1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə273/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarning bir va ikki xonalai sonlar haqida egallagan bilimlarini boyitib borish, 10, 11,12 sonlarining tarkibi haqida tushuncha berish, ikki xonali sonlarni xona birliklariga ajrata olish.

2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish.

3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani rivojlantirish

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

O`tilgan mavzu ekranda berilgan “Tipratikan” nomli trenajyor mashqi orqali mustahkamlanadi. Bu trenajyordan foydalanish qoidalari avvalgi darslarda keltirilgan. Unga ko`ra 10 ichida qo`shish va ayirishga oid misollarni yechish kerak.

“Quvnoq vagonlar’ o`yini o`ynatiladi. Bunda 11 dan 20 gacha bo`lgan sonlar sinf doskasiga ilinbgan bo`lib vagonlarda tartibsiz joylashtirilgan bo`ladi. O`quvchilar vagonlar ustidagi sonlarni o`zaro qoshadilar va har bir vagonni o`z o`rniga qo`yadilar. Vagonlar o`yini davom etadi. O`quvchilar navbatdagi vagonlarni ham o`z o`rniga qo`yadilar.

III.Mustahkamlash.:

O`qituvchi o`rganilgan mavzuni o`quvchilarga ekran orqali yoki ko`rgazmalar orqali tushuntirib beradi. O`nta birlik bitta o`nlik bo`lishi ekranda sanoq cho`plar orqali tushuntiriladi. Agar o`quvchilarning o`zlarida sanoq cho`plari bo`lsa, har biri o`zining partasida bajarib ko`rishlari mumkin. Ikkita o`nlikning hosil bo`lishi ekran orqali tushuntiriladi. Unda ikkita o`nlik va no`lta birlik borligi tushuntiriladi.

Darslikadi 1-topshiriqlar og`zaki savol-javob orqali bajariladi. Bu topshiriqda 10 sonining hosil bo`lishi tushuntiriladi, so`ng 11 va 12 sonlarining hosil bo`lishi va tarkibi haqida tushuncha berib o`tiladi.

O`tilgan mavzularni mustahkamlash uchun “Tipratikan’ trenajyori beriladi.

Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi misol va masalalar bajariladi.

1-misol.


6+1=10 8+2=10 7+3=10 6+4=10 5+5=10 8+1+1=10 7+2+1=10 6+1+3=10 5+1+4=10 4+1+5=10

2-misol 9+1+1=11 8+2+1=11

3-misol 10+2=12

4-misol doskada va daftarda bajariladi.

9+1+1=11 8+2+1=11 5+5+2=12 4+6+2=12

5-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuzdiriladi va mazmuni tushuntirladi. Masal ishlash orqali o`quvchilarga hamjihatlik, nehr-nurivvat kabi tushunchalar singdiriladi.

Qizil- 7 ta

Ko`k- ?, 3 ta ko`p

Yechish: 7+3=10 (ta)

Javob: Archaga 10 ta ko`k o`yinchoq osishgan

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. Bunda o`quvchilar “Bulbulcha” bollar ansamblining “Chillak” qo`shig`ini tomosha qiladilar va tinglaydilar.

So`ng “Uycha” trenajyori orqali o`tilgan mavzu mustahkamlanadi.

V. O`quvchilarni baholash.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 97-betidagi 6-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi...Dars yakunlandi.
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

97-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin