Butun jahon Intellektual mulk tashkiloti hamda O‘zbekiston Respublikasi hamkorligining yangi bosqichi
Butun Jahon intellektual mulk tashkiloti — xalqaro hukumatlararo tashkilot, BMTning ixtisoslashgan muassasasi (1974-yildan). Sanoat mulkini muhofaza qilish Parij uyushmasiga aʼzo davlatlar, Adabiyot va sanʼat asarlarini muhofaza qilish Bern uyushmasi va boshqa ayrim ixtisoslashgan uyushmalarning diplomatik konferensiyasi (Stokgolm, 1967) da qabul qilingan konvensiyaga muvofiq tuzilgan. Jahon intellektual mulk tashkilotining maqsadi davlatlar va xalqaro tashkilotlarning hamkorligi orqali intellektual mulkini muxofaza qilishga koʻmaklashish, yuqoridagi uyushmalarning samarali faoliyat olib borishini taʼminlashdan iborat. Jahon intellektual mulk tashkilotiga 147 mamlakat (2000-yil), shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi (1991-yil 25-dekabrdan) aʼzo. Tashkilotning oliy organi — Bosh assambleya; maʼmuriy organi — Xalqaro byuro. Qarorgohi — Jeneva shahrida.
Butun jahon intellektual mulk tashkilotining tarixi 1883 va 1886-yillardan Sanoat mulkini muhofaza qilish Parij konvensiyasi va Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish Bern konvensiyasi qabul qilingandan boshlangan. Bu Konvensiyalar "Xalqaro byorolar" deb nomlangan o`z kotibiyatlarini tashkil etishni ko`zda tutgan edi. 1893-yilda bu ikki kotibyat "Intellektual mulkni muhofaza qilish bo`yicha birlashgan xalqaro byorolar" yoki fransuz tilida qisqartirilgan BIRPI nomi ostida yagona kotibiyatga birlashtirildi.
Hozirgi Butun jahon intellektual mulk tashkiloti (qisqartirilgan shaklda "BIMT", ingliz tilida - "WIPO", franstuz va ispan tillarida — "OMRI") 1967-yil 14-iyulda imzolangan "Butun jahon intellektual mulk tashkilotini ta`sis etish Konvensiyasi"ga muvofiq tuzilgan. Bu Konvensiya 1970-yilda kuchga kirgan.
Hozirda BIMT Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tizimi tarkibiga (1974-yil dekabridan) kiruvchi ixtisoslashgan muassasadan iborat. 2001yil 1-yanvariga kelib tashkilot 175 davlatni birlashtirdi.
“BIMT” ga hozirda quyidagi 193 mamlakat a’zo.
Intellektual mulk
Intellektual mulk bugungi kunda keng qo'llaniladigan qonuniy atama hisoblanadi. Uni alohida sanoat sifatida rivojlantirish uchun juda ko'p ob'ektiv shartlar mavjud. Ayni paytda u jadal rivojlanmoqda.
Ushbu huquqning ob'ekti zarur himoya va huquqiy tartibga solish usullarini talab qiladigan intellektual faoliyatning turli xil natijalaridir. Ilgari ushbu jihat fanda muhokama mavzusi bo'lmagan. Bu faqat sanoatda to'rtinchi inqilob paydo bo'lishi bilan paydo bo'lgan hodisalarni o'rganishning tubdan yangi usuli.Ko'pgina tadqiqotchilar fikriga ko'ra, intellektual huquq IP ob'ektlarini yo'q qilish bo'yicha mulkiy majburiyatlar tizimi sifatida doimiy rivojlanish tendentsiyasiga ega. Bu jarayon muqarrar, chunki intellektual mulkning yangi ob'ektlari doimo paydo bo'ladi. Shunday qilib, ko'rsatilgan qonun IP-ob'ektlarini yaratish, himoya qilish va ulardan foydalanish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi.
BIMT ishining natijalari
Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Birlashgan Millatlar Tashkilotining agentliklar tizimida alohida o'rin tutadi. BIMTning 2016 va 2017 yillar uchun ikki yillik byudjeti allaqachon turli xil muhim maqsadlarga ajratilgan. Barcha xarajatlar a'zo davlatlar tomonidan tasdiqlangan. Ular quyidagi xalqaro ro'yxatga olish tizimlari ishtirokchilari tomonidan to'lovlarni to'lash evaziga ko'rsatiladigan xizmatlarni taqdim etish natijasida olinadigan daromadlar bilan qoplanadi: PCT, Madrid va Gaaga tashkilotlari.
Boshqaruv organlari
Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bir nechta tashqi va ichki organlar nazorati ostida ishlaydi. Ammo faoliyatning aksariyati uning xodimlarining elkasiga to'g'ri keladi. BIMT kotibiyati tashkilotning asosiy qoidalariga amal qiladi va uning asosiy qadriyatlarini o'zida mujassam etadi. Xodimlar a'zo davlatlarning ko'rsatmalariga rioya qilish, shuningdek, turli xil dasturlarni amalga oshirish uchun barcha kerakli ko'nikma va bilimlarga ega. Tashkilotning boshqaruv tarkibiga quyidagilar kiradi:
Frensis Gurri - BIMTning rasmiy bosh direktori.
Uning o'rinbosari Silvi Forban.
Rivojlanish sektorining rahbari Mario Matus.
Jon Sandage patentlar va texnologiyalar bilan shug'ullanadi.
Frensis Garrining yordamchilari orasida global ishlar sektori uchun mas'ul bo'lgan Minelik Getaxun, ma'muriyat va menejment uchun javobgar Ambi Sundaram va global infratuzilma uchun mas'ul bo'lgan Yoshiyuki Takagi bor.
Butun jahon intellektual mulk tashkiloti intellektual mulkni muhofaza qilish sohasidagi birinchi xalqaro tashkilotdir. U amalda 1893 yilda diplomatik konferensiyada Adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish to‘g‘risidagi Bern konvensiyasi va Sanoat mulkini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Parij konvensiyasining ma’muriy vazifalarini bajaruvchi ikkita byuro BIRPI (intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha birlashgan xalqaro byurolar) deb nomlanadigan yagona muassasaga birlashishi natijasida tashkil qilingan. Mazkur tashkilotning as’osiy vazifasi va maqsadi davlatlar va xalqaro tashkilotlarning hamkorligi orqali intellektual mulkini muxofaza qilishga koʻmaklashishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi ham o‘z mustaqilligiga erishgach barcha sohalarda chuqur demokratik islohatlarni amalga oshira boshladi, bu es o‘z navbatida mamlakatimiz o‘z Konstitutsiyasi va qonunlarini xalqaro mezonlar darajasiga yetkazishdagi muhim qadamlar bo‘ldi. Har bir chet mamlakatning huquq tizimida o‘ziga xos xususiyatlar mavjud. Shunday ekan Mamlakatimiz ham o‘z qonunlarini xalqaro meyyoriy hujjatlaarga moslashtirish ishlari amalga oshirildi. Shular qatorida intellektual mulk sohasida ham bu ishlar olib borildi va olib borilmoqda. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi 1991-yil 25 –dekbrda Butun jahon intellektual mulk tashkilotiga a’zo davlatlar qatoriga qo‘shildi. Bu esa mamlakatimiz chet mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo munosabatlarini faol amalga oshirishi uchun muhim omil bo‘ldi. So‘ngi yillarda Butun jahon intellektual mulk tashikiloti bilan hamkorlikni yangi bosqichga chiqarish uchun Prezidentimiz tomonidan bir qator qarorlar qabul qilindi. Jumladan, 2019-yil 8-fevraldagi “Intellektuаl mulk sohаsidа dаvlаt boshqаruvini tаkomillаshtirish chorа-tаdbirlаri toʼgʼrisidа”gi PQ-4168-son qarori, 2019-yil 1-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4380 -sonli "O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g'risida" qarorilarini keltirsak bo‘ladi Mazkur ikki qarorga ko‘ra Mamlakatimizda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʼyicha olib borilayotgan islohotlarni davom ettirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni hisobga olib Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi tarkibiga o‘tkazildi va shundan so‘ng Intellektual mulk sohasi bo‘yicha Butun jahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi. Jumladan, 2017 yilda Butun jahon intellektual mulk tashkiloti bilan Intellektual mulk Agentlik qoshidagi Intellektual mulk sohasidagi kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi. Ushbu ko‘mak doirasida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar taqdim etilmoqda, o‘quv auditoriyalari texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda, o‘qituvchilar qayta tayyorlanmoqda, hamda markaz tashkil qilayotgan turli tadbirlarga chet ellik mutaxassislar jalb qilinmoqda. O‘quv markazi negizida Agentlik bilan birgalikda Butun jahon intellektual mulk tashkilotining Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi (TIQQM) ochildi, va u o‘z navbatida Respublika bo‘yicha universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlaridagi TIQQM boshqarib boradi. TIQQM yuqori sifatli texnik ma’lumotlar va ular bilan bog‘liq xizmatlardan foydalanish imkonini beradi, va shu bilan birga, ijodkorlarga o‘z salohiyatlarini ochish, muhofazani ta’minlash va o‘z huquqlarini boshqarish imkonini yaratadi. Hozirgi kunda respublika bo‘yicha 8 ta TIQQM faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan tashqari, 2021 yil 28 yanvarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-sonli qarori qabul qilinib, mazkur qarorga binoan, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda “Intellektual mulkni rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi”ni ishlab chiqilmoqda, bunda rivojlangan mamlakatlarning tajribasi asos sifatida olinmoqda. Shuningdek, qarorga binoan eng yaxshi intellektual mulk obyektlari yaratuvchilarini Agentlik tomonidan Butunjahon intellektual mulk tashkilotining maxsus mukofotlariga taqdim etish joriy qilindi. Shuningdek, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining masofaviy o‘qitish tizimi asosida Intellektual mulk agentligi veb-sahifasida masofaviy o‘qitish tizimini joriy etildi. Xulosa o‘rnid shuni aytish kerakki, Mamlakatimizda Intellektual mulk sohasi bo‘yicha olib borilaydigan ishlar va mazkur soha bo‘yicha Butun jahon intellektual mulk tashkilotoi bilan yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorliklar mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini oshirishga va o‘zimizning milliy mahsulotlarimizni jahon bozoriga olib chiqishga xizmat qiladigan muhim omil sanaladi.
Xulosa Zamon shiddat bilan rivojlanmoqda har bir sohada, hattokinhar soniyada minglab hattoki millionlab yangiliklar yaratilmoqda. Mana shu yaratilgan yangiliklar uni yaratgan shaxsning mulki hisoblanadi, ya’ni intelektual mulki. Intellektual mulk - ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochilik va mualliflik obʼyekti huquqi majmuiga kiruvchi, fan, adabiyot, sanʼat va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik sanʼati, jumladan ovoz yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari, sanoat namunalari, kompyuterlar uchun dasturlar, maʼlumotlar bazasi, nou-xauning ekspert tizimlari, tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy mulk obʼyektlariga kiradi. Mana shu mulk o’zining yaratuvchilarga ham iqtisodiy ham manaviy naf olib keladi. Nafaqat yaratuvchilariga balki atrofdagi boshqa insonlarga ham naf olib kelishi aniq. Naf olib kelar ekan uni o’girlanishoi yoki tortib olinishi mumkin bo’lgan xavfni ham vujudga keltiriladi. Mana shunday nojoya holatlarni oldini olish maqsadida mamlakatimizda ham juda ko’p islohotlar olib borilyapti. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ham aynan shu sohada judanko’plab islohotlarga shaxsan o’zlari boshchilik qilmoqdalar.
Davlatimiz rahbari quyidagi toshiriqlarni yig’ilishda masullarga berganliklari so’zimizning isbotidir.
Ilmiy yutuqlarning «elektron yarmarkasi»ni tashkil etish », –
«Patent egalarini tadbirkorlar bilan bog‘lash kerak»,.
Davlat rahbari mahalliy tovar belgilarini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish masalasiga ham e'tibor qaratgan. Bugungi kunda O‘zbekiston sanoatining bor-yo‘g‘i 72 ta tovar belgisi xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilgani, lekin bu juda kamligi ta'kidlangan. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga mahalliy brendlarning xalqaro ro‘yxatdan o‘tishini ko‘paytirish, ularning xalqaro bozorga chiqishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.