Menejment va iqtisodiyot



Yüklə 21,89 Kb.
səhifə1/3
tarix03.05.2023
ölçüsü21,89 Kb.
#106783
  1   2   3
Reja


Reja:

  1. “Menejment va iqtisodiyot” fanining asosiy mazmuni, predmeti va vazifalari.

  2. Iqtisodiyot jamiyat hayotining asosi hamda fan va ishlab chiqarish faoliyatining sohasi sifatida.

  3. .Menejment maqsadlari va funktsiyalari.



Menejment va iqtisodiyot” fanining asosiy mazmuni, predmeti va vazifalari
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida islohotlarni chuqurlashtirish iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalar va mavjud moddiy-texnika asosini modernizatsiya qilishdan tashqari boshqaruvning demokratik tamoyillarini kuchaytirish, korxona, firma va ularga tenglashtirilgan ishlab chiqarish tuzilmalarining xo`jalik faoliyati bilan bog’liq mustaqillik doirasini kengaytirish, siyosatning iqtisodiyotdan ustunligiga barham berish, inson faoliyatining barcha soha va tarmoqlarida tashabbuskorlik, izlanish va hokazolarning rivojlanishi uchun ham keng imkoniyatlar yaratmoqda. Bugungi zamonaviy muttaxassis kadr ham tadbirkor, ham tashkilotchi, shu bilan birga ayni paytda o`z huquqini biladigan va himoya qila oladigan kishi bo`lishi kerak. Zamon talablariga javob beradigan fidoiy, yangilikka intnluvchan, tashabbuskor, kasbiy bilimlarga ega bo’lgan kadrlarini tayyorlash va ularning zaxirasini shakllantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridandir. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Hozirgi zamon boshqaruv kadrlari, menejerlari yuqori kasbiy mahoratga ega bo’libgina qolmay, balki har bir jihatdan ma’lumotli, o’z sohalarining bilimdoni, tashabbuskor, topshirilgan ish uchun jon kuydiradigan, muammolarni hal qilishda ijodiy yondashadigan kishilar bo’lishlari, eng muhimi esa, vatanimizning chinakam fidoiylari bo’lishlari lozim”. “Menejment va iqtisodiyot”ni fan sifatida kiritish hozirgi paytda katta iqtisodiy yutuqlar, innovatsion o`zgarishlar, inson mehnatiga umuman yangi bo`lgan yondashuvlar, ijodiy individullikning rivojlanishi va boshqalar bilan bog’liq. Ushbu yo`nalishlarning barchasini o`rganish mamlakatda ijtimoiyyo`naltirilgan, rivojlangan hamda samarali bozor iqtisodiyotini yaratishga ko`maklashadi. Bugungi jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bozor munosabatlari sharoitida fanini o`rganish ehtiyoji kun sayin kengayib bormoqda. Zamonning o`zi yangicha fikrlay oladigan, aql-zakovatga ega, keng qamrovli bilimlar va tashkilotchilik qobiliyatlarini o`zida mujassamlantirgan xodimlarga talabni kuchaytirmoqda. Talabalarga mazkur fan xususiyatlari doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2016 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo`nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag’ishlangan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida keltirilgan materiallar, qoidalar va xulosalarni puxta o`zlashtirishlari, kelgusi faoliyatda samarali foydalanishlari hamda ijodiy yondashishlarini ta`minlash fanni o`rganish oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Menejment va iqtisodiyotning nazariy va amaliy asoslarini chuqur bilish boshqaruvning sir-asrorlarini o`rganish, tijorat xavf-xatarini o`z vaqtida his qilish va kamaytirishga, uning har xil muqobil turlarini, variantlarining eng maqbulini tanlashga, bozorni yuqori sifatli tovar va xizmatlar bilan to`yintirish, doimiy talab mavjud bo`lgan sharoitda xaridorlarning turli guruhlari uchun sotish, narxini aniqlash va oqibatda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
“Iqtisodiyot” atamasi birinchi marta Aristotel tomonidan kiritilgan hamda odamlarning tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashdagi xo`jalik faoliyatini anglatgan. Tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va realizatsiya qilish tizimi qanchalik yaxshi tashkil qilingan bo`lsa, iqtisodiyot ko`rsatkichlari va aholining turmush tarzi, resurslarsdan oqilona foydalanish, bahoni shakllantirish, soliqqa tortish, samarali qo`llanuvchi boshqaruv tizimi kabi omillarni hisobga olgan holda, shunchalik yuqori bo`ladi. Iqtisodiyotning inson va jamiyat hayotidagi o`rni va ahamiyatiga o`z vaqtida A.Smit yuqori baho berib, u insonni “homo economicus”- “iqtisodiy odam” debatagan. Haqiqatdan ham, har bir odam iqtisodiyotning mohiyatini, hayot ne`matlari nimalar evaziga berilishini anglamaguncha, mablag’larni ishlab topish va ulardan samarali foydalanishni o`rganmaguncha, oila miqyosi va undan yuqori darajadagi iqtisodiyot uchun ma`qul keluvchi sifat va miqdor parametrlariga ega bo`ladi, deb o`ylash noto`g’ri bo`lar edi. Demak, iqtisodiyot parametrlari (ham salbiy, ham ijobiy) avvalo insonlar harakati va faoliyatining, oqilona xo`jalik yuritish, moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, ayirboshlash va taqsimlashni samarali olib borish qobiliyati natijasida yuzaga keladi. Iqtisodiyot inson hayotining moddiy, ma`naviy, fiziologik va boshqa ehtiyojlari bilan bog’liq bo`lgan har bir jabhasini qamrab oladi. Oila qurish, kelajak avlodni tarbiyalash, zaruriy turmush tarzini ta`minlash uchun odamlarga oziqovqat, kiyim-bosh, turarjoy va boshqa vositalar kerak bo`ladi. Bu predmetlar, qoidaga ko`ra, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarda ishlab chiqariladi. Shu sababli iqtisodiyotning, ayniqsa, avvalgi ma`muriy-buyruqbozlik tizimidagi rejali iqtisodiyotdan farq qiluvchi bozor iqtisodiyotining rivojlanish an’analari va qonunlarini bilish, ro`y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tushunish va istalgan xo`jalik muammolarini hal qilishda muhim shart hisoblanadi.

Yüklə 21,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin