1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning 10 ichida qo`shish va ayirish ko`nikmalarini mustahkamlash,idodalarni taqqoslash haqida tushuncha berish. .2) O`quvchilarga dars berish orqali har bir matematik muammoni ahillik, birodarli va hamjihatlik bilan hal etishi zarurligini uqtirish; 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. “Bingo” o`yini o`ynatiladi. O`quvchilarga javobi 9 chiqadigan sonlarni topish tpshiriq qilib beriladi. . Qaysi qator 1-bo`liob bu misollarni topib belgilasa shu guruh g`olib sanaladi.
III.O`tilganlarni mustahlkamlash: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. O`quvchilar bilan qo`shish va ayirish hadlari eslatiladi va takrorlanadi. 1-misol o`yin tariqasida doskada bajariladi. 10-9=1 10-6=4 10-8=2 10-5=5 10-7=3 10-4=6 3+3=6 5+3=8 4+3=7 6+3=9 2+3=5 7+3=10 2-masala og`zaki bajariladi. Masalaning sharti o`qituvchi tomonidan o`qiladi. Tushuntiriladi, yechimini topish yo`llari aniqlanadi. Yechish:4+3-7 ta. Akbarga 7 ta sa`va bor. 3-misol doskada va daftarda bajariladi. 2+7=9 9-2=7 8-2=6 8+0=8 6-1=5 5+1=6 5+2=7 7-2=5 4-masalada berilgan rasm asosida masala tuziladi va yechimi topiladi. O`quvchilarga shirinlik ko`p istemol qilish tish kariyesini keltirib chiqarishi mumkinligi haqida tushuncha beriladi. 1-likopchada- 5 ta Yechish: 9-5=4 ta 2-likopchada- ? ta Javob: 2-likopchada 4 ta konfet bo`lgan. Hammasi-9 ta 5-misol og`zaki bajatiriladi. Javobi bir xil bo`lgan misollar topiladi. 4+4=8 6+2=8 8-5=3 7-4=3 3+1=4 9-5=4 3+4=7 9-2=7 8+2=10 7+3=10 1+4=5 8-3=5 So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. IV. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. V. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 75-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |