1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning bir va ikki xonalai sonlar haqida egallagan bilimlarini boyitib borish, 10-20 gacha bo`lgan sonlarning tarkibi haqida tushuncha berish, ikki xonali sonlarni xona birliklariga ajrata olish. 2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani rivojlantirish Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. O`qituvchi o`tilgan mavzuni o`quvchilarga ekran orqali yoki ko`rgazmalar orqali tushuntirib beradi. O`nta birlik bitta o`nlik bo`lishi ekranda sanoq cho`plar orqali tushuntiriladi. Agar o`quvchilarning o`zlarida sanoq cho`plari bo`lsa, har biri o`zining partasida bajarib ko`rishlari mumkin. Ikki xonali sonlarning hosil bo`lishi ekran orqali tushuntiriladi. Unda nechta o`nlik va nechta birlik borligi tushuntiriladi. O`tilgan mavzularni mustahkamlash uchun “Tipratikan’ trenajyori beriladi. III. Mustahkamlash. Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi misol va masalalar bajariladi. 1-misol doskada va daftarda bajariladi. 10+10=20 20-10=10 18-8=10 10+9=19 14+1=15 15-5=10 12+3=15 12-2=10 2-misol bajariladi. 17<19 20>18 16=16 15>14 3-misolda sonlar tarkibi mustahkamlanadi. 19=10+9 20=10+10 18=10+8 9-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi. Qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Masala ishlash orqali o`quvchilarni do`stlikka, inoqlikka va hamjihatlikka undab boriladi. Hammasi -18 ta O`g`il bolalar – 10 ta, ? ta ko`p Qiz bolalar-8 ta , ? ta kam Yechish: 10-8=2 (ta) Javob: O`g`il bolalar -2 ta ko`p, qizlar 2 ta kam. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. So`ng “Uycha” trenajyori orqali o`tilgan mavzu mustahkamlanadi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 103-betidagi 13-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.. .Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 104-dars
19> Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |