1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga 1 ,2, 3 soni haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, - , = belgilari haqidagi bilimlarini o`rganish. 2) Dars davomida misol-masalalarni yechish orqali o`quvchilarning ziyraklik, topqirlik, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalash. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. 1 , 2,3 soni bilan bog`liq rasmlar ko`rsatiladi va mavzular mustahkamlanadi.1.2. 3 haqida yod olgan she`rlari so`raladi, 1,2, 3 soni doskada yozib ko`rsatiladi. 1, 2,3 soni predmetlar asosida taqqoslanadi. O`quvchilarga 1 dan 10 gacha sonlarni to`g`ri va teskari sanatiladi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. “ - va = ” ishoralarining vazifalari va mazmuni o`qituvchi tomonbidan yoritiladikamaytirishga yordam beradi. Barobar belgisi bu hosil bo`lgan natijalarning kelib chiqishini ko`rsatib beradi. Barobar “=” belgisi qo`yilmasa misol va masala yechimi aniqlanmaydi. Doskada + , - , = belgilari yozib ko`rsatiladi. 1-misol orqali doskada o`quvchilarga predmetlar orqali tushuntirladi. Avval 3 sonini hosil qilamiz. Berilgan predmetlar orqali ayirish amali tushuntiriladi. 3 ta o`rdakchalar bor edi. Ulardan 1 tasi ketib qoldi. Nechta o`rdakcha qoldi? 3-1=2 2-misol ham predmetlar yordamida tushuntiriladi va ayirishning mohiyati tushuntiriladi. Mevalar va ularning inson salomatligiga ahamiyati haqida aytib o`tiladi. Salimda 2 ta yong`oq bor edi. 1 tasini chaqib yedi. Unda nechta yong`oq qoldi? 2-1=1 Komilada 3 ta olma bor edi. Omalarning ikkitasini singlisi bilan yedi. Nechta olma qoldi? 3-2=1 Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 20-sahifasida berilgan 3-misol ishlanadi.Oyinchoqlar va ularning turlari, yumshoq o`yinchoqlarning yaratilishi haqida tushuncha beriladi. 3-1=2 3-2=1 4-misolda o`quvchilar tipratikanga misollarni to`gri ishlashga yordam beradilar. Narsalar orqali misol ishlab ko`rsatiladi. 3-1=2 3-2=1 1 < 2 3>2 2=2 2< 3
V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 19-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |