1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini mustahkamlash, 0 bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo`shish va ayirishni mustahkamlash, ikki amalli masallarni ishlashni o`rgatish. 2) O`quvchilarni o`quv qurollarini asrab avaylashga, maktab jihozlarini yaxshi saqlashga o`rgatish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. 0 bilan tugaydigan ikki xonalai sonlar mavzusini mustahkamlash uchun sonlar o`ntalab sanatiladi. Shu orqali tushirib qoldirilgan raqamlarni qatordagi o`rniga qo`yadi va 10 dan 1000 gacha oraliqda 10 talab to`g`ri va teskari sanaladi: 10,20,30,40,50,60,70,80,90; 90,80,70,60,50,40,30,20,10 “Sonlarni tarkibini to`ldiring” trenajyori o`quvchilar bilan bajariladi. So`ng qavsli ifodalarda qavs ichi birinchi bajarilishi yana bir bor ta`kidlanadi. 35+(14+6)=35+20=55. Darslikdagi 1-misol og`zaki bajariladi. 2-misol esa mustaqil ravishda daftarda bajariladi. 10- (6+3)=1 16-(7+3)=6 ( 6+4) -3=7 III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Mavzuni tusuntirishda tasvirdan foydalaniladi. Darslikdagi 3-masala ekranda aks etadi. 1-qutida 5 ta qalam bor. 2-qutidagi qalamlar soni 1-qutidagidan 2 ta ortiq. Ikkala qutida nechta qalam bor. 5 ta qalam ? , 2 ta ortiq. ? ta Masalani ishlashdan avval o`quvchilar diqqatida masaladagi so`roqlar tanishtiriladi. Biz har doim 1 ta muammoli savol qoyar edik, bugungi masalamizda muammoli savolimiz 2 ta, shuning uchun masala shartiga ikkita so`roq qo`yilgan. Demak, bu maslamiz ikki amal bilan yechimi topilar eka, bu masala ikki amalli masala deyiladi. Yechish: 1) 5+2=7 (ta) 2) 5+7=12 (ta) Javob: Ikkala qutida 12 ta qalam bor Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Mavzuni mustahkamalsh uchun darslikdagi misol va masalalar bajariladi. 4-mnisol doskada va daftarda bajariladi: 40+7=47 20+9=29 65-5=60 72-2=70 78-8=70 27+2=29 27-7=20 50+6=56 5-masala og`zaki bajariladi.Y Yechish: 1) 22-10=12 (ta yo`lovchi 2-tramvayda) 2) 22+12=34 (ta ikkala tarmvayda) Javob: Ikkala tramvayda 34 nafar yo`lovchi bor. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 125-betidagi 6-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 129-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |