Pedagogik jarayonni loyihalashtirish va ularning funksiyalari



Yüklə 34,84 Kb.
səhifə1/7
tarix03.04.2023
ölçüsü34,84 Kb.
#92684
  1   2   3   4   5   6   7
Maktabgacha talim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni loyihal



Pedagogik jarayonni loyihalashtirish va ularning funksiyalari.
Kirish
I.Bob. Ta'lim jarayonida loyihalashtirishning mazmhn va mohiyati.
1.1.Pedagogik jarayonini loyihalashtirish haqida umumiy tushuncha va undagi muammoli vaziyatlarni o'rganish.
1.2. Ta'lim tizimida pedagogik jarayon funksiyalari
II.Bob. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish.
2.1.MTT da tarbiyachi faoliyatida pedagogik loyiha tushunchasi.
2.2. Kichik guruhlarda umumiy guruh bo'lib muammoli jarayonini loyihalashtirish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi:Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko‘tarish maqsadida muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan yurtimizda 2020-yilni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”deb e’lon qilindi. Qolaversa, prezidentimiz o‘z nutqlarida: “Biz 2020-yil davomida belgilangan sohalarni ustuvor darajada rivojlantirish va isloh etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Xususan, bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini joriy yilda 60 foizga yetkazishimiz zarur…” deb ta’kidladilar va maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan kadrlar mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida bir nechta vazifalar va takliflar berib o‘tdilar.
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bo‘g‘ini bo‘lishi bilan birga keyingi ta’lim tizimida, bolani maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda bu ta’lim sohasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bejiz emas. Bu borada davlatimiz tomonidan qabul qilingan qator farmon, qaror va farmoyishlar maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga yo‘naltirilganligi barchaning e’tiboridadir.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev bu tizimni chuqur tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda bo‘lgan eng kichik jihatlarigacha e’tibor qaratdi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o‘quvtarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolayotganligi aniqlandi. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy- texnika bazasi zamon talablariga javob bermayapti. Bolalarni maktabgacha ta’lim ga qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli, 2017 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni, 2017 yil 9 sentabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3261-sonli qarori, shuningdek, Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh sonli “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturini amalda joriy etish kabi davlat hujjatlarida bu sohaga oid masalalarini hal etish nazarda tutilgan. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida muammoli taʼlimni hal etish va muammolarni hal etish natijasida bolalarga sharoit yaratish,bolalar tomonidan olingan kasbiy faoliyat,bilim, koʻnikma va malakalardan foydalanish.Muammoli taʼlimni hal etish asosida maktabgacha taʼlimda bolalarda ilmiy kongnitv axloqiy munosabatlarni shakllantirish faoliyatlarini tashkil etish.

Yüklə 34,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin