘z funksiyasidan emas, markerdan boshqa funksiyada foydalanib) biror bir harakat, holat yoki faoliyatni (gapirmasdan) ifoda etib, ko‘rsatib berish so‘raladi. Uni nima ekanligini esa boshqa ishtirokchilar topishi kerak bo‘ladi.
Har bir ishtirokchi, boshqalar oldiga chiqib marker yordamida biror narsani ifodalashi va ko‘rsatishi lozim. Har bir ishtirokchining shunday o‘ziga xos “topishmog‘ini” topishga 1-2 daqiqa vaqt ajratish yetarli.
Bunda markerning o‘rniga trener boshqa bir predmetlardan ham foydalanishi mumkin.
Misol uchun: qog‘oz, ruchka, chizg‘ich va hk.