FANI BO’YICHA LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY KO’RSATMA
LABORATORIYA ISHI
QARSHI -2022
TUZUVCHILAR: kata o‘qituvchi A.Ochilov o’qituvchi T. Kaxxarova
TAQRIZCHI: t.f.d. Yakubov S.X, « Texnologiya ta’limi » kafedrasi yig‘ilishida muhokama qilingan. Bayonnoma №____ «___»____________2022__ yil 1 - LABORATORIYA ISHI
MAVZU: MIKROIQLIM SHAROITLARINI TADQIQ QILISH
(4-soat)
ISHDAN MAQSAD:Ish joylarida mikroiqlim sharoitlarini nazorat qilish usullari va asboblari bilan tanishish hamda qabul qilingan sanitariya me‘yorlari talablari asosida baholash.
ISHNING QISQACHA MAZMUNI: Mikroiqlimning asosiy kattaliklari va ularning kishi organizmiga tasiri bilan tanishish;
Mikroiqlim kattaliklari-harorat, nisbiy namlik, havo harakatining tezligi va atmosfera bosimini o’lchash asboblarini o’rganish;
Labaratoriya sharoitida ish joylarida mikroiqlim kattaliklarini o’lchash va topilgan kattaliklarni sanitariya va standart me‘yorlarga solishtirish;
Ishlab chiqarish sexlarining ish zonalaridagi havo muhiti qo’yidagi sharoitlar bilan xarakterlanadi: havoning harorati, nisbiy namlik, havo harakatining tezligi va atmosfera bosimi. Bundan tashqari, sanitariya-gigiena sharoitlari issiqlik nurlanishining jadalligi va kishini qamrab turgan havo muhitidagi gazlar ko’lami sifatiga (havoning gazlar, bug’lar, chang, ionlashganlik darajasi va boshqalar bilan ifloslanganligiga) ham bog’liq.
Kosachali anemometr bilan havo tezligini o‘lchash usullarini o‘rganing.