1-amaliy mashg‘ulot: algoritmning asosiy xossalari. Evklid algoritmi



Yüklə 20,77 Kb.
səhifə1/3
tarix17.04.2022
ölçüsü20,77 Kb.
#55590
  1   2   3
1-AMALIY MASHG‘ULOT ALGORITMNING ASOSIY XOSSALARI. EVKLID ALGORITMI.

1-AMALIY MASHG‘ULOT: ALGORITMNING ASOSIY XOSSALARI. EVKLID ALGORITMI.


Mashgulotning maqsadi: Algoritm va dasturlashni o‘rganish.

Mashg‘ulotning jihozi: Tarqatma material: algoritmlar strukturalari.

Mashg‘ulot o‘tish vositasi: Pentium IV kompyuterlari bilan jihozlangan

kompyuter sinfi.



Mashg‘ulotning borishi:

    1. Guruhning va xonaning darsga tayyorligini tekshirish.

    2. Yo‘qlama qilish.

    3. Avvalgi mashg‘ulotlarda o‘tilganlarni takrorlash bo‘yicha suhbat o‘tkazish: o‘tilgan mavzuni qisqacha takrorlash.

Avvalgi darsda algoritm va algoritm ijrochisi haqida so‘z borgan edi. Endi algoritmning asosiy xossalari bilan kengroq tanishtiramiz:

1. Tushunarlilik. Algoritm ijrochiga tushunarli bo‘lishi uchun ijrochining imkoniyatlarini bilish lozim. Agar ijrochi inson bo‘lsa, u holda algoritm insonning imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzilishi kerak. Bunda ko‘zlangan maqsad va algoritmdan kelib chiqib inson tushunadigan til, insonning bilimi, hayotiy tajribasi, kasbiy malakasi, yoshi, qolaversa, jismoniy imkoniyatlari hisobga olinishi zarur. Agar ijrochi texnik vosita (masalan, kompyuter, elektron soat, dastgohlar) bo‘lsa, u holda algoritm shu texnik vositaning imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzilishi kerak.

Demak, berilayotgan har qanday ko‘rsatma ijrochinining ko‘rsatmalar sistemasidan olinishi, Ya’ni ijrochi uni qanday bajarishni bilishi kerak ekan.

2. Aniqlik. Algoritmdagi barcha amallar, ko‘rsatmalar yoki buyruqlar bir ma’noli va aniq bo‘lishi kerak. Masalan, “ozgina tuz solinsin” ( bir osh qoshiqmi yoki bir choy qoshiqmi yoki bir piyolami?), “ke­ra­gicha suv quyilsin” (kerak deganda qancha suv nazarda tutildi: 1 litrmi, 100 litrmi, 1 tonnami?), “insho yozib kelinsin” (qaysi mavzuga oid?) kabi ko‘rsatmalar har xil (ko‘pincha keraksiz) natijalarga olib keladi.

Bundan shunday xulosaga kelamiz, aniqlik xossasiga asosan algoritm ijrochisi ko‘rsatmalar ketma-ketligini mexa­nik ravishda xatosiz bajaradi va qo‘shimcha izohlar talab qilmaydi.

3. Diskretlilik (uzluklilik, alohidalik). Algoritmda masalani yechish jarayoni alohida olingan sodda ko‘rsatmalar ketma-ketligini qadamma-qadam bajarishdan iborat bo‘lishi kerak. Bu xossa avvalgi darsdagi misollarda yaqqol ko‘rinib turibdi.

4. Natijaviylik (cheklilik). Algoritmni tavsifida “biror maqsadga erishishga qaratilgan” jumlasi ishlatilgan. Bu maqsadni yuqorida keltirilgan misollarda ko‘rishimiz mumkin: choy damlash, g‘ishtlar sonini hisoblash, yig‘indini hisoblash. Bular algoritmning natijaviylik (cheklilik) xossasi bilan bog‘liq. Bu xossaning mazmuni shundan iboratki, har qanday algoritm ijrosi chekli qadamdan so‘ng oxir-oqibat ma’lum bir yechimga olib kelishi kerak. Shuni ta’kidlash joizki, algoritm avvaldan ko‘zlangan maqsadga erishishga olib kelmasligi ham mumkin. Bunga ba’zan algoritmning noto‘g‘ri tuzilgani yoki boshqa xatolik sabab bo‘lishi ham mumkin. Ikkinchi tomondan, qo‘yilgan masala ijobiy yechimga ega bo‘lmasligi ham mumkin. Lekin salbiy natija ham natija deb qabul qilinadi.




Yüklə 20,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin