Menejment va iqtisodiyot


Iqtisodiyot jamiyat hayotining asosi hamda fan va ishlab chiqarish



Yüklə 21,89 Kb.
səhifə2/3
tarix03.05.2023
ölçüsü21,89 Kb.
#106783
1   2   3
Reja

Iqtisodiyot jamiyat hayotining asosi hamda fan va ishlab chiqarish
«Iqtisodiyot» fan sifatida tabiatda hamda inson, jamoa va jamiyat hayotida vujudga keluvchi turli xil iqtisodiy jarayon va hodisalarni prognozlashtirish, tahlil qilish va baholash bo`yicha bilimlar majmuasini ifoda etadi. U bir inson uchun ham, butun jamiyat uchun ham zarur bo`lgan moddiy va nomoddiy ob`yektlarning katta qismini hamda moddiy va ma`naviy ne`matlarni tayyorlash va taqsimlash usullari va jarayonlarini o`z ichiga oladi. Agar «Iqtisodiyot» fanining normativ jihatlari korxona, firma va davlatning iqtisodiy siyosatini ta`minlasa, pozitiv jihatlari esa real voqelikni baholaydi va tahlil qiladi hamda uning rivojlanishidagi qonuniyatlarni aniqlaydi. Shu tariqa «Iqtisodiyot» fani izlanish va uslubiy vazifalarni bajaradi hamda jamiyat hayotining barcha soha va tarmoqlarida qabul qilinuvchi amaliy qarorlar uchun nazariy asos bo`lib xizmat qiladi. Fan-texnika taraqqiyoti sharoitlarida iqtisodiyot fani jamiyatda bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib bormoqda. Iqtisodiy asoslab berilgan hisob-kitob va prognozlar «Iqtisodiyot» fanining muhim tarkibiy qismi sifatida xo`jalik tavakkalchiligining riskini kamaytirishga, ishlab chiqarish va resurslardan foydalanishni optimallashtirishga, shuningdek, yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishda eng to`g’ri tanlov olib borishga imkon yaratadi. «Iqtisodiyot» fani tarkibiga tarmoqlar (sanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish, transport va hokazo), funktsional («Mehnat sotsiologiyasi va iqtisodiyoti», «Iqtisodiy statistika», «Moliya va kredit», «Bahoni shakllantirish» va hokazo) kabi turli fan tarmoqlari («Iqtisodiy geografiya», «Demografiya», «Iqtisodiyot tarixi» va boshqalar) tizimi kiradi. «Iqtisodiyot» fanining bu va boshqa yo`nalishlarida chuqur bilimga ega bo`lish insonlarning ijtimoiy faolligini oshirish, oqilona xo`jalik yuritish, kadrlarni iqtisodiy fikrlash ruhida tarbiyalashga turtki bo`ladi. «Iqtisodiyot» fanining, jumladan, yuqorida sanab o`tilgan yo`nalishlarning metodologik asosi, ularning poydevori bo`lib iqtisodiy nazariya xizmat qiladi
Menejment – bu inglizcha so`z bo`lib, ingliz tilining Oksford lug’atida berilgan tavsifga binoan u:  Boshqaruv hoqimiyati va san`ati;  Resurslarni boshqarish bo`yicha alohida mohirlik va ma`muriy ko`nikmalar, degan ma`nolarni anglatadi. Boshqacha so`z bilan aytganda, menejment – bu boshqaruv, ya`ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, foyda miqdorini ko`paytirish jarayonidir. Shu nuqtai-nazardan boshqaruv – bu o`ziga xos yuksak san`at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir. Menejment – bu bozor iqtisodiyoti rivojlanishi talablariga to`liq javob beradigan boshqarishning bir turidir. Boshqarish ishlab chiqarish va jamiyat rivojlanishidagi murakkab tadbir sifatida ko`p omillar bilan xarakterlanadi. Farq texnologik, ijtimoiy–psixologik va boshqa rivojlanish darajalari bilan ham aniqlanadi. Boshqarish kichik va yirik biznesda ham farqlanadi. Menejment ko`p qirralidir: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, moliyaviy, falsafiy, psixologik, texnik, tashkiliy. Insonlar faoliyatini boshqarish professional-menejerdan yuksak san`atni, mahoratni, u tomonidan qo`llaniladigan usul va uslublarning keng to`plamini, boshqarish va tadbirkorlik malakalarini talab etadi. Har qanday tashkilot, korxona, muassasa, korporatsiya va kompaniya tirik organizmdir. Menejment – bu bozor iqtisodida amal qilayotgan, faoliyat yuritayotgan korxonaning optimal xo`jalik natijalariga ko`p turli menejment mexanizmining ijtimoiy-iqtisodiy tamoyillari, funktsiyalari va uslublarini qo`llash asosida erishishga yo`naltirilgan alohida kasb faoliyatidir. Menejment korxonada odamlar ishini tashkil qilish bilan bog’liq bo`lgan faoliyat sohasini ham bildiradi. Bu samarali imkoniyatlar o`rganiladigan bilimlar sohasidir. Menejment – bu kasbiy faoliyat, fan va san`atdir. Bu tashkil etish, rejalashtirish, nazorat, tashkilot ichidagi o`zaro ta`sir etishni muvofiqlashtirish, tashkilot salohiyatidan foydalanish orqali ishlarni amalga oshirishdir. Bugungi kunda menejment va boshqaruv to`g’risida ko`pchilik tomonidan qabul qilingan quyidagi fikrlar mavjud: Boshqaruv  Yuksak san`at va mahoratni talab qiluvchi tanlov  Mustaqil fan  Faoliyat turi, funktsiya  Jarayon  Tashkilotlarni boshqaruvchi kishilar  Boshqaruv apparati yoki organi Menejment Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo, tanlovni to`g’ri bajara olish, ma`qul va ishonchli qaror qabul qila olish hamda bu qarorning bajarilishini nazorat qilishga bog’liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jihat bo`yicha to`g’ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilinishini talab qiladi. Bu jihatlar xarajat miqdori, naf va bahodir. Xarajat – mahsulotni ishlab chiqarish (xizmat ko`rsatish) va uni sotish hamda ish haqi to`lashga sarflanadigan mablag’lar yig’indisidir. Xarajat tarkibiga: mahsulot (xizmat) tannarxi; ma`muriy xarajatlar; ijara va foiz to`lovlari; ish haqi; soliqlar kiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tanlash qoidasi yanada jiddiyroq tus oladi. Chunki, ishlab chiqarish uchun resurslar to`g’ri tanlansa va ulardan samarali foydalanilsagina xarajatlar yuqori foyda keltirishi mumkin. Naf – bu mahsulot(xizmat)ning iste`molchilarga qanchalik ijobiy natija keltirishidir. Xaridor xarid qobiliyati doirasida eng nafli tovarni tanlashga intiladi. Shundagina u qoniqish hosil qiladi. Ammo tovarning nafliligi qancha yuqori bo`lsa, uning narxi ham shuncha qimmat bo`ladi. Bu esa, xaridorning sotib olish qobiliyatini pasaytiradi. Baho – bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymatidir. Baho ikkita asosiy vazifani bajaradi: (1)resurslar iste`molini cheklash imkonini beradi; (2) ishlab chiqarish uchun turtki bo`lib xizmat qiladi. Foydaga ta`sir etuvchi bu unsurlarning mohiyatini anglagan boshqaruvchigina tanlovni to`g’ri amalga oshirishi va oqilona qaror qabul qilishi mumkin. Boshqaruv san`ati va mahorati, ya`ni menejment, shundagina namoyon bo`lishi va natijada yuqori foyda olishga erishilishi mumkin. Shunday qilib, oddiyroq qilib aytganda: Boshqaruv – bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir. Menejment fani – bu boshqaruvchiga tanlovni to`g’ri amalga oshirishni va oqilona qaror qabul qilishni o`rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo`g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iboratdir. Shundan kelib chiqib, menejment quyidagilarni o`rganadi: boshqarish nazariyasi va amaliyoti; boshqarish ob`yekti va sub`yekti; boshqarish tamoyillari va usullari; boshqarish qoidalari va uslublari; boshqarish madaniyati; menejer va uning fazilatlari; menejer reytingi; boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish; boshqarish funktsiyalari; o`zo`zini boshqarish; xodimlarni boshqarish; korxonani boshqarish; ishlab chiqarishni boshqarish; samaradorlikni boshqarish; hududiy boshqarish va hokazo. Zamonaviy menejment uchun quyidagilar xarakterli:  Ishlab chiqarishning va umuman biznesning samaradorligini oshirishga muntazam intilish;  Firmaning bozordagi faoliyati oxirgi natijalariga javob beradigan shaxsga erkin qaror qabul qilishni ta`minlaydigan keng xo`jalik mustaqilligi;  Bozor holati va tashqi muhit o`zgarishlaridan bog’liq ravishda maqsadlar va dasturlarga doimiy tuzatishlar kiritish;  Faoliyatni rejalashtirilgan oxirgi natijaga erishish uchun qaratish;  Ko`p variantli hisoblar uchun zamonaviy informatsion bazani qo`llash;  Joriy rejalashtirishdan strategik rejalashtirishga o`tishda rejalashtirish funktsiyalarini o`zgartirish;  EHMdan maksimal ravishda foydalanish;  Boshqarishda kompaniyaning hamma xodimlarini jalb etish;  O`zgarishlarni ko`zda tutish, o`zgaruvchan qarorlar asosida boshqarishni amalga oshirish;  Innovatsiyalarga e`tiborni kuchaytirish;  Har bir boshqarish qarorlarini chuqur tahlil qilish;  Oqilona tavakkal qilish va tavakkalchilikni boshqarish qobiliyati;  Marketing rolini tayanch darajasigacha ko`tarish. Menejmentning vazifasi avvaliga xoxishni imkoniyat darajasiga keltirib, so`ng esa uni haqiqatga aylantirishdan iboratdir. «Menejment» termini turlicha talqin qilinadi. Uning quyidagicha umumiy tarifini keltirish mumkin: menejment – bu xo`jalik yuritish samaradorligini oshirish, bozor ehtiyojlari hamda umuman jamiyat ehtiyojlarini qondirish, foydani oshirish maqsadida dasturli-maqsadli, ilmiy-texnik ishlanmalarni prognozlash

Yüklə 21,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin