1-dars Fan: Matematika Sinf: SanaDars jarayoni va texnologiyasi
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning bir va ikki xonalai sonlar haqida egallagan bilimlarini boyitib borish, 20 sonining tarkibi haqida tushuncha berish, ikki xonali sonlarni xona birliklariga ajrata olish. 2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani rivojlantirish Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. O`qituvchi o`tilgan mavzuni o`quvchilarga ekran orqali yoki ko`rgazmalar orqali tushuntirib beradi. O`nta birlik bitta o`nlik bo`lishi ekranda sanoq cho`plar orqali tushuntiriladi. Agar o`quvchilarning o`zlarida sanoq cho`plari bo`lsa, har biri o`zining partasida bajarib ko`rishlari mumkin. Ikkita o`nlikning hosil bo`lishi ekran orqali tushuntiriladi. Unda ikkita o`nlik va no`lta birlik borligi tushuntiriladi. 20 sonining hosil qilinishi va tarkibi tushuntiriladi.Sanoq choplar orqali va turli xil ko`rgazmalardan foydalanib sonlar hosil qilinadi. 10+10=20 19+1=20 15+5=20 20 soni ichida ikkita o`nlik bor O`tilgan mavzularni mustahkamlash uchun “Tipratikan’ trenajyori beriladi. III. Mustahkamlash. Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi misol va masalalar bajariladi. 8-misol jadval asosida o`quvchilar bilan o`rganilgan mavzular mustahkamlanadi. 10+9=19 10+5=15 10+6=16 10+7=17 10+8=18 10+10=20 9-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi. Qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Masala ishlash orqali o`quvchilarni mehnatsevarlikka, qushlarni sevishga va ularni parvarish qilishga undab boriladi. Akbarda- 10 ta Salimda- shuncha Ikkalasida- ? ta Yechish: 10+10=20 (ta) Javob:Ikkalasida 20 ta kanareyka bor. 10-misol doskada va daftarda bajariladi. 12=10+2 14=10+4 19=10+9 13=10+3 15=10+5 16=10+6 17=10+7 18=10+8 20=10+10 11-masalanins sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi. Qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Bor edi -10 ta Yechish: Qo`yildi- 8 ta 10+9=19 (ta) Bo`ldi-? ta Javob: Oshxonada 19 ta stol bo`ldi. 12-misolda berilgan chizmada nechtadan uchburchak borligi aniqlanadi. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. So`ng “Uycha” trenajyori orqali o`tilgan mavzu mustahkamlanadi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 103-betidagi 13-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.. .Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 103-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |