1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning bir va ikki xonalai sonlar haqida egallagan bilimlarini boyitib borish, 11 dan 200 gacha sonlarning tarkibi haqida tushuncha berish, ikki xonali sonlarni xona birliklariga ajrata olish. 2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani rivojlantirish Dars turi: Mustahkamlash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. O`tilgan mavzu ekranda berilgan “Tipratikan” nomli trenajyor mashqi orqali mustahkamlanadi. Bu trenajyordan foydalanish qoidalari avvalgi darslarda keltirilgan. Unga ko`ra 10 ichida qo`shish va ayirishga oid misollarni yechish kerak. “Quvnoq vagonlar’ o`yini o`ynatiladi. Bunda 11 dan 20 gacha bo`lgan sonlar sinf doskasiga ilinbgan bo`lib vagonlarda tartibsiz joylashtirilgan bo`ladi. O`quvchilar vagonlar ustidagi sonlarni o`zaro qoshadilar va har bir vagonni o`z o`rniga qo`yadilar. Vagonlar o`yini davom etadi. O`quvchilar navbatdagi vagonlarni ham o`z o`rniga qo`yadilar. III.Mustahkamlash.: O`qituvchi o`rganilgan mavzuni o`quvchilarga ekran orqali yoki ko`rgazmalar orqali tushuntirib beradi. O`nta birlik bitta o`nlik bo`lishi ekranda sanoq cho`plar orqali tushuntiriladi. Agar o`quvchilarning o`zlarida sanoq cho`plari bo`lsa, har biri o`zining partasida bajarib ko`rishlari mumkin. Ikkita o`nlikning hosil bo`lishi ekran orqali tushuntiriladi. Unda ikkita o`nlik va no`lta birlik borligi tushuntiriladi. Darslikadi 1-topshiriqlar og`zaki savol-javob orqali bajariladi. Bu topshiriqda 10 dan 20 gacha bo`lgan sonlar tarkibi bima-bir tushuntirib o`tiladi. O`tilgan mavzularni mustahkamlash uchun “Tipratikan’ trenajyori beriladi. Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi misol va masalalar bajariladi. 2-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuzdiriladi va mazmuni tushuntirladi. Masal ishlash orqali o`quvchilarga o`quv qurollarini avaylab ishlatish lozimligi tushuntirb o`tiladi. Bor edi- 8 ta Berdi yana- 2 ta Bo`ldi- ? ta Yechish: 8+2=10(ta) Javob: Rahimada 10 ta daftar bo`ldi. 3-misol doskada va daftarda bajartiriladi. Misol ishlash jarayonida o`quvchilarning husnixatlari nazorat qilib boriladi. 10+1=11 10+2=12 10+3=13 10+4=14 10+5=15 10+6=16 10+7=17 10+8=18 10+9=19 4-masala og`zaki bajariladi. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. Bunda o`quvchilar “Bulbulcha” bollar ansamblining “Chillak” qo`shig`ini tomosha qiladilar va tinglaydilar. So`ng “Uycha” trenajyori orqali o`tilgan mavzu mustahkamlanadi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 96-betidagi 5-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.. .Dars yakunlandi.
96-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |