Sharq va g„arb falsafasida inson masalasi reja



Yüklə 173,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü173,56 Kb.
#207350
  1   2   3   4   5
SHARQ VA G‘ARB FALSAFASIDA INSON MASALASI



SHARQ VA G„ARB FALSAFASIDA INSON MASALASI 
REJA: 
1. Inson borlig‗ining o‗ziga xos xususiyatlari. Ong tushunchasi va uning 
mohiyati. 
2. Sharq va G‗arb falsafasida inson muammosi. 
3. Qadimgi sharqda falsafiy bilimlarning paydo bo‗lishi. Misr va Bobil 
falsafiy maktablari. Hindiston va Xitoyda falsafiy fikrlar. 
4. Markaziy Osiyoda ―Avesto‖ ta‘limotidagi falsafiy fikrlar. Ilk o‗rta asr 
Sharq falsafasi va Uygonish davri. (Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn 
Sino). 


1. Inson borlig„ining o„ziga xos xususiyatlari. Ong tushunchasi va uning 
mohiyati.
 
Tabiatning oliy mahsuli, gultoji bo‗lgan inson borlig‗iga, o‗ziga xos manfaat 
va ehtiyojlarga ega bo‗lgan, o‗zligini anglay biladigan shaxslar kiradi. «Til va 
tushuncha sohibi bo‗lgan tirik zotdan ortiqroq mukammal bo‗lgan biror zot 
yo‗qdir», - deydi Abu Nasr Forobiy.
Shaxs - bu o‗zining ijtimoiy shart-sharoitlariga bog‗liq bo‗lgan va individual 
suratda ifodalangan xislatlarga, intellektual, emotsional va irodaviy sifatlariga ega 
bo‗lgan odam. Har bir shaxs o‗zining tug‗ma xususiyatlari bilan bir qatorda 
ijtimoiy xususiyatlarga egadir. Ijtimoiy — munosabatlar majmui, kishilarning 
kundalik turmush tarzi, insonning mohiyatini belgilaydi.
Inson borlig‗i uning aqliy va jismoniy mehnati, ehtiyoj va manfaatlarini 
qondirish uchun xatti-harakatlari, axloq-odob, dunyoqarashi va h.k. namoyon 
bo‗ladi, o‗z ifodasini topadi.
O‗ziga xos individual xarakterga, intellekt, emotsional xususiyatlariga, 
temperamentga ega bo‗lgan har bir insonning mavqei, uning jamiyat taraqqiyotiga 
qo‗shgan hissasi bilan uzviy bog‗liq. Jamiyatda mavjud bo‗lgan barcha narsalar 
insonning mehnati tufayli va inson uchun yaratilgan. Shuning uchun insonning 
qadr-qimmati qanchalik yaxshi e‘zozlansa, ularning faolligi ham, jamiyat 
taraqqiyotiga qo‗shgan hissasi ham shunchalik ko‗p bo‗ladi.
Sho‗rolar hukumati hukmronlik qilib turgan vaqtlarda so‗zda «hamma narsa 
inson uchun, inson baxt-saodati uchun», deb e‘lon qilinsa-da, amalda insonning 
erki va huquqlari chegaralanib, ularning qadr-qimmati oyoq osti qilinib kelingan 
edi. Mustaqil respublikamizda insonning shon-shuhrati, qadr-qimmatini e‘zozlash 
davlatimiz siyosatining asosiy yo‗nalishlariga aylangan.
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining ikkinchi moddasida 
«davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi», «xalq davlat 
hokimiyatining 
birdan-bir 
manbaidir», 
deb 
mustahkamlab 
qo‗yilgan. 
Jamiyatimizda shiddat bilan amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi ham 
bitta - fuqarolarning munosib hayot kechirishini, tinchlik va milliy totuvligini 
ta‘minlashdan iboratdir. «Barcha islohotlarning - iqtisodiy, demokratik, siyosiy 
islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini 
vujudga keltirishdan iborat», - degan edi O‗zbekistonning birinchi Prezidenti 
I.A.Karimov.
Ma‘lumki, inson borlig‗i jamiyat taraqqiyotining birdan bir manbaidir. 
Ijtimoiy borliq hodisalarning barcha turlarini o‗z ichiga qamrab oladi. Jamiyat bir 
biri bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy etnik, oilaviy 
va h.k. munosabatlardan tarkib topgan, doimo taraqqiy etib, rivojlanib turadigan 
jonli organizmdir. Jamiyat tabiat taraqqiyotining zaruriy oqibatidir. Organik 


olamning taraqqiyoti ma‘lum bir davr sharoitlarida odamning kelib chiqishiga, 
uning jamoa munosabatlari va mehnat jarayonida o‗sishiga, so‗ngra kishilik 
jamiyatining tashkil topishiga olib kelgan. Shuning uchun ham tabiat jamiyatni 
bir-biridan ajratib qarash, ularni qarama-qarshi qilib qo‗yish noto‗g‗ri.
Borliq jonli tabiatning oliy mahsuli bo‗lgan inson ongida aks etadi. Shunday 
ekan ong nima, u qanday qilib paydo bo‗lgan degan savollar ustida inson eng 
qadim zamondayoq o‗ylay boshlagan. Natijada ong muammolarini talqin qilishda 
turli holatdagi tasavvurlar vujudga keladi.
Sharq falsafasi va islom ta‘limotiga ko‗ra, ong Olloh tomonidan insonga 
in‘om qilingan ruhning zahuroti, u o‗lmas va abadiydir. Forobiyning fikricha, 
―odamlarning bir avlodi o‗lib ketgach, ularning jismlari yo‗q bo‗lib ketadiyu, 
ammo ularning ruhlari vujud (qafasi)dan qutilib, saodatga erishadilar. So‗ng 
boshqalari ularning o‗rnini egallab, ular qilgan ishlarni qiladilar. Bu avlod 
odamlari ham dunyodan o‗tgach, xuddi shunday yo‗l bilan ruhlari avvalgilarning 
izidan borib, qiyofalari (fe‘l va fazilatlari), quvvati va sifati o‗xshash, yaqin ruhlar 
bilan qo‗shilishlari mumkin. Har bir yangi kelgan ruh bilan qo‗shilganida huzur - 
halovati ham
 
yanada ortadi‖.
Nemis faylasufi Gegelning fikricha, ong «mutlaq g‗oya», tabiat va 
jamiyatdagi barcha hodisalarning asosini, zaminini tashkil etadigan hodisa.
Ingliz faylasufi Berklining fikricha, inson faqat o‗z ―narsalar sezgilarini idrok 
etishga qodir, shunday ekan real narsa — bu ong, narsalar esa — kishi ongida, 
sezgi va tasavvuridagina mavjuddir‖.
Xuddi shunday fikrni XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G‗arbiy Yevropa 
olimlari Max va Avenarius ham ilgari surganlar.
Ilmiy falsafa ta‘limotiga muvofiq, ong jonli tabiatning (oliy shakli bo‗lgan) 
inson miyasining mahsulidir. Uning xususiyati voqelikni aks ettirishdan iboratdir.

Yüklə 173,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin