1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash, o`quvchilarga avval, keyin, oldin, oldinroq, keyinroq tushunchalarini idroqk qilsihga o`rgatish. 2) O`quvchilarni jamoada birgalikda ishlash, bir-birining fikrini hurmat qilish, topqirlik fazilatlarini namoyon eta olishga o`rgatish.; 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.Predmetlar yordamida o`rganilgan sonlar taqqoslanadi.Sonlar ketma ketligi aytiladi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu “Avval, keyin, oldin, oldinroq, keyinroq” tushunchalarini idrok etish ekanligi aytib o`tiuladi. Darslikning 41-sahifasida berilgan rasmlar asosida suhbat o`tkaziladi.O`quvchilarning ar bir harakati vaqt bilan o`lchanishi, bu vaqtni to`g`ri taqsimlay olish, vaqtdan unumli foydalanishni o`rganish kabi tushunchalarni yoritish kerakligi aytiladi. Har kuni biz ertalab uyg`onamiz va avval badantarbiya qilamiz, keyin yuz qolimizni yuvamiz. Maktabga bostrishdan oldin nonushta qilamiz. Darsdan keyin uyga kelib, tushlikdan keyin uy vazifalarini bajaramiz. Keyinroq esa bir oz uy yumushlariga qarashamiz. Undan so`ng kechki ovqatni tanovul qilib, uxlashga yotamiz. O`quvchilarga har bir tushuncha misollar bilan yoritib beriladi. Har bir vaqtimiz soat bilan o`lchanishi aytiladi.O`quvchilar ham maktabga kelishlaridan oldin nima qilishlari haqida aytib o`tishadi. Bu bilan ular bu tushunchalarni o`z o`rnida qo`llayotganligini ani`qlaymiz. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 41-sahifasida berilgan 2-misol og`zaki bajariladi. 3-misol o`quvchilar bilan doskada bajariladi. 4+3=7 5-3=2 5+3=8 5-1=4 1+8=9 6-2=4 4-misol o`quvchilar bilan og`zaki bajariladi. 4+3=7 6+1=7 5+2=7 2+5=7 6+3=8 1+8=9 8+1=9 2+7=9 5-masalada berilgan geometrik shaklla va ular ichiga joylashtirilgan shakllar haqida suhbat uyushtiriladi. “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.
40-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |