Maqbul qishloq xo‘jalik amaliyoti



Yüklə 16,02 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.01.2024
ölçüsü16,02 Kb.
#209692
2. maqbul qishloq xojalik amaliyoti



MAQBUL QISHLOQ XO‘JALIK AMALIYOTI
 
Axmatov B.R., TerDU katta o`qituvchisi, Ashurova T.T., TerDU 
talabasi 
ANNOTATSIYA 
Maqolada O‘zbekistonda GLOBALG.A.P. xalqaro standarti talablari 
asosida ilk bor maqbul qishloq xo‘jalik amaliyoti bo‘yicha (G.A.P. – Good 
Agricultural Practice) davlat standarti ishlab chiqildi va tasdiqlanganligi hamda 
natijas mahalliy kompaniyalar jahon bozoriga chiqish uchun GLOBALG.A.P. 
xalqaro sertifikatini qo`llash imkoniyatlari yaratilganligi haqida ma`lumot 
keltirilgan. 
O‘zbekistonda GLOBALG.A.P. xalqaro standarti talablari asosida ilk bor 
maqbul qishloq xo‘jalik amaliyoti bo‘yicha (G.A.P. – Good Agricultural 
Practice) davlat standarti ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Buning natijasida, 
mahalliy kompaniyalar jahon bozoriga chiqish uchun GLOBALG.A.P. xalqaro 
sertifikatini qisqaroq muddatda va arzonroq qiymatda olishlari mumkin. 
GLOBALG.A.P. – bu yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 
havfsizligini hamda ishlab chiqarish texnologik zanjirining zamonaviy sifat va 
texnika talablariga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan e’tirof etilgan xalqaro 
standartlar tizimidir. Hozirgi vaqtda GLOBALG.A.P. tizimida dunyoning 124 
mamlakatidan ziyod qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari 
sertifikatlanganlar, sertifikatga ega xo‘jaliklar soni 180 mingdan ortiq bo‘lib, 
ularning 75% o‘simlikshunoslik mahsulotlari (sabzavot va mevalar)ga to‘g‘ri 
keladi. 
Jahon bozoriga chiqish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab 
chiqaruvchilari mahsulotlari havfsiz sharoitda va ekologik talablar hisobga 
olingan holda yetishtirilganligiga kafolat berishlari kerak. Ular kimyoviy 
moddalarni qo‘llash me’yorlariga amal qilishlari hamda tabiiy resurslardan 
oqilona foydalanishlari, shuningdek, ishchilari va atrof-muhitga g‘amxo‘r 
munosabatda bo‘lishlari zarur. 


Ko‘plab xorijiy kompaniyalar uchun GLOBALG.A.P. sertifikatining 
mavjudligi - agromahsulot bilan savdo qilishning muhim shartlaridan biridir. 
Xalqaro chakana savdo tarmoqlari va supermarketlar, sifati xalqaro standartlar 
tomonidan tasdiqlangan mahsulotlarni xarid qilishga qiziqish bildirishadi. 
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining bozorlarida kuzatilayotgan keskin 
raqobat sharoitida GLOBALG.A.P. sertifikatining mavjudiligi, yetishtirilgan 
mahsulot barcha sifat talablariga mos kelishini tasdiqlaydi, bu o‘z navbatida 
iste’molchilarning sodiqligini ortishi hamda savdolar o‘sishiga xizmat qiladi. 
GLOBALG.A.P. tizimini joriy etgan ishlab chiqaruvchi o‘z mahsuloti 
uchun oshkoralik va mas’uliyatni namoyish etadi va bu sho‘hrat ortishiga 
yordam berib, mahsulotning sotilish hajmini oshiradi. 
Avvallari mahalliy qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari 
o‘z tovarlarini GLOBALG.A.P. standarti bo‘yicha sertifikatlash uchun xorijiy 
kompaniyalarga murojaat qilishga majbur bo‘lar edilar. Bugungi kunda esa 
GLOBALG.A.P. talablari asosida maqbul qishloq xo‘jalik amaliyoti davlat 
standarti tasdiqlanishi tufayli mahalliy sertifikatlash organlari ham bu amaliyotni 
bajarishlari mumkin. Mazkur yangilik sertifikat olishga ketadigan moliyaviy 
harajatlar va vaqtni qisqartirib, ishlab chiqaruvchilar uchun to‘lovni milliy 
valyutada amalga oshirishlariga imkon beradi. 
GLOBALG.A.P. standartiga muvofiq bo‘lish fermerlar uchun chet el 
bozorlariga chiqishni osonlashtirib, daromadni oshirish imkoniyatini beradi. 
Iste’molchilar sifatli va havfsiz agromahsulotni xarid qilishlari mumkin bo‘lsa, 
agrokompaniyalarning xodimlari esa munosib mehnat sharoitlari bilan 
ta’minlanadilar. Bundan tashqari, GLOBALG.A.P. standarti qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilaridan o‘z faoliyatlarida ekologik yondashuvni 
hamda atrof-muhitga nisbatan g‘amxo‘r munosabatda bo‘lishni talab qiladi. 
GLOBALG.A.P. xalqaro standartining meva-sabzavot mahsulotlarini 
sertifikatlashdagi asosiy talablari agrofirma va fermer xo`jaliklari yetishtirgan 
mahsulotlarining tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi 


hamda eksport qiluvchilarning meva-sabzavot mahsulotlarini istiqbolli xalqaro 
bozorlarga olib chiqish shart-sharoitlarini yengillashtirishga yordam beradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 
1.Botirova D., Nuritdinov K., GLOBALG.A.P. xalqaro standarti: meva va 
sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishni sertifikatlash uchun asosiy talablar. 
Amaliy qo`llanma. – Toshkent: Baktria press, 2017. - 32 b. 
2.www.globalgap.org, 
www.uz.undp.org 

Yüklə 16,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin