1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarning 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligini to`g`ri va teskari sanash, 10 soni ichidagi sonlarni taqqoslash va 2 ni qo`shish va 2 ni ayirishga oid misol-masalalar yechish malakasini mustahkamlash. 2) O`quvchilarni tabiatni asrab avaylashga, qushlarga g`amho`rlik qilish, ularni parvarishlash haqida tushuncha berish.. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.”Mening o`rnim qayerda” o`yini o`tkaziladi. Stol ustiga 1 dan 11 gacha bo`lgan sonlar teskari qilib qo`yiladi. O`quvchilar chiqib turli xil raqamlarni tanlashadi va bir-birlariga qarab to`g`ri bo`lib saflanib olishadi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 1-misol orqali mavzu tushuntiriladi. O`quvchilar 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni birgalikda sanaydilar. Har bir sonning tarkibi o`rganiladi. So`ng 2 sonini qo`shish turli xil ko`rgazmalar yordamida tushuntiriladi. Menda 4 ta kitob bor edi, yana 2 ta kitob sotib oldim .Mendagi kitoblar soni nechta? 4+2=6 Sinf uchun 6 ta gul sotib olindi. O`quvchilar yana 2 ta gul olib keldilar. Sinfdagi gullar soni nechta? 6+2=8 Hovuzda 7 ta oqqush suzib yurdan edi. Ulardan 2 ta si uchib ketdi. Hovuzda nechta oqqush qoldi? 7-2=5 Shoxda 9 ta olma bor edi. Ulardan 2 tasi uzilib tushdi. Shoxda nechta olma qoldi? 9-2=7 Ekran orqali “Sonlarning tarkibini to`ldiring” topshirig`i bajariladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 52-sahifasida berilgan misollar ishlanadi. 1-misol doskada va daftarda ishlanadi. 1+2=3 2+2=4 3+2=5 4+2=6 5+2=7 6+2=8 7+2=9 8+2=10 3-2=1 4-2=2 5-2=3 6-2=4 7-2=5 8-2=6 9-2=7 10-2=8 2-misol mustaqil bajartiriladi. 4+2=6 4+1+1=6 5+2=7 5+1+1=7 6-2=4 6-1-1=4 8-2=6 8-1-1=6 3-misol ko`rgazmalar asosida bajartiriladi. 6+2=6+1+1=8 4-masala. Rasm asosida masala tuziladi va yechimi topiladi. Do`konda 10 ta futbol koptogi bor edi. Koptoklarning 2 tasi sotildi. Do`konda nechta koptok qoldi? 10-2=10-1-1=8 Shu o`rinda o`quvchilarga sport turlari, qaysi sport turlarida koptoklar ishlatilishi, sportning inson salomatligi uchun ahamiyatli akanligi aytib o`tiladi. So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 51-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |