1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə144/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarning 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligini to`g`ri va teskari sanash, 10 soni ichidagi sonlarni taqqoslash va 1 ni qo`shish va 1 ni ayirishga oid misol-masalalar yechish malakasini mustahkamlash.

2) O`quvchilarni tabiatni asrab avaylashga, qushlarga g`amho`rlik qilish, ularni parvarishlash haqida tushuncha berish..

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.”Mening o`rnim qayerda” o`yini o`tkaziladi. Stol ustiga 1 dan 11 gacha bo`lgan sonlar teskari qilib qo`yiladi. O`quvchilar chiqib turli xil raqamlarni tanlashadi va bir-birlariga qarab to`g`ri bo`lib saflanib olishadi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 1-misol orqali mavzu tushuntiriladi.

O`quvchilar 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni birgalikda sanaydilar. Har bir sonning tarkibi o`rganiladi. 10 sonining tarkibi bu- 9 bilan 1, 8 bilan 2, 7 bilan 3, 6 bilan 4, 5 bilan 5 ning yig`indisidan hosil bo`lishi aytib o`tiladi.Song nol soni mavjud emas ma`nosini bildirishi eslatib o`tiladi.

So`ng 1 sonini qo`shish turli xil ko`rgazmalar yordamida tushuntiriladi.

Menda 8 ta daftar bor edi, yana 1 ta daftar sotib oldim . mendagi daftarlar soni nechta? 8+1=9

Likopchada 5 ta olma bor sdi. Onam yana 1 ta olmani likopchaga qo`ydi. Lokpchadagi olmalar soni nechta bo`ldi? 5+1=6

Ko`lmakchada 4 ta go`zlar suzib yurgan edi. Ularga ya 1 ta g`oz kelib qo`shildi. Go`zlar nechta bo`ldi? 4+1=5

So`ng ayirishga oid bo`lgan tushunchalar ko`rgazmalar yordamida tushuntiriladi.

Shoxda 7 ta olma bor edi. 1 ta olma uzilib tushdi. Shoxda nechta olma qoldi? 7-1=6

Onam 4 ta yopilgan nonni dasturxonga qo`ydi. 1 ta non yeyildi. Dasturxonda nechta olma qoldi? 4-1=3

Simyog`ochda 5 ta qaldirg`och bor edi. 1 ta qaldirg`och uchib ketdi. Simyog`ochda nechta qaldirg`och qoldi? 5-1=4

Ekran orqali “Sonlarning tarkibini to`ldiring” topshirig`i bajariladi.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 50-sahifasida berilgan misollar ishlanadi.

2-misol doskada va daftarda ishlanadi.

3-misol musobaqa tarzida bajartiriladi.

9+1=10 6+1=7 7+1=8 5+1=6 6-1=5 4-1=3 8-1=7 5-1=4

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.


“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

49-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin