1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash, 10 soni bilan bog`liq misol va masallarni o`rganish. 2) O`quvchilarni jamoada birgalikda ishlash, bir-birining fikrini hurmat qilish, topqirlik fazilatlarini namoyon eta olishga o`rgatish.; 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.Predmetlar yordamida o`rganilgan sonlar taqqoslanadi.10 soni bilan bo`gliq she`rlar yodlatiladi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi. 10 sonining hosil bo`lishi eslatib o`tiladi. 6-misolda berilgan sonlar ketma-ketligini to`ldirih o`quvchilarga tushuntiriladi. 7-misollarni ishlash orqali 10 soni ichida qo`shish va ayirish tushuntiriladi. 4+5=9 1+5=6 3+5=8 2+5=7 10-7=3 10-4=6 10-6=4 10-8=2 8-misolda o`quvchilar sonlarni taqqoslaydilar. 6<7 8>7 4<8 5=5 7<9 10>2 9<10 9=9 Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. O`ng qo`limda besh barmoq, Chap qo`limda besh barmoq. Ikkisini qo`shsangiz, Hosil bo`lar o`n barmoq.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 40-sahifasida berilgan 9-misol ishlanadi 9-misol o`qituvchi rahbarligida predmetlar yordamida tushuntiriladi va ishlanadi. 6+4=10 8-3=5 10-misolda berilgan “Sonlarning tarkibini to`ldiring” trenajyor mashqi o`quvchilar bilan ekran orqali bajariladi. “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 39-dars
10>9>8>7> Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |