1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga 5 soni haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, 5 soni ichida qo`shishni o`rgatish.. 2) O`quvchilarga tabiatga munosabatining mohiyatini , tabiatni muhofaza qilish insonlarning burchi ekanligi haqida tushuncha berish. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. 1, 2,3,4,5 soni bilan bog`liq rasmlar ko`rsatiladi va mavzular mustahkamlanadi.Turli xil rasmlar ko`rsatiladi va didaktik o`yinlar o`ynatiladi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 5 soni ichida tushuntiriladi. 1-masaladagi rasm asosida ishlar olib boriladi. O`quvchilarga kiyiklar haqida ma`lumotlar beriladi. Ularning yashash tarzi, o`txo`r hayvon ekanligi haqida ma`lumotlar beriladi. Hozirda kiyiklar soni keskin kamayib borayotganligi, ularni muhofaza qilish uchun qo`riqxonlar tashkil etilganligi haqida aytiladi. Rasm asoisida o`gzaki masala tuziladi va yechiladi. Yaylovda 4 ta kiyik o`tlab yurgan edi. Ularga 1 ta kiyik qo`shildi. Kiyiklar nechta bo`ldi? 4+1=5 1+4=5 Javob: yaylovda 5 ta kiyik o`tlamoqda. Soi`ng 2-msol yordamida 5 soni ichida qo`shish mavzusi tushuntiriladi va mustahkamlanadi. 4 ta qizil kubikka 1 ta ko`k kubikni qo`shsak, nechta kubik hosil bo`ladi? 4+1=5 ta 3 ta siyohrang koptokka, 2 ta qizil, ko`k koptokni qo`shsak , nechta koptok hosil bo`ladi? 3+2=5 Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 28-sahifasida berilgan 3-masala yordamida o`quvchilarga masal tuzishni yana bir bor o`rgatamiz., bo`sh kataklar to`ldiriladi. 3+2=5 ta 2+3=5 ta So`ng 5-misol doskada yozdiriladi va daftarlarga yozish tushuntiriladi. 3+1=4 2+2=4 2+2=4 1+3=4 4+1=5 3+2=5 1+4=5 2+3=5 “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 27-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |