1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə81/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga 5 soni haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, 5 soni ichida ayirishni o`rgatish..

2) O`quvchilarga tabiatga munosabatining mohiyatini , tabiatni muhofaza qilish insonlarning burchi ekanligi haqida tushuncha berish.

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.

Sinf 3 guruhga bo`linadi. Har bir guruh uchun doskada misollar yoziladi. Kim tez berilgan misollarni ishlab tugatsa shu guruh g`olib sanaladi.

2+2= 3+2= 1+2=

4-1= 4-2= 4-3=

3+1= 1+3= 2+3=

1+1= 4+1= 3+1= .

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 5 soni ichida ayirish mavzusi tushuntiriladi.

1-masaladagi rasm asosida ishlar olib boriladi. O`quvchilarga qo`ziqorinlar, ularning qayerlarda o`sishi, inson uchun zararli qo`ziqorinlar ham mavjudligi, uylarni iste`mol qilishda ehtiyot bo`lishgi ta`kidlanadi.Berilgan rasm asosida misollar ishlanadi.

5 ta qo`ziqorin bor edi. Uni 1 tasini ishlatdik. Nechta qo`ziqorin qoldi? 5-1=4

5 ta qo`ziqorin bor edi. Uni 4 tasini ishlatdik. Nechta qo`ziqorin qoldi? 5-4=1

2-masaladagi rasm asosida masala tuziladi va yechimi topiladi. Oqqushlar haqida , ularning chiroyi haqida aytib o`tiladi va “Irkit o`rdakcha” ertagi qisqa aytib beriladi.

Hivuzda 5 ta oqqush suzib yurgan edi. Ularning 2 tasi qirg`iqqa chiqshdi. Hovuzda nechta oqqush qoldi? 5-2=3 ta

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 29-sahifasida berilgan 3-misol predmetlar yordamida ishlanadi. 5-3=2 5-4=1

So`ng 4-misol doskada yozdiriladi va daftarlarga yozish tushuntiriladi.

1<2 5>4 5=5 3>2

“Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

28-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin