2
Son va raqam tushunchasi. Natural sonlar.
Matematikada noldan to’qqizgacha bo’lgan belgilardan foydalaniladi. Ya’ni
0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 lardir. Bu belgilarga raqamlar diyiladi. Sonlar esa raqamlardan
xosil bo’ladi.
Masalan. 1) 93 soni 9 va 3 raqamidan xosil bo’ladi.
2) 275 soni 2, 3 va 5 raqamlaridan xosil bo’ladi.
Agar son nechta raqamdan tuzulgan bo’lsa, u shuncha xonali son diyiladi.
Masalan. 56 soni ikki xonali, 268 soni uch xonali, 35689 soni besh xonali sonlardir.
Sanashda ishlatiladigan sonlar natural sonlar diyiladi.
Natural sonlar 1 dan boshlanadi. Demak, eng kichik natural son bir. Eng katta natural
son mavjud emas. Chunki eng katta deb olgan natural songa birni qo’shsak undan katta
son xosil bo’ladi. Natural sonlar N harfi bilan belgilanadi.