1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga 1 ,2, 3 soni haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, +, = belgilari haqidagi bilimlarini o`rganish. 2) Dars davomida misol-masalalarni yechish orqali o`quvchilarning ziyraklik, topqirlik, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalash. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. 1 , 2,3 soni bilan bog`liq rasmlar ko`rsatiladi va mavzular mustahkamlanadi.1.2. 3 haqida yod olgan she`rlari so`raladi, 1,2, 3 soni doskada yozib ko`rsatiladi. 1, 2,3 soni predmetlar asosida taqqoslanadi. O`quvchilarga 1 dan 10 gacha sonlarni to`g`ri va teskari sanatiladi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. “+ va = ” ishoralarining vazifalari va mazmuni o`qituvchi tomonbidan yoritiladi. Predmetlar asosida qo`shuv ishorasi tushuntiriladi.Qo`shish bu narsalarning sanog`ini oshirishga yordam beradi. Barobar belgisi bu hosil bo`lgan natijalarning kelib chiqishini ko`rsatib beradi. Barobar “=” belgisi qo`yilmasa misol va masala yechimi aniqlanmaydi. Doskada + , - , = belgilari yozib ko`rsatiladi. 1-misol orqali doskada o`quvchilarga predmetlar orqali tushuntirladi. Avval 3 sonini hosil qilamiz. Berilgan geometrik shakl nomlari va ranglari, hayotda uchraydigan predmetlarga o`xshashligi aytib o`tiladi. 2 ta yashil doirachaga 1 ta qizil doirachani qo`shsak necha hosil bo`ladi. 2 + 1 = 3 2-misol bajariladi.Predmetlar orqali bir necha bor misol ishlanadi va doskaga yozish ko`rsatiladi. 1+1=2 2+1=3 Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 18-sahifasida berilgan 3-misol ishlanadi.Kapalaklar hayoti haqida o`quvchilarga tsuhuncha beriladi. Eng kam umr ko`ruvchi hasharot ekanligi va ularga ozor bermaslik haqida aytib o`tiladi. 2+1=3 1+2=3 4-misol predmetlar orqali taqqoslanadi. 1 < 2 3>2 2=2 2< 3 Rasm asosida suhbat o`tkaziladi. Tuyalarning cho`lga moslashganligi, 1 oylab suv ichmasa ham suvsizlikka chidashi, tuya suti inson sog`ligi uchun foydali ekanligi, qadimda tuyalar yuk tashish uchun xizmat qilishgani haqidagi ma`lumotlar berib o`tiladi. Shuningdek cho`lning jazirama issiqligi, qumlar bilan qoplanganligi aytiladi. 5-misol ham bajariladi. 1+2=3 2+1=3 “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.
18-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |