1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini mustahkamlash, 0 bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo`shish va ayirishni mustahkamlash, ikki amalli masallarni ishlashni o`rgatish. 2) O`quvchilarni o`quv qurollarini asrab avaylashga, maktab jihozlarini yaxshi saqlashga o`rgatish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. 0 bilan tugaydigan ikki xonalai sonlar mavzusini mustahkamlash uchun sonlar o`ntalab sanatiladi. Shu orqali tushirib qoldirilgan raqamlarni qatordagi o`rniga qo`yadi va 10 dan 1000 gacha oraliqda 10 talab to`g`ri va teskari sanaladi: 10,20,30,40,50,60,70,80,90; 90,80,70,60,50,40,30,20,10 “Sonlarni tarkibini to`ldiring” trenajyori o`quvchilar bilan bajariladi. So`ng qavsli ifodalarda qavs ichi birinchi bajarilishi yana bir bor ta`kidlanadi. 35+(14+6)=35+20=55. Darslikdagi 1-misol og`zaki bajariladi. 2-misol esa mustaqil ravishda daftarda bajariladi. 10- (6+3)=1 16-(7+3)=6 ( 6+4) -3=7 III.Mustahkamlash: Ikki amalli masalalar yuzasidan takrorlash va mustahkamlash ishlari olib boriladi. Mavzuni tusuntirishda tasvirdan foydalaniladi. Darslikdagi 3-masala ekranda aks etadi. 1-qutida 5 ta qalam bor. 2-qutidagi qalamlar soni 1-qutidagidan 2 ta ortiq. Ikkala qutida nechta qalam bor. 5 ta qalam ? , 2 ta ortiq. ? ta Masalani ishlashdan avval o`quvchilar diqqatida masaladagi so`roqlar tanishtiriladi. Biz har doim 1 ta muammoli savol qoyar edik, bugungi masalamizda muammoli savolimiz 2 ta, shuning uchun masala shartiga ikkita so`roq qo`yilgan. Demak, bu maslamiz ikki amal bilan yechimi topilar eka, bu masala ikki amalli masala deyiladi. Yechish: 1) 5+2=7 (ta) 2) 5+7=12 (ta) Javob: Ikkala qutida 12 ta qalam bor Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. Mavzuni mustahkamalsh uchun darslikdagi misol va masalalar bajariladi. 7-misol daftarga yozdiriladi. Sonlar qatori to`ldiriladi. 15,20,25,30,35,40,45,50,55,60,65,70,75,80,85,90,95 10,20,30,40,50,60,70,80,90 8-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yehimi topiladi. 1 to`pda- 36 m Yechish: 36+12=48 (m) 2-to`pda- 12 m ? m Javob: Ikkala to`pda 48 m atlas bor. 9-misol doskada va daftarda ishlanadi. 10-masala og`zaki bajartiriladi: Yechish: 17-7=10 (ta) 17+10=27 (ta) V. O`quvchilarni baholash.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 126-betidagi 12-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 130-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |