3-4 mavzu: qishloq xo‘jaligida mulk va tadbirkorlik shakllari. Reja



Yüklə 11,81 Kb.
tarix09.10.2023
ölçüsü11,81 Kb.
#153312
4-mavzu


3-4 MAVZU: QISHLOQ XO‘JALIGIDA MULK VA TADBIRKORLIK SHAKLLARI.


REJA:

  1. Qishloq xo‘jaiigida amalga oshirilayotgan agrar iqtisodiy islohotlaming asosiy yo‘nalishlari

  2. Qishloq xo‘jaligida raavjud mulk shaldlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlar

  3. Qishloq xo‘jaligida mavjud tadbirkorlik shakllari va ularning paydo boiishi.

Tayanch iboralar: mulk, mulkiy islohotlar, jamoa, xususiy, shaxsiy, davlat va aralash mulk, tadbirkorlik shakllari, xususiy va shaxsiy korxonalar, qo‘shma korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklar, qo‘shma mulk, kooperativ (shirkatlar), ko‘p ukladli iqtisodiyot.
Qishloq xo'jaligida amalga oshirilgan agrar-iqtisodiy islohotlar natijasida jamoa, xususiy va aralash mulkchilik shakllari bosqichma-bosqich barpo etilib, muttasil rivojlantirilmoqda. Xususiy mulkchilik asosida fermer va dehqon xo‘jaliklari va tadbirkorlikning boshqa shakllari tashkil qilimb, taraqqiy ettirilmoqda. . . Qishloq xo‘jaligida dehqonlarning moddiy manfaatdorligim ta’minlovchi, ularda haqiqiy mulkdorlik hissini uyg‘otuvchi xo‘jalik yuritish shakllarini joriy etishga ham alohida e’tibor berib kelinmoqda.
Qishloq xo‘jaligida davlat ahamiyatiga molik boigan ayrim masalalami hal etish uchun tarmoqda davlat mulki va unga asoslangan xo‘jalik yuritish shakli ham saqlab qolingan. Kelajakda xususiy hamda qo‘shma mulkchililcka asoslangan korxonalami rivojlantirishga e’tibomi kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.
Mulk - bu barcha ne’matlarga egalik qilish va foydalanish borasida insonlar o‘rtasidagi mavjud munosabatlardir. Mulkchilik munosabatlari mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Mulkchilik mazmunini oydinlash- tirish uchun odatda, quyidagi sxemadan foydalaniladi:
Jamoa mulki paylari aktsiyalar, shaxsiy hisob raqamlari, omonatlar ko‘rinishida bo'lishi mumkin. Ular quyidagi holatlarda tashkil topadi: hissadorlik jamiyatlarini tashkil etishda; mehnat jamoasi tomonidan korxona mulkini sotib oUsh va ularga mulkning bir qismini keyinchalik xodimlarga pay ulushi tariqasida taqsimlash sharti bilan tekinga berish natijasida; ijara korxonalarining pay ulushi fondi hisobiga; qo‘shma mulkni payli mulkka aylantirish hisobiga.
Dehqon xo‘jaligining asosiy vazifasi qishloq aholisini foydaii mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish orqah ishlab chiqarish kuchlaridan oqilona foydalanishga erishish hamda shu asosda eng kam sarf-xarajat birligi evaziga mahsulot yetishtirishni har tomonlama ko‘paytirishdan iborat. Shuningdek, yer resurslaridan unumli foydalanish, mamlakat aholisining oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojini qondirishga hissa qo‘shish, o‘zi joylashgan hududlaming ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashda ishtirok etish kabi bir qator vazifalami yechishda ham dehqon xo‘jaliklari o‘z hissalarini qo‘shishlari lozim.

Nazorat va muhokama uchun savollar


1. Tarmoqda mulkchilik munosabatlarining huquqiy asoslan qaysi qonunlarda o‘z aksini topgan?
2. Qishloq xo‘jaligida mulkchilikning qanday shakllari mavjud?
3. Qishloq xo‘jaligida qanday xo‘jalik yuritish shakllari mavjud?
4. Agrofirmalar haqida tushuncha bering.
5. Fermer xo‘jaliklari ta’rifini izohlab bering.
6. Dehqon xo‘jaliklari ta’rifini izohlab bering.
7. Fermer xo‘jaliklarining tashkiliy-iqtisodiy asoslarini tushuntiring.
8. Qishloq xo‘jaligida qo‘shma korxonalar haqida tushuncha bering.
Yüklə 11,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin