1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga 5 soni haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, 5 soni ichida sodda masalalar tuzishni o`rgatish.. 2) O`quvchilarga tabiatga munosabatining mohiyatini , tabiatni muhofaza qilishinsonlarning burchi ekanligi haqida tushuncha berish. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. 1, 2,3,4,5 soni bilan bog`liq rasmlar ko`rsatiladi va mavzular mustahkamlanadi.Turli xil rasmlar ko`rsatiladi va didaktik o`yinlar o`ynatiladi. 5 haqida yod olgan she`rlari so`raladi, 5 soni doskada yozib ko`rsatiladi. 1,2,3,4,5 soni predmetlar asosida taqqoslanadi. O`quvchilarga 1 dan 10 gacha sonlarni to`g`ri va teskari sanatiladi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 5 soni ichida sodda masallar tuzish tushuntiriladi. 1-masaladagi rasm asosida ishlar olib boriladi. O`quvchilarga , tipratikanlar haqida ma`lumotlar beriladi. Ularning terisi tikan bilan qoplanganligi va bu uni o`zini –o`zi himoya qilish uchun zarurligi tushuntiriladi. Son`g rasmlar asosida sodda masallar tuzish o`rgatiladi. - Bollar rasmda nimalarni ko`rayapsiz? (tipratikanlar va olmalar) - Tipratikanlar nima qilishyapti? (Ular yerga tushgan olmalarni olib ketishyapti) - Tipratikanlar nechta? (5 ta) Olmalarchi? ( 5 ta) Ular taqqoslanadi va berilgan misol yordamida masala tuziladi. 3 ta tipratikan olmalarni olishdi. So`ng yana 2 tasi olishdi. Jami nechta olma yerga tushgan? 3+2=5 yoki 2+3=5 Javob: Jami 5 ta olma yerga tushgan. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 27-sahifasida berilgan 2-masala yordamida o`quvchilarga masal tuzishni yana bir bor o`rgatamiz. Lola gulzordan avval 4 ta atirgul uzdi, So`ng yana 1 ta atirgul uzdi. Lola jami nechta atirgulk uzgan? 4+1=5 Javob: Lola jami 5 ta atirgul uzgan. So`ng gulbarglarda berilgan misollar og`zaki ishlanadi. 1+1=2 4+1=5 3+1=4 2+1=3 So`ng 3-misol doskada yozdiriladi va daftarlarga yozish tushuntiriladi. 2+1=3 3+2=5 5-2=3 3+1=4 2+2=4 4-2=2 4+1=5 1+2=3 3-2=1 4-misol o`quvchilar bilan birgalikda bajariladi. Predmetlar asosida sonlar taqqoslanadi. 5>1 4< 5 3<4 5>2 5=5 3<4 1>5 3=3 “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.
26-dars
4>4> Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |