4.4. TASHKILOTDA OPERATIV ISHLAB CHIQARISHNI
REJALASHTIRISH VA TARTIBGA SOLISH
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalaming samarali faoliyat
yuritishi ko‘pincha uning ishlab chiqarish jarayonini
tashkil etishiga
va o‘zgaruvchan tashqi muhitga moslashuvchanligiga bog‘liq. Bu
alohida tuzilmaviy bo‘linmalaming maqsadga yo'naltirilgan o‘zaro
ta’siri va asosiy maqsadga erishish uchun firma resurslarini o‘z
vaqtida to‘g ‘ri ishlatishdir. Bunday vazifalar operativ-ishlab chiqarish
rejalashtirish jarayonida amalga oshiriladi.
Operativ-ishlab chiqarishni rejalashtirish ikkita o‘zaro aloqadagi
yo'nalishlar-taqvim li rejalashtirish va dispetcherlashtirish bo'yicha
amalga oshiriladi.
Taqvimli rejalashtirish qisqa muddatlarda (dekada, ish haftasi)
olib boriladi va namoyon bo'ladi:
- asbob-uskunalar va korxona bo'linmalari turlari bo'yicha
yuklamasi hisob-kitobi;
- ishlab chiqarish bosqichlari bo'yicha taqvim normativlarini
aniqlash;
- buyumlami chiqarish va ishlab chiqarishga tatbiq etish grafigini
ishlab chiqish;
-
brigadalar, smenalar va bo'linmalar bo'yicha operativ rejalami
tuzish;
- ishlab chiqarishni tayyorlash bo'yicha hisob-kitoblar (asbob-usku
nalar, texnik xujjatlar, butlovchi buyumlar bilan ta’minlash).
Dispetcherlashtirish o'zida taqvim grafiklarga mos holda ishlab
chiqarishni doimo hisobga olishni, nazorat qilishni va tartibga solishni
namoyon etadi.
Ishlab chiqarishda dispetcherlashtirish xizmatining asosiy tamo-
yillari-tezkorlik va profilaktika hisoblanadi.
Tezkorlik axborotlami
ishlab chiqishning borishi haqida har tomonlama va doimo xabarlami
o'z vaqtida ta’minlashdan iborat.
Profilaktika salbiy cheklanishlaming paydo bo'lishi sabablarining
oldini olishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Yaponiyada ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish mexanizmi
«kanban» tizimi hisoblanadi. «Kanban» tizimining g‘oyasi oddiy:
«Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida talab etiladigan detallar va
uzellar o‘z vaqtida qat’iy topshirilgan miqdordagi
keyingi operatsiyalar
o'miga qo‘yiladi». Tizimning haddan tashqari moslashuvchanligi kam
ishlab chiqarish xarajatlarini ishlab chiqarish davrini sekin qisqartiradi.
Yaponiyaning «Toyota» firmasida avtomobilning bitta modeli partiyasini
ishlab chiqarishning o‘rtacha davri 2 kunni
tashkil etgan holda bu
AQShdagidan 5 marta va Rossiyadagidan 10 marta kamdir.
Tayanch iboralar: kompleks tizim, sifat ko‘rsatkichlari, sifat
darajalari, sifat bo‘linmalari, sifat to‘garaklari,
maqsadli guruhlar,
texnopark, ixtiro, ratsionalizatorlik, manfaatdorlik.
Dostları ilə paylaş: