1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə84/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga 1 ,2,3, 4,5 soni haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, 6 soni bilan tanishtirish.

2) O`quvchilarga dars berish orqali har bir matematik muammoni ahillik, birodarli va hamjihatlik bilan hal etishi zarurligini uqtirish;

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi.Ekranda 6 ta lola guli va 6 soni ko`rsatiladi va quyidagi she`r o`qiladi.

5 dan keyin 6 man,

Raqamlarning oldiman.

Ikkala 3ni qo`shsang bas,

Hech qachon esdan chiqmas.

Darslikda berilgan topshiriqlar navbati bilan bajariladi.

1-misol orqali 6 soni hosil qilinadi.

4+2=6 2+4=6 3+3=6 5+1=6 1+5=6
2-masala rasmlar asosida bajariladi.

5 ta qizil atirgul uzildi.Song yana 1 ta sariq atirgul uzildi. Atirgullar nechta bo`ldi? 5+1=6 1+5=6

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 30-sahifasida berilgan misollar ishlanadi. 3-misolda o`quvchilar bo`sh katakkka zarur sonni yozadilar. 5+1=6 6-1=5 1+5=6

4-misolda kubiklar bilan ishlanadi. 1+5=6 5+1=6

Ekran orqali “Ikki do`st” multfilmi namoyish etiladi. O`quvchilar bilan do`sytlik haqida suhbat o`tkaziladi.

5-misol ekran prqali namoyish etiladi va sonlar qatori hosil qilinadi.

234 345 456 Berilgan sonlarga qo`shni sonlar topiladi va aytiladi.

6-masalada 6 sonini hosil ilish uchun “Sonlarning tarkibini to`diring” trenajyor mashqi bajartiriladi.O`qituvchi o`yin misolida do`stlik haqida tushuncha beradi. Har doim inoq bo`lib yurishga chaqiradi va bolalarning nigohini ekranga qaratadi.

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.


“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

29-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin