Mikrob hujayrasi sonini hisoblash usullari Mashg'ulot o'tkazishdan maqsad



Yüklə 33,24 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix26.12.2023
ölçüsü33,24 Kb.
#197476
portal.guldu.uz-Mikrob hujayrasi sonini hisoblash usullari



Mikrob hujayrasi sonini hisoblash usullari 
Mashg'ulot o'tkazishdan maqsad.
Hisoblash kameralarida fiksirlab
bo'yalgan mazoklarda mikroorganizmlar hujayrasini sanash usullarini
o'zlashtirish. Quyuq muhitda o'stirish yo'li bilan hujayralar sonini 
hisoblash. Mikrob biomassasini aniqlash, aerob va anaerob
mikroorganizmlarni o'stirish yo'llarini o'rganish. Tashqi muhit 
omillarining mikroorganizmlarga ta'sirini bilib olish. 
Mikroorganizmlar hujayrasini bevosita sanash. Hujayralarni
hisoblash kamerasida sanash. Goryayev, Tom-Seys, Byuker va 
boshqalar kamerasida yirik mikrob hujayralarini- achitqilar, bir hujayrali 
suv o'tlari, sporalar, zamburug'lar, ayrim bakteriyalarni sanash mumkin.
Goryayevning hisoblash kamerasi qalin buyum oynasi bo'lib, to'rtta 
chuqur chiziq bilan ko'ndalang joylashgan uchta maydonchaga
bo'lingan. 0 ‘rtadagi maydoncha ko'ndalang chiziq bilan ikkiga 
bo'lingan. Har qaysi yarmi to'rsimon bo'lingan.
Yon tomondagi maydonchalar o'rtadagidan 0,1 mm balandroq 
(kamera chuqurligi) bo'lib, uning ustiga qoplagich oyna zich yopiladi. 
Goryayev kamerasining to'ri 225 ta yirik kvadratga bo'lingan (15
ta qatorning har qatorida 15 tadan kvadrat bor). Yirik kvadratning 
maydoni 1/25 mm2 ga teng bo'lib, har qaysisining maydoni 1/400
mm2 bo'lgan 16 ta mayda kvadratga bo'lingan. Kameraning chuqurligi 
0,1 mm ga teng.
Kichik (mayda) kvadratning hajmi 1/4000 mm3 yoki 1/4000000 
ml, katta kvadratniki 16/4000=1/250 mm3 yoki 1/250000 ml ga teng. 
Katta kvadratlarning bir qismi vertikal, gorizontal bo'lingan yoki
bo'linmagan bo'ladi. 
Quyuq substratlardagi achitqilarni sanash uchun oldin ular suvga 
aralashtiriladi. Buning uchun o'lchov kolbasidagi 100 ml suvga hujayralar 
konsentratsiyasiga qarab, 2, 4 yoki 10 ml achitqi suspenziyasi qo'shiladi. 
Nobud bo'lgan achitqi hujayralarini bo'yash uchun Fink bo'yicha 20-30 
ml metilen ko'ki (1:5000 nisbatda olingan) yoki 1:40 konsentratsiya 
ligidan 1-2 ml qo'shiladi. 
Non pishirish sanoati yarim fabrikatlar namunasini tayyorlashda G. M. 
Smirnova ishlab chiqqan usulga asoslanishi mumkin: bunda 1 g
namunani hovonchada 3-5 mi spirt bilan ezib (spirt oz-ozdan
qo'shiladi), keyin 100 ml hajmli kolbachaga solinadi va 40-50 ml ga 
yetguncha suv qo'shiladi; to'xtovsiz chayqatib turib 1 ml 30% li natriy 
gidroksid (yoki kaliy gidroksid) eritmasi qo'shiladi. Keyin kolbacha 
10 minut 70°C issiq bo'lgan suv hammomiga botirib qo'yiladi.


Gidroliz tugagandan keyin belgigacha suv qo'shib, yaxshilab 
aralashtiriladi. Suspenziyadan 10 ml olib, probirkaga solinadi va 5 
tomchi metilen ko'ki hamda 3-4 tomchi karbolli fuksin qo'shiladi.
Achitqilar hujayrasi to'q binafsha rangga, bakteriyalar hujayrasi havo
rangga bo'yaladi. 
Kamera va maxsus silliqlangan qoplagich oynani yaxshilab yuvib
quritiladi. Setkalar yuzasiga tayyorlangan to'plam aralashmasidan 
kichik tomchi tomizib, qoplagich oyna bilan yopiladi. Oyna tagidagi
suyuqlik kataklar bo'ylab bir tekis tarqalishi, pufakchalar hosil 
bo'lmasligi kerak. Suyuqlikning hajmi kameraning hisoblanadigan 
hajmiga mos kelishi uchun to Nyuton halqalari deb ataladigan halqalar 
paydo bo'lguncha qoplagich oyna kameraning yon maydonchasiga
ishqalanaveradi. Qoplagich oynani oldin ishqalab, keyin pipetkada 
kamerani mikroorganizmlar suspenziyasi bilan to'ldirish ham mumkin.
Hujayralar cho'kishi va bir tekisda (bir sathda) ko'rinishi uchun 
kamera to'ldirilgandan 3-5 minutdan keyin hisoblash boshlanadi.
Mikroorganizmlaming harakatchan shakllarini kataklarga tushirishdan
oldin ularni isitib yoki suspenziyaga 0,5% formalin qo'shib nobud
qilinadi. 
Kamerani mikroskopning buyum stolchasiga joylashtirib qo'yib, 
oldin 8x, keyin 40x obyektivda ko'riladi. Katta kvadratning ichidagi
hujayralar ham, chekka chizig'idagi, ammo ko'proq qismi muayyan
kvadrat ichida bo'lgan hujayralar ham-hammasi hisobga olinadi.
Yarmidan ko'pi boshqa kvadratda bo'lgan hujayralar hisobga 
olinmaydi. Agar hujayralar chegara chiziq bilan teng ikkiga kesilib 
turgan bo'lsa, kvadratning ikkita yonma-yon (bir-biriga yaqin)
tomonidagi, masalan, pastki va chap tomonidagi hujayralar hisobga
olinadi. 
Har bir tomchida 10 ta katta kvadratdagi hujayralarni sanash
tavsiya etiladi. 1 ml dagi hujayralar soni x = a 25104 ga teng. 
Juda quyuq suspenziyalarda hujayralarni sanash qiyin, shuning 
uchun ularni suv qo'shib suyultirish kerak; yaxshisi shunday suyultirish 
kerakki, bitta yirik kvadratdagi hujayralar soni 16 tadan oshmasin. 1
ml dagi hujayralarning sonini aniqlashda suyultirishni hisobga olish
kerak. 
Fiksirlab, keyin bo‘yalgan mazoklardagi hujayralarni sanash
(Vinogradskiy-Shulgina-Brid usuli). Bu usulning mohiyati shundan
iboratki, ma'lum miqdordagi tekshirilayotgan suspenziyani bevosita


mikroskopda ko'rib, mikroorganizmlar hujayrasining miqdori (soni)
hisoblanadi (sanaladi). 
Preparat tayyorlash. Tekshiriladigan suspenziyadan aniq hajmda
(odatda, 0,02 dan 0,05 ml gacha) olib, mikropipetkada yaxshilab
yog'sizlantirilgan va quritilgan buyum oynasiga tomiziladi; bu
buyum oynasi maydoni 6 yoki 4 sm2 qilib chizilgan millimetr qog'ozga 
joylashtirilgan bo'ladi. Keyin suspenziya tomchisiga agar-agarning
sterillangan 0,03% li suvli eritmasidan bir tomchi qo'shib, 
sterillangan biologik ilmoq bilan tez aralashtiriladi va qog'ozda
belgilangan maydonga bir tekis taqsimlanadi. Mazokni havoda 
quritib,96% li spirt bilan 20-30 minut fiksirlanadi va ma'lum vaqt 
davomida u yoki bu bo'yoq bilan bo'yaladi. Keyin preparat ehtiyotlik 
bilan kristallizatorda suvda yuviladi. Preparat suv tiniq bo'lguncha bir
necha marta yuviladi. Tayyor bo'lgan preparat havoda quritiladi. 
Mikroorganizmlar hujayrasi immersion obyektivda okulyarga
o'rnatilgan okulyar to'ridagi kvadratlardan sanaladi.
Preparatni diagonal bo'yicha u yoq-bu yoqqa surib, to'rdagi 50-100 ta
kvadratdagi (kamida 10 ko'rish maydonidagi) mikroorganizmlar 
hisobga olinadi. Okulyar setkasi bo'lmasa, mikroskopning butun ko'rish
maydonidagi hujayralarni sanash mumkin. Amaliy maqsadga 
muvofiqlik nuqtai nazaridan qaralganda hisoblangan hujayralarning 
umumiy soni (S x) 600-1000 birlikka teng bo'lganda maksimal
aniqlikka erishiladi. 
Olingan ma’lumotlarga asoslanib, setkaning kvadratidagi У 
hujayralarning o'rtacha soni aniqlanadi x = 
; bu yerda n- setkadagi
hujayralar soni sanalgan kvadratlar (ko'rish maydoni). Ishonchli 
intervalni aniqlashda variant uchun o'rta kvadratli o'zgarish ushbu
formula bo'yicha hisoblanadi: 
Ŏ

95% ga teng darajali ko'rsatkichda (P095) to'rning kvadratidagi
(ko'rish maydonidagi) ehtimolga yaqin bo'lgan hujayralar soni ushbu
formuladan foydalanib hisoblanadi:
x + 2Ŏ
P
099
da ishonchli interval + 2,7 Ŏ ga muvofiqdir. 
O'rganilayotgan substratning 1 g (1 ml) dagi hujayralarning 
ehtimolga eng yaqin sonini aniqlash uchun suyultirilganligini,


suspenziyaning hajmini, mazokdagi okulyar setkasi kvadrati 
maydonini (ko'rish maydonini) hisobga olish zarur. 
Okulyar to'ri kvadratining maydoni (ko'rish maydoni) obyektiv
mikrometr yordamida aniqlanadi . Obyekt-mikrometrni mikroskop 
stolchasiga preparat o'rniga qo'yib, hujayralar sanalgan kattalashtirishda 
to'r kvadratining tomoni (yoki ko'rish maydonining diametri) o'lchanadi. 
Kvadratning tomonini bilgandan keyin, uning maydoni-S aniqlanadi.
Ko'rish maydoni S =πR
2
formula bo'yicha hisoblab topiladi. 
To‘r kvadratidagi hujayralar sonini 1 g (1 ml) substratdagi 
mikroorganizmlar miqdoriga aylantirish uchun quyidagi formuladan
foydalaniladi: 
( )
Bu yerda: S- to'r kvadratining maydoni (mkm2), 0,05-olingan
suspenziyaning miqdori, 6
10
8 -
mazokning maydoni,
К - suspenziyaning suyultirilganligi. 

Yüklə 33,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin