Dastur va dasturlash haqida



Yüklə 273 Kb.
tarix20.12.2022
ölçüsü273 Kb.
#76548
DASTUR VA DASTURLASH HAQIDA

DASTURLASH TILLARI

O`TILDAN MAVZUNI TAKRORLASH

  • Dastur deganda nimani tushunasiz?
  • Kompyuter dasturi nima?
  • Kir yuvish mashinasi ham dasturlash asosida ishlaydimi?
  • Dastur asosida ishlaydigan qurilmalarni sanab bering?

REJA:

  • 1. Dasturlash tillari deganda nimani tushunasiz?
  • 2. Translyator nima?
  • 3. Kompilyator nima?
  • 4. Interpretator nima?

DASTURASH TILI

  • Inson kabi kompyuter ham o`ziga xos tilda muloqot qiladi. Bu til faqat kompyuter tushunadigan til bo`lib, u cheklangan lug`at va qat’iy yozish qoidalaridan iboratdir. Kompyuter tushunadigan va muloqot olib boradigan “til” dasturlash tili deb ataladi. Istalgan dasturlash tilini bilgan shaxs o`z dasturini bemalol tuza oladi.
  • Dasturlash tili- inson va kompyuter o`rtasidagi rasmiy aloqa tili. U ma’lum qoidalar asosida ma’lumotlarni qayta ishlash dasturlarni yaratish uchun qo`llaniladi.

TRANSLYATOR

  • Protsessor dasturlash tilida yozilgan dasturni to`g`ridan-to`g`ri tushunmaydi. Buning uchun dasturni protsessor tiliga tarjima qiladigan (raqamli ko`rinishga o`tkazib beruvchi) tarjimon til – translyatordan foydalaniladi
  • Tarjimon tilining ikkita turi mavjud.

KOMPILYATOR VA INTERPRETATOR

  • Kompilyator - dasturlash tilida yozilgan dastur kodlarini to`laligiga o`qib, mashina kodiga tarjima qiladi va tarjima natijalarini bajariladigan yaxlit bitta faylga yig`adi.
  • Interpretator - dasturlash tilida yozilgan kodni bosqichma-bosqich mashina kodiga aylantirib, tahlil qiladi va berilgan buyruqlarni ketma-ketlikda bajaradi. Agar xatolik sodir bo`lsa, o`sha zaxoti xabar beradi.

Aksariyat dasturlash tillari, xususan C++, Pascal, Java, Python va boshqalar integrallashgan dasturlash muhiti (IDE) ga ega.

  • Aksariyat dasturlash tillari, xususan C++, Pascal, Java, Python va boshqalar integrallashgan dasturlash muhiti (IDE) ga ega.
  • IDE (Integrated Development Environment – integrallashgan dasturlash muhiti) –dasturiy ta’minot yaratish uchun dasturiy vositalar majmui.

IDE TARKIBI

  • Matn muharriri
  • Translyator
  • Dastur kodini mashina kodiga aylantirib beruvchi kompilyator va/yoki interpretator
  • Bajariluvchi va kompilyator tomonidan yaratilgan barcha fayllarni jamlash

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR?

  • 1.Dasturlash tillari deganda nimani tushunasiz?
  • 2.Qanday dasturlash tillarini bilasiz?
  • 3.Kompyuterda dasturlash jarayoni necha bosqichdan iborat?

Yüklə 273 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin