Mavzu: Biznes faoliyatining mulkiy asoslari Reja: Mulk huquqi biznes faoliyatining asosi sifatida



Yüklə 123,5 Kb.
tarix16.06.2023
ölçüsü123,5 Kb.
#131620
7-mavzu- Biznes faoliyatining mulkiy asoslari Reja


Mavzu: Biznes faoliyatining mulkiy asoslari Reja:
Mulk huquqi biznes faoliyatining asosi sifatida
Xususiy mulk asosida biznes faoliyatini yuritish
Biznes subyektlarining mol-mulki obyektlari.

Biznes yuritishning iqtisodiy manbalari xususiy mulk va ommaviy (davlat) mulk shakllaridan tashkil topadi.


Fuqarolik kodeksining 167-moddasiga binoan Oʻzbekiston iqti- sodiyoti negizini xususiy va ommaviy mulk shakllari tashkil etadi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himo- yasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tar- tibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi)
Mulk huquqi - shaxsning oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz xohishi bilan va oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek oʻzining mulk huquqini, kim tomonidan boʻlmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. (OʻzR FKning 164-moddasi).
Mulk huquqi egalari har birining, ularga tegishli boʻlgan umumiy mol-mulkdagi ulushlari (hissalari) aniq belgilab qoʻyilgan boʻlsa, bunday mulk ulushli mol-mulk deyiladi. Ulushli mol-mulkda qonunga asosan yoki ishtirokchilarning kelishuvi bilan ularning ulushlari aniq belgilab qoʻyilmagan boʻlsa, ulushlar teng deb hisoblanadi.
Umumiy qoidaga asosan birgalikdagi mulkka uning egalari birgalashib egalik qiladilar va foydalanadilar. Lekin ular oʻzaro kelishib, boshqacha tartib oʻrnatgan boʻlishlari ham mumkin. Bunday mulkni tasarruf qilishda uning egalarining roziligi talab qilinadi.
Mulkiy huquq obyektlari esa Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, imoratlar va inshootlar, mahsulotlar, turar joy va kvartiralar, mahsulot belgilari, sanoat namunalari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, integral mikrosxemalarning topologiyasi, seleksiya yutuqlari, mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari, asbob-uskunalar, moddiy va maʼnaviy madaniyat buyumlari, pullar
qimmatli qogʻozlar va boshqa mol-mulklar; insonning mehnat qilish qobiliyati.
Tadbirkorlik faoliyati turli shakldagi mulk huquqi asosida va ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. Agar tadbirkorlik umumiy mulk asosida amalga oshirilsa, har bir tadbirkorning tegishli ulushi belgilab qoʻyiladi, shunga muvofiq, tadbirkorlikni amalga oshirish natijasida qoʻlga kiritilgan daromadlar ham ulushlarning miqdoriga qarab, aʼzolar oʻrtasida taqsimlanadi.
Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining taʼsiri ostida birgalikdagi mulk huquqi ishtirokchilarining har biriga ularning barchasining rozi- ligi bilan ushbu mol-mulk yuzasidan bitimlar tuzish huquqi beriladi. Masalan, er-xotinga umumiy birgalikdagi mulk huquqida tegishli boʻlgan mol-mulk negizida oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayot- ganda, ish muomalalarida er-xotin nomidan erning yoki xotinning roziligi bilan ulardan biri ishtirok etadi, bu rozilik yakka tartibdagi tadbirkor roʻyxatdan oʻtkazilayotganda tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, jamoalar, ularning birlash- malari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va oʻzga birlashmalari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish idoralari, xalq deputatlarining barcha boʻgʻindagi Kengashlari hamda ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar, boshqa davlatlarning yuridik shaxslari va fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar mulkiy huquq subyektlaridir. Bir necha yuridik shaxslar va fuqarolar aynan bitta mulkning subyektlari boʻlishi mumkin.
Agar meros olish, rekvizitsiya yoki musodara qilish natijasida yoki boshqa asoslarga koʻra, davlat bilan fuqaroning, yoxud kooperativ va boshqa jamoat tashkiloti bilan fuqaroning umumiy mulki tashkil boʻlib qolsa, u holda bunday umumiy mulk paydo boʻlgan kundan boshlab bir yil ichida qonunda koʻzda tutilgan usullarni qoʻllash yoʻli bilan bekor qilinishi lozim edi. Endilikda mol- mulklarni umumlashtirish asosida birgalikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun keng imkoniyat yaratildi.
Tadbirkorlik ajnabiy fuqarolar hamda yuridik shaxslarning mol- mulklarini turli shakllarda jalb etish asosida ham amalga oshiriladi. Mol-mulkdan foydalanish, uni tasarruf etish, uning asosida
tadbirkorlik yuritish haqidagi Oʻzbekiston fuqarolariga tegishli qoidalar ajnabiy fuqarolarga ham taalluqlidir.
Ushbu huquqdan foydalanib, zarur sarmoyaga ega boʻlgan ajnabiy davlat fuqarolari oʻzaro manfaatdorlik asosida qoʻshma korxonalar yoki faqat oʻzlariga tegishli boʻlgan korxonalarni imtiyozli ravishda tashkil etishlariga imkon beriladi. Bunda ularning mol- mulklari va mulkiy huquqlari, manfaatlari qonun bilan qoʻriqlanadi va daxlsizligi toʻla kafolatlanadi. Xorijiy fuqarolar respublika hududida tadbirkorlik natijasida orttirgan mol-mulkni oʻz xohishlari bilan meros qilib qoldirishlari, xayr-ehson qilishlari yoki oʻzlariga tegishli daromadlarni Oʻzbekistondan erkin olib ketishlari qonun bilan kafolatlanadi.
Biznes faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va ajnabiy yuridik shaxslar ishtirokida, ularning mol-mulki asosida qoʻshma korxonalar, xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Chet el investitsiyalari asosida tadbirkorlikni amalga oshirish shakllari quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:
Oʻzbekiston tadbirkorlarning ajnabiy davlat fuqarolari va yuridik shaxslari bilan birgalikda korxonalar, banklar, sugʻurta kompaniyalari barpo etish va boshqa tashkilotlarda ulush qoʻshib qatnashish;
butunlay ajnabiy davlat fuqarolari va yuridik shaxslariga qarashli boʻlgan korxonalar, banklar, sugʻurta kompaniyalarini va boshqa tashkilotlarni barpo etish;
v) mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatbaho qogʻozlar sotib olish;
tadbirkorga mustaqil ravishda tegishli boʻlgan yoki fuqarolar va yuridik shaxslar ishtirokidagi mulkiy huquqlarni, shu jumladan, yerdan va tabiiy resurslardan foydalanish, shuningdek ijara asosida foydalanish huquqlarini sotib olish yoʻli bilan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish mumkin.
Chet el investitsiyalari asosida tadbirkorlikni amalga oshirish shakllari quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:
Tadbirkor faqat oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk asosidagina emas, balki davlat va jamoat tashkilotlarining mol-mulki hamda pul mablagʻlarini jalb etish asosida ham oʻz faoliyatini amalga oshiradi.
Bunday jalb etish asosan mol-mulkni ijaraga olish yoki pul mablagʻ- larini qarzga olish usullarida amalga oshiriladi.
Chet el investitsiyalari asosida tadbirkorlikni amalga oshirish shakllari quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:
Oʻzbekiston tadbirkorlarning ajnabiy davlat fuqarolari va yuridik shaxslari bilan birgalikda korxonalar, banklar, sugʻurta kom- paniyalari barpo etish va boshqa tashkilotlarda ulush qoʻshib qatnashish;
butunlay ajnabiy davlat fuqarolari va yuridik shaxslariga qarashli boʻlgan korxonalar, banklar, sugʻurta kompaniyalarini va boshqa tashkilotlarni barpo etish;
v) mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatbaho qogʻozlar sotib olish;
Obyektlar yer uchastkalari, yer osti boyliklari joylashgan uchastkalar va boshqa alohida tabiiy obyektlar, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari va foydalanish jarayonida oʻzining tabiiy
xususiyatlarini yoʻqotmaydigan boshqa ashyolar (isteʼmol qilinmaydigan ashyolar) mulk ijarasiga berilishi mumkin.
Ijaraga oluvchilar fuqarolardan, yuridik shaxslardan, jumladan, qoʻshma korxonalar, xalqaro tashkilotlar va birlashmalar, Oʻzbekiston va chet el yuridik shaxslarining mulklari asosida tashkil topgan korxona va tashkilotlardan iborat boʻlishi mumkin. Shunday ekan, mol-mulkni ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchini tadbirkorlar, desa boʻladi. Ular foyda olish maqsadida barcha iqtisodiy imkoniyatlarni jalb qiladilar, unumli natijalarga erishish uchun faol tashabbus koʻrsatib, harakat qiladilar.
Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari oʻz aʼzolarining ixtiyori bilan, yaʼni ular tomonidan tuzilgan shartnomaga asosan vujudga kelgan, umumiy huquq layoqatiga ega boʻlgan tijoratchi tashkilot hisoblanadi.
Xoʻjalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi asosida tadbirkorlik faoliyatini yuritishning xususiyatlari

Xoʻjalik yuritish huquqining tushunchasi va ushbu huquqqa ega boʻlgan yuridik shaxsning mulkiy huquq layoqati FKning 176, 177-moddalarida nazarda tutiladi. Bunday jalb etish asosan mol-mulkni ijaraga olish yoki pul mablagʻ- larini qarzga olish usullarida amalga oshiriladi.
Chet el investitsiyalari asosida tadbirkorlikni amalga oshirish shakllari quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:
Oʻzbekiston tadbirkorlarning ajnabiy davlat fuqarolari va yuridik shaxslari bilan birgalikda korxonalar, banklar, sugʻurta kom- paniyalari barpo etish va boshqa tashkilotlarda ulush qoʻshib qatnashish;
butunlay ajnabiy davlat fuqarolari va yuridik shaxslariga qarashli boʻlgan korxonalar, banklar, sugʻurta kompaniyalarini va boshqa tashkilotlarni barpo etish;
v) mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatbaho qogʻozlar sotib olish;
Obyektlar yer uchastkalari, yer osti boyliklari joylashgan uchastkalar va boshqa alohida tabiiy obyektlar, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari va foydalanish jarayonida oʻzining tabiiy
xususiyatlarini yoʻqotmaydigan boshqa ashyolar (isteʼmol qilinmaydigan ashyolar) mulk ijarasiga berilishi mumkin.
Ijaraga oluvchilar fuqarolardan, yuridik shaxslardan, jumladan, qoʻshma korxonalar, xalqaro tashkilotlar va birlashmalar, Oʻzbekiston va chet el yuridik shaxslarining mulklari asosida tashkil topgan korxona va tashkilotlardan iborat boʻlishi mumkin. Shunday ekan, mol-mulkni ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchini tadbirkorlar, desa boʻladi. Ular foyda olish maqsadida barcha iqtisodiy imkoniyatlarni jalb qiladilar, unumli natijalarga erishish uchun faol tashabbus koʻrsatib, harakat qiladilar.
Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari oʻz aʼzolarining ixtiyori bilan, yaʼni ular tomonidan tuzilgan shartnomaga asosan vujudga kelgan, umumiy huquq layoqatiga ega boʻlgan tijoratchi tashkilot hisoblanadi.
Xoʻjalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi asosida tadbirkorlik faoliyatini yuritishning xususiyatlari

Xoʻjalik yuritish huquqining tushunchasi va ushbu huquqqa ega boʻlgan yuridik shaxsning mulkiy huquq layoqati FKning 176, 177-moddalarida nazarda tutiladi
.

Mulk huquqi subyekti boʻlmasdan, mol-mulkni operativ boshqarish huquqiga ega boʻlgan korxonalarning vakolatlari FKning 72, 178-moddalari bilan belgilanadi.


Xoʻjalik yuritish va operativ boshqarish huquqlarining vujudga kelishi va bekor boʻlishi mulkdorning qarori bilan unitar korxonaga yoki muassasaga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkni xoʻjalik usulida yu- ritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqi ushbu korxona yoki muassasada unga mol-mulk topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Biznes subyektlarining mol-mulki obyektlari: asosiy vositalar, pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, nomoddiy neʼmatlar
Mol-mulk turlari (OʻzR FK 83-modda)
koʻchmas mulk koʻchar mulk
OʻzR FKning 85-moddasiga koʻra butun korxona mulkiy kompleks sifatida koʻchmas mulk hisoblanadi. Butun korxona yoki uning qismi olish-sotish, garovga qoʻyish, ijara hamda ashyoviy huquqlarni belgilash, oʻzgartirish va bekor qilish bilan bogʻliq boshqa bitimlarning obyekti boʻlishi mumkin.
Pul mablagʻlari ham tadbirkorlik faoliyatida obyekt sifatida muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, toʻlovlarni amalga oshirish jarayonida pul mablagʻlari asosiy vosita hisoblanadi. Toʻlovlar naqd pul bilan va naqd pulsiz hisob-kitoblar tarzida amalga oshiriladi.

Nazorat savollari


Biznes yuritishning mulkiy asosiga nimalar kiradi?



Mol-mulk turlari haqida yozing
z
Yüklə 123,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin