1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana


Dars jarayoni va texnologiyasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə363/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Dars jarayoni va texnologiyasi

Dars bosqichi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini mustahkamlash, 0 bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo`shish va ayirishni o`rgatish.

2) Mavzuning mohiyatini o`quvchilar ongiga singdirishda turli usullardan foydalanish, ilg`or texnologiya asosida yakka, jamoa bo`lib darsga jalb qilish orqali topqirlik, tezkorlik fazilatlarini tarbiyalab borish.

3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish.

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun”Matematik estafeta” o`tkaziladi. O`qituvchi tomonidan A4 formatdagi qog`ozga misollar yozilgan bo`ladi. O`quvchilar bu misollarni tez va to`g`ri yechib bo`lishlari lozim.. Misoldagi qavslarning mohiyati yuzasidan takrorlash o`tkaziladi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi.

O`quvchilar e`tibori “0 bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qoshish va ayirish” mavzusiga qaratiladi. Avval o`quvchilarga 0 bilan tugaydigan ikki xonali sonlar eslatiladi va o`qitiladi.

10,20,30,40,50,60,70,80,90 sonlari ustida ayirish va qo`shish amallarining bajarilishi misollar yordamida tushuniriladi.

M-n: 10+50=60 Demak, 1 ta o`nlikka 5 ta o`nlikni qo`shsak 6 ta o`nlik hosil bo`ladi.

90-40=50 Demak, 9 ta o`nlikdan 4 ta o`nlikni ayirsak, 5 ta o`nlik qoladi.

Mavzuni tushuntirishda 7-misoldan foydalaniladi.



Kamayuvchi

90

50

80

40

20

30

60

Ayriluvchi

20

30

40

20

10

20

50

Ayirma

70

20

40

20

10

10

10

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

IV. Mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamalsh uchun darslikdagi misol va masalalar bajariladi.

8-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Shu o`rinda o`quvhcilar qalbida kitobga bo`lgan mehr oshiriladi..

Ertak kitob-20 ta

She`riy kitob-? Ta

Hammasi-30 ta

Yechish: 30-20=10 (ta)

Javob: She`riy kitoblar 10 ta.

9-misol daftarda bajariladi.Sonlar taqqoslanadi.

90>80 50<70 60>30 20<40

10-masalada rasm asosida masala tuziladi va yechimi topiladi.

Yechish: 20-10=10 (kg)

11-masalada shakllar nomi topiladi va burchagi yo`q shakl aniqlanadi. (doira)

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 124-betidagi 12-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

128-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin