1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) `quvchilarning 10 ichida qo`shish va ayirish ko`nikmalarini mustahkamlash,idodalarni taqqoslash haqida tushuncha berish. .2) O`quvchilarga dars berish orqali har bir matematik muammoni ahillik, birodarli va hamjihatlik bilan hal etishi zarurligini uqtirish; 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. “Bingo” o`yini o`ynatiladi. O`quvchilarga javobi 8 chiqadigan sonlarni topish tpshiriq qilib beriladi. . Qaysi qator 1-bo`liob bu misollarni topib belgilasa shu guruh g`olib sanaladi.
III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. O`quvchilar bilan qo`shish va ayirish hadlari eslatiladi va takrorlanadi.Yangi mavzu tushuntiriladi. Sonlarning , narsalarning hajmi va miqdoriga qarab ifodalar taqqoslanadi. Taqqoslash jarayonida teng, katta yoki ko`p, kichik yoki kam iboralari ishlatiladi. Masalan: 5 soni 4 sonidan katta, 10 ta olma 6 ta olmadan ko`p, 5 ta atirgul va 5 ta lola teng. 1-masala orqali mavzu yana bir bor tushuntiriladi. Atirgullar nechta? 9 ta Lolalar nechta? 5 ta Atirgullar lolalardan nechta ortiq? 9-5=4 (ta ortiq) Demak, 9>5 Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 75-sahifasida berilgan misollar ishlanadi. 2-misol doskada va daftarda bajartiriladi. 7+3>8 5+3<9 7+1=8 9-1<9 6-4<8 5+4=9 4+5>6 3+7>4 4+4=8 3-masala rasm asosida bajariladi.Masalaning sharti o`qiladi, yechimi topiladi. O`quvchilarga parrandalarga g`amho`rlik qilish tushuntiriladi.
Tovuq-8 ta 2) Tovuq- 8 ta 3) Xo`roz- 2 ta Xo`roz-2 ta Xo`roiz-? ta Tovuq-? ta Hammasi- ? ta Hammasi- 10 ta Hammasi-10 ta .Yechish: 8+2=10(ta) Yechish: 10-8=2 (ta) Yechish: 10-2=8 (ta) 4-masala rasm asosida og`zaki bajariladi. So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 74-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |