Tayanch iboralar:
tizimli yondashuv, ishlab chiqarishni
boshqarish, tashkil etish, boshqarish qarorlarini qabul qilish, resurslar,
doimiy xarajatlar, ustama va bilvosita xarajatlar, loyihalashtirish,
birlik (loyihaviy) ishlab chiqarish, seriyali ishlab chiqarish, ommaviy
ishlab chiqarish, uzluksiz jarayonlar bo‘yicha ishlab chiqarish,
korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Tizimli yondashuvning mohiyatini tushuntirib bering.
2. Ishlab chiqarishni boshqarishda tizimli yondashuv qaysi davlatda
keng tarqalgan?
3. Boshqarish qarorlarini qabul qilish jarayoni qanday bosqichlarni o'z
ichiga oladi?
4. Doimiy xarajatlarga qanday xarajatlar kiradi?
5. Ustama va bilvosita xarajatlar deb nimaga aytiladi?
6. Ishlab chiqarish tizimi deb nimaga aytiladi?
7. Ishlab chiqarish tizimlari qanday turlarga ajratiladi?
8. Korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi qanday bo'limlar yig'indisidan
iborat bo'ladi?
9. Ishlab chiqarish (operatsion)tizimlarini loyihalashtirish qanday bos-
qichlami o'z ichiga oladi?
10.Korxonalar ishlab chiqarish tuzilmalarining rivojlanishiga ta’sir etuvchi
asosiy omillami sanab o'ting.
Ill
bob. ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV
QARORLARINI IQTISODIY ASOSLASH
VA ULARNING BAJARILISHINI TASHKIL ETISH
3.1. BOSHQARUV QARORLARINING MOHIYATI,
TURLARI VA TURKUMLANISHI
Qarorlarni asoslash, qabul qilish va bajarilishini tashkil etish
boshqaruv jarayonining asosiy mazmuni hisoblanadi. Qaror faqat
resurslar bilan ta’minlangan va uning bajarilishi tashkil etilgan
taqdirdagina realdir.
Boshqaruv qarori-muammoli vaziyatni hal etish uchun yozma
yoki og‘zaki shaklda ifoda etilgan va amalga oshiriladigan, qayd
etilgan boshqaruv faoliyatidir. Yoki, boshqaruv qarori boshqaruv
tizimi (menejment)ning aniq maqsadga erishishda bashorat etish,
optimallashtirish, iqtisodiy asoslash va tahlil etish natijasi va ko'pgina
muqobil variantlardan birini tanlashdir.
Muammoni hal etish uchun quyidagi savollarga javob berish
lozim:
- nima uchun qaror qabul qilishadi (g‘oyani amalga oshirish,
muammoni yechish)?
- aynan qanday qaror qabul qilishadi (xaridorlaming qanday
yangi ehtiyojlarini qondirish lozim, yoki eski ehtiyojlami qan
day sifat darajasida qondirish zarur?
- qanday texnologiya bo‘yicha?
- kim uchun?
- qanday ishlab chiqarish xarajatlari bilan?
- qancha miqdorda?
- qanday muddatlarda?
- qaerda (joyi. ishlab chiqarish maydoni)?
- kimga yetkazish?
- qanday narxda va qachon?
- bu investorga va jamiyatga umuman nima beradi?
Muammoni hal etish uchun resurslaming cheklanganligini
e ’tiborga olgan holda muammoni dolzarbligi, koiam i va tavak-
kalchilik darajasi bo‘yicha ajratish zarur.
Boshqaruv qarorlarining qabul qilinishi va bajarilishi jarayonining
tahlili quyidagilardan tashkil topadi: qabul qilinuvchi qarorlaming
tarkibi va mazmunini o ‘rganish; qarorlarni asoslashda qo‘llanuvchi
usullaming maqsadga muvofiqligini baholash; qarorlarni asoslash va
qabul qilish jarayonlarini takomillashtirish imkoniyatlarini aniqlash.
Boshqaruv qarorlari istiqbolli bo‘lishi kerak. Qarorlaming
istiqbollilik jihatlaridan biri ularning izchilligi hisoblanadi. Qabul
qilingan qaror qay darajada istiqbolli ekanligini tahlil qilish uchun
qabul qilingan va bajarilgan istiqbolli, joriy va operativ qarorlaming
nisbati aniqlanadi. Bu ma’lumotlar bir nechta rahbaming ma’lum
davrdagi faoliyatini o‘rganish natijasida olinishi mumkin.
Qarorlaming izchilligini aniqlash uchun «maqsadlar daraxti»
usuli qo‘llanishi mumkin. Bunda qarorlaming ideal tizimi amalda
qabul qilingan qarorlar tarkibiga taqqoslanadi.
Boshqaruv ishlab chiqarish jarayonini oldindan belgilashi va
yo‘naltirishi lozim, binobarin, qarorlaming asosiy qismi qo‘yilgan
maqsadlardan kelib chiquvchi, oldindan belgilangan dastur sifatida
ishlab chiqilishi kerak.
Boshqaruv qarorlari ilmiy asoslangan va obyektiv bo‘lishi
zamr. Tahlil jarayonida u obyektiv asoslangan va rahbar irodasi
bilan qabul qilingan qarorlar sonining nisbatini o‘rganish orqali
aniqlanishi mumkin. Bir nechta variant orasidan tanlab olingan va
tegishli mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilgan qarorlar ilmiy
asoslangan qarorlar hisoblanadi. Barcha texnik, iqtisodiy va ijtimoiy
o'zgarishlaming hisobga olinishi qabul qilinuvchi qarorlaming
obyektivligini ifodalovchi muhim omildir. Boshqamv qarorlari
huquqiy normativlar, tarmoq qoidalari, uslubiy ko‘rsatmalarga mos
kelishi kerak. Bu moslik darajasi belgilangan qonun-qoidalarga
javob bermaganligi uchun bekor qilingan qarorlar salmog‘i bilan
aniqlanadi. Har bir qaror resurs bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
34
Tahlil jarayonida qarorlaming resurs bilan ta’minlanganligi darajasi
kerakli resurslar mavjud bo‘lmagani tufayli bajarilmagan qarorlar
sonining o‘z vaqtida bajarilgan qarorlar soniga nisbatini aniqlash
yo‘li bilan hisoblab chiqarilishi mumkin.
Qabul qilingan qarorlar tahlili qarorlaming o'z vaqtida qabul
qilinganligini hamda ularning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini
o‘rganishni ham nazarda tutadi.
Qaroming sifatini oshirish uchun quyidagi belgilari bo'yicha
ularning turkumlanishi asosida tahlil qilish tavsiya etiladi:
- tovaming hayotiylik davri bosqichlari (strategik marketing,
ITTKI, ishlab chiqarishni tashkiliy-iqtisodiy tayyorlash va
boshqalar);
- menejment tizimining tizim osti (maqsadli, ta’minlovchi va h. k.);
- faoliyat sohasi (texnik, iqtisodiy va boshqa qarorlar);
- maqsad (tijorat va notijorat);
- boshqaruv darajasi (yuqori, o‘rta va quyi);
- ko‘lamliligi (kompleks va xususiy qarorlar);
- ishlab chiqarishni tashkil etish (jamoaviy va shaxsiy);
- harakatning davomiyligi (strategik, joriy va operativ);
- ta’sir etish obyekti (tashqi va ichki);
- rasmiylashtirish usullari (matnli, grafikli va matematik);
- aks etish shakllari (reja, dastur, buyruq, farmoyish, ko'rsatma
va iltimos);
- murakkabligi (standart va nostandart qarorlar);
- o ‘tkazish usuli (verbal, yozma va elektron).
Boshqaruv qarorlarining sifatiga asosiy ta’sir etuvchi omillarga
menejment tizimiga ilmiy yondashuvlami va tamoyillami, model-
lashtirish usullarini, boshqarishni avtomatlashtirishni, sifatli qarorlarni
asoslashni va h. k. lami qo'llash kiradi.
Odatda har qanday qarorni qabul qilishda turli xil darajadagi uchta
holat qatnashadi: oldindan sezish, his etish, mulohaza va ratsionallik.
Sof intuitiv qarorni qabul qilishda insonlar o‘zining shaxsiy sezgilariga
ishongan holda tanlovlari to‘g‘riligiga asoslanishadi.
Oldindan sezishning tajriba oshishi bilan murakkablashishiga
qaramasdan faqat unga qarab mo‘ljal oladigan menejer tasodifhing
asiri bo'ladi va uning to‘g‘ri tanlashga bo'lgan imkoniyati unchalik
yuqori bo'lmaydi. Baholanayotgan omillar va vaziyat noaniqligining
murakkabligiga bog‘liq holda boshqaruv qarorlarining tipologiyasi
3.1-rasmda keltirilgan.
W
)
.=
c
Dostları ilə paylaş: |