1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarning 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligini to`g`ri va teskari sanash, 10 soni ichidagi sonlarni taqqoslash va misol-masallar yechish malakasini mustahkamlash, songa nolni qo`shish va yirish haqidagi bilimlarni tushuntirish. 2) O`quvchilarni o`zaro hurmat, bir-biriga do`stonoa munosabat bildirish, suhbatdoshining fikrini tinglay olish va undan to`g`ri xulosa chiqarishga o`rgatish. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.”Mening o`rnim qayerda” o`yini o`tkaziladi. Stol ustiga 1 dan 11 gacha bo`lgan sonlar teskari qilib qo`yiladi. O`quvchilar chiqib turli xil raqamlarni tanlashadi va bir-birlariga qarab to`g`ri bo`lib saflanib olishadi. III.O`tilganlarni mustahkamlash: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. O`quvchilar bilan qo`shish va ayirish hadlari eslatiladi va takrorlanadi. O`quvchilar 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni birgalikda sanaydilar. Har bir sonning tarkibi o`rganiladi. 10 sonining tarkibi bu- 9 bilan 1, 8 bilan 2, 7 bilan 3, 6 bilan 4, 5 bilan 5 ning yig`indisidan hosil bo`lishi aytib o`tiladi.Song nol soni mavjud emas ma`nosini bildirishi eslatib o`tiladi. Ekran orqali “Sonlarning tarkibini to`ldiring” topshirig`i bajariladi. Darslikning 77-sahifasida berilgan misollar ishlanadi. 6-misol og`zaki bajariladi. 4-4=0 2+3=5 6-5=1 7-4=3 8-0=8 9-5=4 3+6=9 7-masala rasm asosida bajariladi, masala tuziladi, qisqa shart tuzdiriladi, yechimi topiladi. Parrandalarga g`amho`rlik qilish haqida tushuncha beriladi. 1 ta o`rdak 4 ta o`rdakchalar bilan sayr qilib yurgan edi. Ularga yana 4 ta o`rgak kelib qo`shildi. O`rdaklar nechta bo`ldi? O`rgak va o`rdakchalar-5 ta Qo`shildi- 4 ta Bo`ldi- ? ta Yechish: 5+4=9 ta 8-misol doskada va daftarda ishlanadi. 9-7=2 2+6=8 8-3=5 5+0=5 7-0=7 1+5=6 6+2=8 7-7=0 9-masalada berilgan sabzaotlar miqdori aniqlanadi va taqqoslanadi. Pomidorlar-9 ta 9>8 8>7 7>6 Bodringlar- 8 ta 9>7 9>6 8>6 Sariq sbzi- 7 ta Sabzavotlarning nechta ortiq va nechta kamligi aytib o`tiladi. Qizil sabzi-6ta 10-misol og`zaki bajariladi. So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 76-dars
Fan: Matematika Sana:
Mavzu:Kilogramm Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |