1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarning 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligini to`g`ri va teskari sanash, 10 soni ichidagi sonlarni taqqoslash va 3 ni qo`shish va 3 ni ayirishga oid misol-masalalar yechish malakasini mustahkamlash. 2) O`quvchilarni tabiatni asrab avaylashga, qushlarga g`amho`rlik qilish, ularni parvarishlash haqida tushuncha berish.. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.”Kim chaqqon?” didaktik o`yini o`tkaziladi. O`qituvchi 10 ichida sonlarni oq`shish va ayirishga doir misollar aytadi. O`quvchilar o`zlarining oldidagi raqam yozilgan ko`rgazmalaridan to`g`ri javobni topadilar. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 1-misol orqali mavzu tushuntiriladi. O`quvchilar 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni birgalikda sanaydilar. Har bir sonning tarkibi o`rganiladi. So`ng 3 sonini qo`shish turli xil ko`rgazmalar yordamida tushuntiriladi. Menda 4 ta kitob bor edi, yana 3 ta kitob sotib oldim .Mendagi kitoblar soni nechta? 4+3=7 Sinf uchun 6 ta gul sotib olindi. O`quvchilar yana 3 ta gul olib keldilar. Sinfdagi gullar soni nechta? 6+3=9 Hovuzda 7 ta oqqush suzib yurdan edi. Ulardan 3 ta si uchib ketdi. Hovuzda nechta oqqush qoldi? 7-3=4 Shoxda 9 ta olma bor edi. Ulardan 3 tasi uzilib tushdi. Shoxda nechta olma qoldi? 9-3=6 Ekran orqali “Sonlarning tarkibini to`ldiring” topshirig`i bajariladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 53-sahifasida berilgan misollar ishlanadi. 1-misol doskada va daftarda ishlanadi. 3+3=6 3+2+1=6 6-3=3 6-2-1=3 2-misol mustaqil bajartiriladi. 4+3=7 9-3=6 5+3=8 4+2+1=7 9-2-1=6 5+2+1=8 3-misol ko`rgazmalar asosida bajartiriladi. 6+2+1=8+1=9 4-masala. Rasm asosida masala tuziladi va yechimi topiladi. Muzlatkichda 5 ta sabzi bor edi. Ovqatga ishlatilgandan keyin 3 ta ortgan sabzi muzlatkichga qo`yildi. Muzlatkichda hammasi bo`lib nechta sabzi bo`ldi? 5+3=8 ta. Shu o`rinda o`quvchilarga sabzavotlarning qanday yetishtiilishi, ularning inson salomatligi uchun foydali tomonlari aytib o`tiladi. 5-misol. 7-3=7-2-1=4 6-misol musobaqa tarzida o`tkaziladi. So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 52-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |