1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarga 40 dan 49 gacha bo`lgan sonlar haqida bilim berish, ikki xonali sonlar haqidagi bilimlarini boyitish. 2) O`quvchilarni ko`chada yurish odobi, kattalar bilan muomala qilish va transportda yurish qoidalari haqida tushunchalarini boyitish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani rivojlantirish Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. “Kim tez topadi ” enerjayzeridan foydalanib o`quvchilar 4 guruhga bo`linadi. 1-g: Bilimdonlar 2-g: Zukkolar, 3-g- Epchilalar 4-g: Donolar. So`ng o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun ekranda berilgan topshiriqlar bajariladi. Har bir guuhga alohida topshiriqlai misollar beriladi. Qaysi qator tartib-intizom asosida berilgan topshiriqni tez va to`gri bajarsa shu guruh g`olib sanaladi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. O`quvchilar e`tibori darslikning 40 dan 49 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligiga , tartibi hamda tarkibiga qaratiladi. 40,41,42,43,44,45,46,47,48,49 - bular ikki xonali sonlar deyiladi. 41 soni- bu bitta 40 va 1 dan, 42 soni- bu bitta 40 va 2 dan, va h.z, 49 soni bu bitta 40 va 9 dan iboratdir. Yoki, 41 soni 4 ta o`nlik 1 ta birlikdan, 42 soni- 4 ta o`nlik va 2 ta birlikdan, 43 soni- 4 ta o`nlik va 3 ta birlikdan h.z. ekanligi tushuntiriladi. Tushuntirishda abakdan yoki sanoq cho`plardan foydalaniladi. Mavzu 1-misol o`rqali tushuntiriladi. Sonlar tartibi va yozilishi ko`rsatib beriladi va yozdiriladi. IV. Mustahkamlash. Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi misol va masalalar bajariladi. 2-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi. Qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Masala ishlash orqali o`quvchilarga tejamkorlik haqida , pullarni ishlatayotganda tejab ishlatish lozimligi, daftar varoqlarini yirtmaslik haqida tushuncha beriladi. Katak daftar- 40 ta Chiziq daftar- 9 ta Hammasi- ? ta Yechish: 40+9=49(ta) Javob:Hamma daftarlar 49 ta 3-misol sanoq cho`plar yordamida yechiladi. 1-jadvalda 4 ta o`ntalik va 6 ta bittalik cho`p= 46 2-jadvalda 4 ta o`ntali va 8 ta birlik= 48 40dan 49 gacha bo`lgan sonlar tarkibi cho`plar yordamida ko`rsatib beriladi. 4-misolda berilgan bo`sh kataklarni sonlar bilan to`ldiriladi. 41,42,43,44,45,46,47,48,49. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. So`ng “Uycha” trenajyori orqali o`tilgan mavzu mustahkamlanadi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 107-betidagi 5-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi...Dars yakunlandi.
108-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |