1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana


Dars jarayoni va texnologiyasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə141/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Dars jarayoni va texnologiyasi

Dars bosqichi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarning 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligini to`g`ri va teskari sanash, 10 soni ichidagi sonlarni taqqoslash va misol-masallar yechish malakasini mustahkamlash, songa nolni qo`shish va yirish haqidagi bilimlarni tushuntirish.

2) O`quvchilarni o`zaro hurmat, bir-biriga do`stonoa munosabat bildirish, suhbatdoshining fikrini tinglay olish va undan to`g`ri xulosa chiqarishga o`rgatish.

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.

“Matematik diktant ” yozdiriladi.

III. Mustahkamlash

So`ng yangi mavzuyuizasidan mustahkamlsh ishlari olib boriladi. Mavzu yana bir bor tushuntirib o`tiladi.Turli xil ko`rgazmalar orqali mavzu mustahkamlanadi.

O`quvchilar 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni birgalikda sanaydilar. Har bir sonning tarkibi o`rganiladi. 10 sonining tarkibi bu- 9 bilan 1, 8 bilan 2, 7 bilan 3, 6 bilan 4, 5 bilan 5 ning yig`indisidan hosil bo`lishi aytib o`tiladi.Song nol soni mavjud emas ma`nosini bildirishi eslatib o`tiladi.

5 ta gulga nolta gulni qo`shsak gullar nechta bo`ladi? 5+0=5 son o`zgarmaydi, chunki nol yo`q degan ma`noni bildiradi.

6 ta qulupnaydan nolta qulupnayni olsak, nechta qulupnay qoladi? 6-0=6 Son o`zgarmaydi.

Mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 49-sahifasida berilgan misollar ishlanadi.

6-misolmustaqil , og`zaki bajartiriladi..

9-0=9 3-0=3 7-0=7 2-0=2 4+0=4 6+0=6 5+0=5 8+0=8

7-misol musobaqa tarzida bajartiriladi.

8-0=8 5+0=5 9+0=9 4-0=4 5-0=5 3+0=3

8-masala ko`rgazmalar orqali bajartiriladi. Og`zaki masala tuziladi va yechiladi.

Likopchada 7 ta olma bor edi. Unga yana 0 ta olmani qo`shdik. Likopchada nechta olma bo`ldi?

Yechish: 7+0=7 (ta)

9-misol doskada va daftarda bajartiriladi.

1+4=5 3+2=5 9-9=0 7-0=7 8+0=8 3+5=8 10-3=10 10-2=8

10-misol. Aylanma misol og`zaki, o`yin tarzida bajartiriladi. Agar misollarni to`gri va aniq bajarmasangiz, samolyotimiz manzilga yetib bora olmaydi.

2+0=2 2+4=6 6-3=3 3+5=8 8-4=4 4-2=2

11-misol bajariladi.

9-3=6


So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

IV. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

V. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

48-dars

Fan: Matematika

Sana:

Mavzu:Songa 1 ni qo`shish va sondan 1 ni ayirish.




Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin