1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) `quvchilarning 10 ichida qo`shish va ayirish ko`nikmalarini mustahkamlash,ayirishni tekshirish haqida tushuncha berish. .2) O`quvchilarga dars berish orqali har bir matematik muammoni ahillik, birodarli va hamjihatlik bilan hal etishi zarurligini uqtirish; 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. “Matematik diktant ” yozdiriladi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. O`quvchilar bilan ayirish hadlari eslatiladiva takrorlanadi.Yangi mavzu tushuntiriladi. Har doim ayirish amalining to`g`ri bajarilganini qo`shish amali bilan tekshirish kerakligi tushuntiriladi. 5-2=3 5 biln 2 ning ayirmasi 3 ga teng. 3+2=5 3 bilan 2 ning yig`indisi 5 ga teng 1-misol orqali mavzu tushuntiriladi. 8-3=5 9-5=4 7-3=4 5+3=8 4+5=9 4+3=7 Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 74-sahifasida berilgan misollar ishlanadi. 2-masala rasm asosida masala tuziladi , yechimi topiladi ,song doskada va daftarda bajartiriladi. Bor edi- 10 ta Yeyildi - 2 ta Qoldi- ? ta Javob:10-2=8 ta olma qoldi. Misol to`griligini qo`shish amali bilan tekshiramiz, ya`ni ayirmaga ayriluvchini qo`shamiz, kamayuvchi hosil bo`lsa misol to`gri bajarilgan bo`ladsi. 8+2=10 Demak, ayirish to`gri bajarilgan. 3-misoldoskada va daftarda bajariladi.. 8-8=0 8+2=10 9-7 3+1=4 8-6=2 5-3=2 6+3=9 5-5=10 4-masala o`yin tarzida og`zaki bajartiriladi. So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 73-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |