BOSHLANG`ICH SINFLAR NUTQINI O’STIRISHNING LUG’ATLAR BILAN ISHLASH TOMONI
D.Mavlonova TerDU PI talabasi
ANNOTATSIYA; Maqolada boshlang’ich sinflar nutqini ona tili, matematika va o’qish darslarida lug’atlarini boyitib borish orqali erishiladigan samarasi va shu orqali nutqining yaxshilanish yo’llari integratsiya usulida ochib berilgan.
Fan-texnika tezkor rivojlanayotgan bugungi zamon ta`lim tizimi oldiga ham bir qator vazifalarni qo`yadi. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga ta`lim-tarbiya berishdagi vazifalarning asosiy qismi o`qish darslarida amalga oshiriladi.
O`qish va ona tili darslariga qo`yilgan asosiy vazifalar o`quvchilarning nutqini va fikrlash doirasini o`stirish, dunyoqarashini kengaytirish, chiroyli yozish ko`nikmasini shakllantirish hamda savod o`rgatishdan iborat. Har qaysi insonning nutqi aniq va mukammal bo`lsa, shu insonning fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo`ladi. Faylasuflardan biri Platon «Fikrlar dunyoni boshqaradi, degan edi.
Darhaqiqat, insonning fikr-maqsadi – uning ongli ishlari va axloqining harakatalantiruvchi kuchidir. Ana shu fikr-maqsadlar nutq vositasida bayon qilinadi.
Nutq nafaqat xayoldagi o`y-fikrlarni bayon qiladi, balki uning shakllanishi uchun ham xizmat qiladi. Fikrlar esa nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o`stirishning sharti fikrni boyitish hisoblanadi. O`quvchilar nutqini o`stirish ularning aqliy faoliyatini rivojlantirish va lug`atini boyitish bilan amalga oshiriladi.
Aynan lug`atlar ustida ishlashni yaxshilash, tartibga solish, ularning asosiy yo`nalishlarini ajratish va asoslash maktablarda bolalar nutqini o`stirish jarayoniga qo`yilgan muhim vazifalardandi.
Maktablarda lug`at ustida ishlash metodikasi to`rt asosiy yo`nalish bilan belgilangan:
O`quvchilar lug`atini boyitish, ya`ni yangi so`zlarni, shuningdek, bola lug`atida bo`lgan ayrim so`zlarni yangi ma`nolarini o`zlashtirish;
O`quvchilar lug`atiga aniqlik kiritish;
Lug`atlarni faollashtirish, ya`ni o`quvchilar ma`nosini tushunadigan, ammo o`z nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug`atlardagi so`zlarni faol lug`atga o`tkazish;
Adabiy tilda ishlatilmaydigan so`zlarni o`quvchilar faol lug`atidan nofaol lug`atiga o`tkazish.
Hozirgi kunda lug`atlar ustida ishlash uchun maxsus darslar ajratilmaydi. Lug`atlar bilan ishlash, asosan, ona tili va o`qish darslari bilan bog`liq holda olib boriladi. Boshlang`ich sinflar uchun izohli va imlo lug`atlarining ishlab chiqilmaganligi lug`at ustida olib boriladigan ishlarni to`gri uyushtirishda ba`zi qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Agar lug`at ishlari qat`iy bir reja asosida yo`lga qo`yilsa, o`qituvchilardan ham, o`quvchilardan ham ortiqcha mehnat talab qilinmaydi va ko`zlangan natijaga oson erishiladi. Aytaylik, to`rtinchi sinf «O`qish kitobi « darsligining birinchi bo`limi «Istiqlolim − istiqbolim» deb nomlangan. Bu bo`lim nima haqida ekanligi tog`risidagi tasavvurga ega bo`lishi uchun o`quvchida ushbu jumla tarkibidagi so`zlar haqida ma`lumot bo`lishi kerak. To`rtinchi bo`limi esa – «Ma`naviyat −qalb quyoshi». Bo`lim mavzusidagi «ma`naviyat» so`zi haqida boshlang`ich sinf o`quvchilarigina emas, ba`zan kattalarning o`zlari ham aniq tushunchaga ega emasligi ko`zga tashlanadi. Shuningdek, o`quvchilar Vatanimiz tarixiga bag`ishlangan mavzularni o`rganish davomida eskirgan qatlamga oid so`zlarga duch keladilar. Bu esa so`zlarning tushunilishi qiyin bo`lganligi sababli o`quvchilarda mazkur yo`nalishdagi asarlarga nisbatan zerikish kayfiyatini paydo qiladi.
Bugungi kunda milliy va umuminsoniy ruhda tarbiya topgan, yuksak ma’naviyatga ega, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisopdiy taraqqiyoti yo’nalishini modernizatsiya qilish va zamonaviy demokratik jamiyat qurish yo’lidagi keng qamrovli vazifalarni hal qila olishga qodir bo’lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlashmasalasi xalqimiz oldiga qo’ygan ulkan maqsadlarni amlga oshirishda muhim va asosiy vazifa hisoblanad. Shu sababli ham yorqin kelajagimiz uchun munosib xizmat qila oluvchi yetuk kadrlarning yetishib chiqishida ta’lim tizimining har bir yo’nalishi va har bir jabhasiga chuqur e’tibor qaratilmoqda. Zamon talabidan kelib chiqib ta’lim tizimining maqsad va vazifalarini muvaffaqiyat bilan amalga oshirishda boshlang’ich ta’lim vakillaridan sohaga chuqur mas’uliyat bilan yondashish talab qilinmoqda. Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi o’quvchining savodini chiqarish bilan birgalikda ularning nutqini ham, albatta, rivojlantirib borishi zarur.
Maktabda o’quvchilar nutqini o’stirish ona tili o’qitishning asosiy vazifasi deb qaraladi. Nutq o’stirish faqat ona tili va o’qish darslarininggina emas, balki o’quv rejasidagi barcha fanlarning, shuningdek, sinfdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlarningham asosiy vazifasidir. Avvalo, bolaga nutq o’stirishdagi asosiy poydevor 1-sinfdan alifbe darslarida qo’yiladi. Tovushlarni aniq talaffuz qilib, bo’g’inlarni birlashtirib so’zning yozuvdagi ifodasini o’qiyotgan o’quvchiga asta-sekin mustaqil ravishda matnlarni o’qish va uni nutqida ifodalash o’rgatilar ekan, bu nutq o’stirish va savod chiqarish jarayonlarini bir-biri bilan bog’liq holda birgalikda amalga oshirib borishni taqazo etadi. Agar o’quvchilarning savodi mukammal chiqarilasa, ularning diqqati, xotirasi va nutqi kuchli rivojlanadi. Bu xususiyatlar yordamida bolalar narsalarni umumlashtirish, tasniflash, voqea-hodisalarning ketma-ketligini idrok qilishni va xulosa chiqarishni o’rganadi. Aynan mana shu yerda bir muhim jihatni aytib o’tishimiz kerakki, o’quvchilarda o’qish savodi yaxshi amalga oshirilmas ekan bu nafaqat bola nutqining mukammal bo’lmasligi, bora-bora boshqa fanlarni o’zlashtirilishida ham salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Ertak, hikoya, yirik she’rlar, ilmiy ma’lumot, umuman olganda, o’quvchi uchun katta hajmdagi matnlarni o’qish birmuncha qiyinlashib boradi, ya’ni matnni o’qish davomida bolaning dqqat kuchi voqelikni tasavvur qilishga emas, qiynalib o’qiyotgan so’zini tushunishga qaratilgan bo’ladi. Bo’g’inlab yoki juda sekin o’qilayotgan so’zning ma’nosini anglaguniga qadar gapning eng avvalidagi so’zni o’quvchi unutib qo’yadi. Unutilgan so’zlarsiz esa gapni yaxlitligicha tasavvur eta olmaydi. Tasavvur eta olmas ekan o’quvchi uchun o’qish jarayoni tushunarsiz va zerikarli bir holatga aylanib boradi. Tabiiyki, bu holatlar o’quvchini bilim olishdan uzoqlashishiga sabab bo’ladi. O’quvchining istiqbolli kelajagiga salbiy ta’sir qiladigan mana shunday holatlarga sabab bo’luvchi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etishda o’qituvchilar va ota-onalardan ta’lim-tarbiyaga doimiy sinchkov nazorat bilan yondashish talab qilinadi. Ona tili o’qitish metodikasi darsligida nutq o’stirishda quyidagi uch yo’nalish aniq belgilab qo’yilgan; 1. So’z ustida ishlash; 2. So’z birikmasi va gap ustida ishlash; 3. Bog’lanishli nutq ustida ishlash. Bu yo’nalishlar parallel ravishda olib boriladi, ya’ni lug’at ishi gap uchun material beradi; so’z, so’z birikmasi va gap ustida ishlash bog’lanishli nutqqa tayyorlaydi. O’z navbatida, bog’lanishli hikoya va insho lug’atni boyitish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Matematika darslarida ham bolalar yangi tasavvur va tushunchalar, juda ko’p atamalar bilan o’z nutqini boyitadilar, soda va qo’shma gap tuzishni o’rganadilar. Masalan, besh soni uch sonidan katta yoki uch soni besh sonidan kichik; bitta o’nlikka ikkita o’nlik va beshta birlikni qo’shsak, uchta o’nlik va beshta birlik hosil bo’ladi.
Ona tili darslarida ichki va yozma nutqni rivojlantirish, o’quvchilar lug’atini ma’nodosh, shakldosh, zid ma’noli so’zlar bilan boyitish uchun keng imkoniyat mavjud. Grammatikani o’rganish va o’qish darslarida o’quvchilar bajaradigan so’z birikmasi, gap tuzish, bayon, inshoga doir turli xil mashqlar nutqiy malakalarni egallashda yordam beradi. Bu darslarda tilni maxsus o’rganish bilan bolalar alohida tovush, bo’g’in, so’z va gapni eshitishga va talaffuz qilishga o’rganadilar. Ular narsa va harakatni bildirgan ko’pgina so’zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo’g’in, so’z, o’zak, qo’shimcha, so’z turkumi, ot, sifat, son, olmosh, ravish, gap, darak, so’roq gaplar, gap bo’laklari singari juda ko’p yangi atamalar bilan tanishadilar. Oldindan o’z nutqida ishlatib kelayotgan, nutq ta’sirchanligini oshiruvchi vositalarni farqlaydi va ularni nutqida to’g’ri qo’llashni o’rganib boradi. Masalan, 4-sinf ona tili darsligidagi mashqqa e’tibor qaratsak;
’’Quyidagi juftlab berilgan birikmalarni o’qing. Ma’nosidagi farqni ayting.
Dostları ilə paylaş: |