1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarning 1 ni qo`shish va 1 ni ayirishga oid misol-masalalar yechish malakasini mustahkamlash, 1 ni ketma-ket qo`shish va ayirish haqida tushuncha berish. 2) O`quvchilarni tabiatni asrab avaylashga, ekologik tarbiya berish, tartib-intizomga o`rgatish. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. 1 ni qo`shishga va ayirishga oid “Matematik diktant” yozdiriladi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 1-misol orqali mavzu tushuntiriladi. O`quvchilar songa 1 ni qo`shish va sondan 1 ni ayirishga oid bilimlarni takrorlaydilar. So`ng o`qituvchi tomonidan yangi mavzu e`lon qilinadi. Mavzu turli ko`rgazmalar yordamida tushuntiriladi. Menda 7 ta doira bor edi. Unga avval 1 ta qizil doira., so`ng yana 1 ta ko`k doirani qo`shaman. Mendagi doirachalar soni nechta bo`ldi? 7+1+1=8+1=9 Menda 7 ta olma bor edi. Ulardan 1 tasini ukamga, yana 1 tasini akamga berdim. Menda nechta olma qoldi? 7-1-1=6-1=5 Ekran orqali “Sonlarning tarkibini to`ldiring” topshirig`i bajariladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 51-sahifasida berilgan misollar ishlanadi. 2-misol doskada va daftarda ishlanadi. Savatda 5 ta anor bor edi. Bo`gbon o`g`li bilan 1 tadan anor yana solishdi. Savatda nechta anor bpoldi? 5+1+1=6+1=7 3-misol daftarda va doskada bajartiriladi. 7+1+1=9 6+1+1=8 8+1+1=10 5+1+1=7 8-1-1=6 9-1-1=7 4+1+1-6 7-1-1=5 4-masala rasmlar asosida ishlanadi. Likopchada 6 ta yongo`q bor edi. Salim 1 ta yongo`q chaqdi, Komila 1 ta yong`oq chaqdi. Likopchada nechta yong`oq qoldi. 6-1-1=4 5-masaladagi rasm asosida og`zaki masala tuzdiriladi va yechimi topiladi. Masalani yechishdan avval rasm asosida suhbat o`tkaziladi. Sinfdoshlar inoq bol`ishi, sayr va sayohatlarga borganda bir-birlarei bilan o`zaro hurmat va intizomli bo`lishlari, tabiatni iflos qilmaslik, unga ziyon yetkazmaslikka harakat qilish lozimligi aytib o`tiuladi. Maysazorda 9 ta o`quvchi o`ynab yurgan edi. Ustozlari Karim va Hilolani chqirib qoldi. Maysazorda nechta o`quvchi qoldi? 9-1-1=7 So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 50-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |